10-mavzu: Sodda gap sintaksisi. Gapni boʻlaklari. Bosh boʻlaklar. Ega va uning ifodalanishi. Kesim, uning turlari, ifodalanishi. Gap boʻlaklarining ta’rifi va tasnifi. Ega va uning ifodalanishi. Kesimning ta’rifi va turlari


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana20.11.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1787964
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
10-ma\'ruza

 
Savol va topshiriqlar: 
1. Aloqa-aralashuv vositalarining eng kichik birligi haqida ma’lumot bering? 
2. Gap nutq birligimi yo til birligi sanaladi. 3. Gapni gap qilib turuvchi asosiy 
belgilarni ayting. 4. O’zbek tilida gaplar qaysi nuqtayi nazardan tasnif qilinadi? 5. 
Ifoda maqsadiga ko’ra gap turlarini ayting. 6. Emotsionalikka ko’ra gap turlarini 
ayting. 7. Tuzilishiga ko’ra gap turlarini tushuntiring. 8. Sodda gaplar grammatik 


asosining tarkibiga ko’ra nechaga bo’linadi. 9.Ikki bosh bo’lakli gaplar haqida 
ma’lumot bering. 10. Bir bosh bo’lakli gaplarni izohlang. 11. Yig’iq gaplar haqida 
ma’lumot bering. 12.Yoyiq gaplarni misollar bilan izohlang. 13. Bo’laklarga 
ajraladigan gaplarni tushuntiring. 14. Bo’laklarga ajralmaydigan gaplar haqida 
ma’lumot bering. 15.Gap dеb nimaga aytiladi? 16.Prеdikativlik nima? 17.Gapning 
asоsiy lоgik-grammatik bеlgisi dеganda nimalar tushuniladi? 18.Gapning ifоda 
asоsi nima? 19.Gaplar qanday tasnif etiladi? 20.Gapning so’z birikmasidan farqi. 
21. Sоdda gap хususiyatlari. 22.Gapning tugallangan оhang bilan aytilishini
tushuntiring. 23.Gapda fikr nisbiy tugallanishi zarurmi? 24.Gapning ifоda asоsiga
misоllar kеltiring. 25.Gap va uning asosiy belgilarini ayting. 26. Darak gaplar 
haqida so`zlang. 27. So`roq gap va uning turlari haqida so`zlang. 28. So`roq
gaplar qanday vositalar yordamida shakllanadi? 29. Buyruq gap va uning turlari 
haqida so`zlang. 30. His-hayajon gaplar haqida so`zlang. 31. His-hayajon gaplarda 
tinish belgilarining qo`llanishi haqida gapiring. 
Gapning bosh bo’laklari. Ega va uning ifodalanishi 
Kesim orqali izohlangan, predmetni anglatuvchi, gapda mutloq hokim so’z 
vaziyatni egallaydigan bosh bo’lak ega deyiladi. Ega keng ma’noda predmet 
tushunchasini bildiradi va kesimdan anglashilgan belgi, harakat, holatning kimga 
Yoki nimaga qarashli ekanligini ko’rsatadi. Ega bosh kelishikdagi so’z bilan 
ifodalanib, kim(lar)? nima(lar)? qayer? kabi so’roqlarning biriga javob bo’ladi.
Ba’zan ega gapda qo’llanmasligi ham mumkin. Eganing qo’llanmasligi
gapning to’liqsizligi, uning birоr bo’lagining tushib qоlganligini, yеtishmasligini 
ko’rsatmaydi, aksincha, eganing qo’llanmasligi har-хil stilistik, pоetik talablar 
natijasida sоdir bo’ladi va gapning mе’yoriy shakllanganligini ko’rsatadi.
Ega, odatda, yakka so’z: ot, olmosh, harakat nomi, otlashgan so’z (sifat, son, 
olmosh, sifatdosh, ravish, taqlid so’z, undov so’z, modal so’z) bilan ifodalanadi. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling