10-mavzu: Sodda gap sintaksisi. Gapni boʻlaklari. Bosh boʻlaklar. Ega va uning ifodalanishi. Kesim, uning turlari, ifodalanishi. Gap boʻlaklarining ta’rifi va tasnifi. Ega va uning ifodalanishi. Kesimning ta’rifi va turlari


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana20.11.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1787964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
10-ma\'ruza

Sodda 
gaplar 
ikkinchi 
darajali 
bo’laklarning 
qatnashishi-
qatnashmasligiga ko’ra ikki xil bo’ladi: yig’iq gaplar va yoyiq gaplar. 
Bosh bo’laklardangina yoki bir bosh bo’lakdan tashkil topgan gap yig’iq gap, 
ikkinchi darajali bo’laklar ham ishtirok etgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: 
Yomg’ir tindi. Bulutlar hamon qaysarlik bilan quyosh yuzini to’sib turardi. 
(S.Karomatov). Birinchi gap yig’iq gap bo’lib, faqat bosh bo’laklardan tuzilgan. 
Ikkinchi gapda bosh bo’laklar (bulutlar – ega, to’sib turardi – kesim)dan tashqari , 
ikkinchi darajali bo’laklar ham (hamon, qaysarlik bilan - hollar, quYosh - 
aniqlovchi, yuzini – to’ldiruvchi) qatnashgan. Shuning uchun bu gap yoyiq gapdir. 
Bir bosh bo’lakli gaplar ham, ikki bosh bo’lakli gaplar ham zarur 
bo’laklarning to’la ifodalanishi yoki tushirilishiga ko’ra ikki turga ajratiladi: to’liq 
gap va to’liqsiz gap. To’liq gaplarda zarur bo’laklarning barchasi qatnashadi
to’liqsiz gaplarda zarur bo’laklarning biri yoki bir qismi tushiriladi. 
Masalan: - Ilgari qayerda ishlagan edilar? (To’liq gap). – Dastavval 
Surxondaryoda, keyin Qarshi cho’lida. (O.Yo.) (To’liqsiz gap). 
Sodda gaplar bo’laklarga ajralish-ajralmasligiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 
bo’laklarga ajraladigan gaplar va bo’laklarga ajralmaydigan gaplar. So’zlar 
bog’lanmasidan yoki yakka so’zdan tuzilib, gap bo’laklarini aniqlash (ajratish) 
mumkin bo’lgan gaplar bo’laklarga ajraladigan gaplar deb yuritiladi. Masalan: 
Mashina darvoza oldida to’xtadi. (O.Yo.). Bir so’zdan tashkil topib, tarkibi 
bo’laklarga ajratilmaydigan gaplar bo’laklarga ajralmaydigan gaplar yoki so’z-
gaplar  deyiladi. Masalan: - Assalomu alaykum, dada. (P.Q.). 
Ikki bosh bo’lakli gapning tuzilishi 


Ikki bosh bo’lakli gap ikki grammatik tarkibi: ega tarkibi va kesim tarkibi 
mavjud bo’lgan gapdir. 
- Ega yoki ega va unga taalluqli so’zlar ega tarkibini tashkil etsa, kesim yoki 
kesim va unga taalluqli so’zlar kesim tarkibini tashkil qiladi. 
Masalan: Kecha tunda esgan kuchli shamol katta archaning tanasini ikkiga 
ayirib yubordi. Buni chizmada quyidagicha tasvirlash mumkin: 
Ega tarkibi: 
Kesim tarkibi:

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling