10-MAVZU: Sodda gap sintaksisi. Gapni boʻlaklari. Bosh boʻlaklar. Ega va
uning ifodalanishi. Kesim, uning turlari, ifodalanishi. Gap boʻlaklarining
ta’rifi va tasnifi. Ega va uning ifodalanishi. Kesimning ta’rifi va turlari.
Kesimning ifodalanishi.
Reja:
1.Gap haqida umumiy tushuncha.
2.Gapning asosiy logik-grammatik belgilari.
3. Gapning turlari.
4. Gapning tasnifi.
Aloqa-aralashuv vositalarining eng kichik birligi gapdir. Gap nutq birligi
sanaladi. Tilshunoslikda gapga nisbatan juda ko’p ta’riflar berilgan.
Gapni gap
qilib turuvchi asosiy belgilar mavjud. Ular quyidagilar:
1.
Gap asosan so’zlarning birikishidan tashkil topadi.
Bu birikish
grammatika qonun - qoidalari asosida bo’ladi.
2.
Gapning muhim belgilaridan biri predikativlikdir, ya’ni gapda so’zlov-
chining aytilayotgan fikrga bo’lgan munosabati ifoda qilinadi. Predikativlik
modallik, zamon, shaxs-son kategoriyasini o’z ichiga oladi. Modallik gap orqali
ifodalanayotgan xabarga yoki voqelikka bo’lgan so’zlovchining turli tasdiq, inkor,
gumon, shubha kabi munosabatidir. Bu munosabat asosan
gapning kesimi orqali
ifoda etiladi. Uni ifoda etuvchi vositalarga
fe’l mayllarini ko’rsatuvchi
qo’shimchalar, modal so’zlar hamda intonatsiya kiradi. Misol: Dunyoning
tinchligi buzilmasin hech. Olasiz (olib bo’psiz). Xayriyat, imtihondan o’tib oldim.
Predikativlik ega, kesim aloqasi bilan ifodalanadi. Masalan: Qish boshlandi.
Havo soviy boshladi. Predikativlik ayrim vaqtda bir so’z bilan ham ifoda qilinishi
mumkin. Masalan: Kuz. Mevalarning g’arq pishgan payti. Buning uchun ma’lum
bir sharoit, intonatsiya bo’lishi talab qilinadi.
3.
Gap intonatsion tugallikka ega. Intonatsiya gapning tugallanganini
bildiradi. Uni boshqa gapdan ajratadi. Nutqda gaplarning
ajralishi pauza orqali,
yozuvda esa turli tinish belgilari (nuqta, vergul, so’roq, undov) orqali ko’rsatiladi.
M: Paxta mavsumi tugadi, talabalar o’qishga qaytdilar.