1 so`zlarning teng va ergash bog`lanishi (aloqasi),ergash bog`lanishlarning turlari (boshqaruv moslashuv bitishu)yuzasidan tahlil qoliplar va testlar


ki, u kishining bolaligi ham siz bilan bizning bolaligimizga o‘xshaydi


Download 176.99 Kb.
bet18/27
Sana09.06.2023
Hajmi176.99 Kb.
#1469391
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Bog'liq
китоб уйга фазифа

Ko‘rib turibsizkiu kishining bolaligi ham siz bilan bizning bolaligimizga o‘xshaydi(Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo‘qotmadim”, 201-bet) Bu gap sodda gapga quyidagicha aylantiriladi: U kishining bolaligi ham siz bilan bizning bolaligimizga o‘xshashligini ko‘rib turibsiz. Bu sodda gapda ega tushib qolgan. To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapning bosh gapida ham ega ifodalanmagan edi. Ergash gapda ”bolaligi” ega edi, sodda gapga aylantirilganda, u qaratqich aniqlovchiga aylandi (bolaligining o‘xshashligini). Bir bosh bo‘lakli – egasi qo‘llanmagan sodda gap yuzaga keldi. Ergash gapning kesimiga –lik yasovchi qo‘shimcha va to‘ldiruvchiga xos affikslar qo‘shilib, yoyiq vositasiz to‘ldiruvchiga (bolaligimizga o‘xshashligini) aylangan.
Bosh gapdagi aniqlovchini izohlaydigan ergash gapli qo‘shma gaplarni belgilashga bosh gapdagi izohlanayotgan aniqlovchiga e’tibor qaratildai. Ergash gapni aniqlovchining o‘rmniga qo‘yib o‘qish bilan uning aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini belgilab olish mumkin. Masalan: Har bir yoshga shundaytarbiya berish zarurki, u avvalo yaxshi xulq-odobni, yaxshi o‘qishni, so‘ngra yozishni o‘rganish bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tarilsin.(Halimboy Boboyev va b. “Avesto” –Sharq xalqlarining bebaho yodgorligi”, 51-bet) Bu gap sifatlovchi aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap. Ergash gap bosh gapdagi “shunday” ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchini izohlagan. Uning aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini tekshirishda bosh gapdagi aniqlovchining o‘rniga ergash gapni qo‘yib ko‘rdik: Avvalo, har bir yoshga yaxshi xulq-odobni, yaxshi o‘qishni, so‘ngra yozishni o‘rganish bilan eng yuksak pog‘onaga ko‘tariladigan tarbiya berish zarur. Aniqlovchi ergash sodda gapning aniqlovchisiga aylandi.


Gulxan”imizda qandaydir bir ohanrabo bor edikiu yoshni ham, keksani ham o‘ziga chorlab turardi. .(Nosir Fozilov. ”Topdim-u yo‘qotmadim”, 199-bet) Bu gap sifatlovchi aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap. Ergash gap bosh gapdagi “qandaydir” gumon olmoshi bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchini izohlagan.
Uning aniqlovchi ergash gapli qo‘shma gap ekanini bosh gapdagi aniqlovchining (“qandaydir” ) o‘rniga ergash gapni qo‘yib ko‘rdik: “Gulxan”imizda yoshni ham, keksani ham o‘ziga chorlab turardigan bir ohanrabo bor edi. Aniqlovchi ergash bosh gapning ichiga kirib oldi. Bosh gapdagi vositali to‘ldiruvchidan keyin, ega va kesimdan oldin joylashdi. Ergash gapning “chorlab turardi”kesimi sifatdosh shakliga kirib, gapning sifatlovchi aniqlovchisiga (o‘ziga chorlab turardigan ) aylandi.
Bosh gapdagi bir bo‘lakni izohlaydigan ergash gaplarni sodda gap variantlari bilan ifodalaganimizda, gap tarkibida turli sintaktik o‘zgarishlar yuz beradi. Ayrim bo‘laklar izohlanayotgan bo‘lakka yig‘iq yoki yoyiq holda aylanadi. Ega va kesimlarining ifodalanishi, ergash gapning o‘rinlashishi turlicha bo‘ladi. 


Download 176.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling