’s car-Tomning


Download 111.89 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi111.89 Kb.
#1444387
Bog'liq
Unit 5.1


Ingliz tilida tegishlilikni ifodalash
Possessive case- qaratqich kelishigi ‘s ning ishlatilishi
Biz ‘s ni insonlar va hayvonlarga tegishli bo’lgan narsalar ni ifodalaganimizda ishlatamiz. Masalan,
Tom’s car-Tomning mashinasi
baby’s toy-chaqaloqning o’yinchog’i.

Lekin, oxirgi harfi –s qo’shimchasi bilan tugaydigan ko’plikdagi otlarga ‘ ning o’z qo’yiladi. Masalan,


Boys toys – og’il bolalarning o’yinchoqlari ‘=ning
Pupils bikes – o’quvchilarning velosipedlari ‘=ning


Lekin otlarning ko’plik shakli s harfiga tugamasa ularga ‘s qo’shiladi. Masalan,
Men’s carskishilarning mashinalari ‘s=ning
Children’s ballsbolalarning koptoklari ‘s=ning


Agar bitta narsa ikki kishiga tegishli ekanini ifodalasak ikkinchi ot ga ‘s qo’shiladi. Masalan,
Tom and Anna’s house=Tom va Anna ning uyi (uy bitta va uTom va Anna ga tegishli)
Agar har bir insonning o’zini alohida narsasi bor ekanligini ifodalasak, har bir ismga ‘s qo’shiladi.
Tom’s and Anna’s houses=Tomning va Annaning uylari ( Tomning alohida va Anna ning alohida uyi bor)
Bundan tashqari do’kon yoki uyni nazarda tutganimizda ham ‘s dan foydalanamiz. Masalan


They are at Tom’s=They are at Tom’s house
Ular Tomlarnikida=Ular Tomning uyida

He is at the Baker’s=He is at the baker’s shop


U nonvoyxonada=U non do’konida


Qoida! Agar biror jism boshqa bir jonsiz narsaga tegishli ekanini ifodalamoqchi bo’lsak ‘s o’rniga of=ning predlogidan foydalanamiz. Bunda aniqlovchi aniqlanmishdan keyin keladi.
Legs of the table=Stolning oyoqlari
Door of the room=Xonaning eshigi.

Whose=kimning/kimniki?


Whose pen is it? U kimning ruchkasi
It is my pen. U mening ruchkam.
Download 111.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling