10-mavzu: Sodda gap sintaksisi. Gapni boʻlaklari. Bosh boʻlaklar. Ega va uning ifodalanishi. Kesim, uning turlari, ifodalanishi. Gap boʻlaklarining ta’rifi va tasnifi. Ega va uning ifodalanishi. Kesimning ta’rifi va turlari


Passiv belgilar kim? nima? qanday?


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana20.11.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1787964
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
10-ma\'ruza

Passiv belgilar kim? nima? qanday? so’roqlariga javob bo’ladi. M: 
Kunlarimiz yillardan salmoqli (qanday?). Suv – biz uchun kuch, kon va katta 
xazina (nima?). Kesimga beriladigan so’roqlar uning formasining ko’rinishiga xos 
bo’ladi. Quyidagi gaplarni qiyoslaylik. M: Bu yangi hayot Xolmurodovning ruhan 
va jismonan o’sishiga kun sayin ta’sir qilar edi (nima qilar edi?). Shu buyuk 
xalqning farzandisan (kimsan?). Demak, kesim keng ma’noda belgi ifodalaydi, 
biroq predikat yo’l bilan ifodalanadi va egaga aloqador bo’ladi. Kesimning harakat 
doirasi keng, u egaga bog’lanadi, shu bilan birga o’ziga tobe bo’lgan boshqa 
bo’laklar bilan ham munosabatga kirishadi. 
Ikki tarkibli gaplarda kesimsiz gap shakllanmaydi. Bunday gaplar qanchalik 
yoyiq bo’lmasin, kesim qo’llanmaguncha, fikrni ifodalab bo’lmaydi. M: Asta-sekin 
men bu yigit haqida bir hikoya yozishni o’ylay boshladim, gapida kesim
qo’llanmasa, fikr ham ifodalanmaydi. Demak, kesim fikrning obyektiv borliq 
bilan, zamon bilan aloqasini ifodalaydi. 
Kesim gapning eng muhim belgisi bo’lgan fikrni ifodalashda katta rol 
o’ynaydi. Kesim tushunchasi gap tushunchasi bilan uzviy bog’langan. Kesim 
gapning mazmun-mundarajasini, tuzilishi jihatdan turlarini belgilashda ham xizmat 
qiladi. Masalan: U kunduzi ustaga qarashar edi (darak anglatuvchi fe’l kesim). 
Kesim ifoda materialiga ko’ra (qaysi so’z turkumi bilan ifodalanishiga
ko’ra) ikki turga ajratiladi: 1) fe’l kesim; 2) ot kesim. 
Fе’l bilan ifоdalanib, eganing harakatini, hоlatini anglatadigan kеsim fе’l 
kеsim dеyiladi. 
Kеsim vazifasida kеlgan fе’lning anglatgan ma’nоsiga ko’ra hоlat 
bildiruvchi fе’l kеsim va harakat bildiruvchi fе’l kеsimga ajratilishi mumkin 
Harakat bildiruvchi fе’l kеsim prеdmеtning fizik harakatini anglatadi. Bu 
harakat  3 zamоn tеngligida sоdir bo’ladi: Оpa- singil yugurib hоvliga  chiqishdi
Hоlat bildirgan fе’l-kеsimlar eganing har хil psixolоgik hоlatini ifоda etadi. 
Tеpada azim qayrag’оch savlat to’kib turardi. 


Fе’l kеsim fе’lning quyidagi fоrmalari bilan ifоdalanadi. 
1. Sоf fе’l bilan: Yo’l chetida zarg’aldoqlar sayraydi. 
2. Ravishdоsh bilan: Хuftоndanоq shu yеrga kirib Yotib erdim. 
3. Sifatdоsh bilan: O’rik qiyg’os gullaganda, birdan havo sovib, laylakqor yog’ib 
berdi. (P.Q.). 
4. Fe’l kesim ba’zan frazeologik ibora bilan ham ifodalanadi: Tog’ etagida 
qishloqning mirzateraklari elas-elas ko’zga tashlanadi. (P.Q.). 
Ot kesim. Fe’ldan boshqa so’z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, 
undov va b.) bilan, shuningdek, fe’lning harakat nomi shakli bilan ifodalanadigan 
kesim ot kesim deyiladi.
1. Kesimning ot bilan ifodalanishi. Ot kesim vazifasida ko’pincha bosh 
kelishikdagi ot, ba’zan esa o’rin-payt, chiqish, jo’nalish kelishiklardagi ot Yoki 
ko’makchi bilan qo’llangan ot kelishi mumkin: So’zning ko’rki – maqol. (Maqol). 
O’sha kuni Norboy ota dalada edi. (P.Q.). Safaviylar ham o’zimizning turkiy 
ulusdan (P. Q.). Ilm-u hunar yerga emas, elga. Bir kishi hamma uchun, hamma bir 
kishi uchun. Hozirgi o’zbek tilida tushum va qaratqich kelishiklaridagi so’z kesim 
vazifasida kela olmaydi 
2. Kesimning sifat bilan ifodalanishi: O’rmon ichi sersoya, salqin. (P.Q). 
Uning bo’yi baland edi. (P.Q.). Sifat otlashganda ham kesim vazifasida kela oladi: 
Osh – kattadan, ish – kichikdan 
3. Kesimning son bilan ifodalanishi. Kesim vazifasida sanoq, tartib, dona, 
chama, taqsim sonlar kela oladi: Besh karra besh – yigirma besh. Qayiq kattagina, 
eshkagi to’rtta edi. (P.Q.) Guruhimizdagi o’quvchilar – qirqtacha. 
4. Kesimning olmosh bilan ifodalanishi: Endi navbat sizniki. Sen uning kimi 
bo’lasan? Bir kishi hamma uchun, hamma bir kishi uchun
5. Kesimning harakat nomi bilan ifodalanishi: Bir ko’rgan bilish, ikki 
ko’rgan tanish. (Maqol) 
6. Kesimning ravish bilan ifodalanishi. Kesim vazifasida oz, kam, ko’p, 
ancha, mo’l, serob, bugun, ertaga kabi ravishlar qo’llanadi: Podshoni kuyov 
qilishga havasmandlar ko’p edi.(P.Qodirov) 


7. Kesimning modal so’z bilan ifodalanishi: Oy tunda kerak, aql kunda kerak.
Tengdoshlari ichida undan tez chopadigani, chillak otishda undan ustasi yo’q. 
8. Kesimning undov so’z bilan ifodalanishi: Ellarni qutqazgan mardlarga 
balli ! Mardlarni yetkizgan yurtlarga balli! 
9. Kesimning  taqlid so’z bilan ifodalanishi: Yaproqlar shildir-shildir. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling