1 so`zlarning teng va ergash bog`lanishi (aloqasi),ergash bog`lanishlarning turlari (boshqaruv moslashuv bitishu)yuzasidan tahlil qoliplar va testlar


Download 176.99 Kb.
bet9/27
Sana09.06.2023
Hajmi176.99 Kb.
#1469391
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
Bog'liq
китоб уйга фазифа

Sog`ligingiz yaxshimi? -Qabulga birga kiramizmi?

  • Rahmat, bolam. –Ha.
    Kishilar o`rtasidagi oddiy muomalada tez-tez ishlatilib turadigan bir so`z yoki iboralar so`z-gaplar vazifasida qo`llanadi: assalomu alaykum, marhamat, hormang, xush kelibsiz, labbay, qulluq, yoqimli ishtaha kabi. 
    TO`LIQ VA TO`LIQSIZ GAPLAR
    Gaplar o`z bo`laklarining to`la ifodalangani yoki ifodalanmay qolganiga ko`ra ikki turga bo`linadi: to`liq gaplar va to`liqsiz gaplar. 
    Biror bo`lagining ifodalanmaganligi sezilmaydigan, fikr ifodasi uchun zarur barcha bo`laklari saqlangan gaplar to`liq gaplar deyiladi: Oqsoqol yalt etib menga qaradi. Samarqandga bugun jo`naymiz.
    Nutq vaziyatidan ma’lum bo`lgan ayrim bo`laklari tushirilgan gap to`liqsiz gap deyiladi. Masalan: -Yig`in qachon bo`ladi? - Ertalab. 
    T`liqsiz gapda qaysi bo`lakning qo`llanilishi, qaysi bo`lakning tushirilishi faqat nutq sharoitiga ko`ra yuz beradi. To`liqsiz gaplar dialoglarda, so`zlashuv nutqida va badiiy uslubda keng qo`llanadi. To`liqsiz gaplarda quyidagi gap bo`laklari tushib qolishi mumkin:
    kesim: -Kim keldi? -Onam.

  • ega:- Siz qayerdan, mehmon? -Toshkentdan.

  • ega va kesim: -Biz hozir qayerdan o`tamiz? -Ko`prikdan.

  • to`ldiruvchi: -Karimni ko`rdingmi? -Ko`rdim.

  • hol: -Darsdan chiqdingmi? Chiqdim. 

- To`liqsiz gaplar – ko`pincha dialoglarda qo`llaniladi. Nutq talabi bilan ularda biror bo`lak yoki bo`laklar ifodalanmaydi: Sizning ismingiz nima? – Ra’no. – to`liqsiz gap. Demak to`liqsiz gap nutq jarayonida mazmunan to`lishi mumkin bo`lgan va bo`laklarga ajrala oladigan gapdir. 
To`liqsiz gapning yana bir turi qo`shma gap shaklida bo`ladi. Bunda qo`shma gapning bir qismi to`liqsiz gap bo`ladi: Na xat bor, na xabar. Na sen gapirding, na men. Kattaga hurmatda bo`l, kichikka izzatda.
GAPNING UYUSHIQ BO`LAKLARI
Gapda bir xil so`roqqa javob bo`lib, bitta bo`lakka bog`langan bo`laklar gapning uyushiq bo`laklari deyiladi. Uyushiq bo`laklar o`zaro teng bog`lovchilar yoki sanash ohangi bilan bog`lanadi: U goh toyga, goh bolaga qaraydi. Uyushgan bo`laklar o`zaro tenglanishaloqasida bo`ladi, har bir uyushuvchi qism o`z urg`usiga ega bo`ladi. 
Bo laga
To yga qaraydi
Gapda barcha bo`laklar uyushishi mumkin:
Uyushiq kesimlar. Gap tarkibida ikki va undan ortiq atov birliklari (so`z, ibora, birikma) bilan ifodalangan kesim bo`lib, kesimni shakllantiruvchi vositalar faqat keyingi kesim tarkibida ifodalanib, uyushgan qismlarning barchasiga aloqador bo`lsa, bunday ko`p kesimli gap uyushiq kesimli gap deyiladi. Masalan: Siz a’lochi va jamoatchisiz. Biz o`z ko`zimiz bilan ko`rishimiz va ishonch hosil qilishimiz kerak.
Ot kesim va fe’l kesimlar uyushib kela oladi: Qobil bobo qo`l qovushtirib uning ketidan yurar va yig`lar edi. U juda kamgap va qaysar edi.
Uyushiq kesimlar bitta bajaruvchiga – egaga aloqador bo`ladi: Shavkat o`qidi va dam oldi.
Kesimlik shakllariga (tasdiq, inkor, mayl, zamon, shaxs-son) ega bo`lgan kesim alohida bir hukmni ifodalaydi, alohida gap markazini tashkil etadi. Kesimlik ko`rsatkichlari bilan shakllangan ikki va undan ortiq kesimli gaplar qo`shma gaplar sanaladi: Men bu masalani tushunganman va uni yechganman. Hamma chuqur xo`rsindi, bir-biriga qarab qo`ydi. Qiyos qiling: Bularni mirzolarga havola qilar va javobini kutar edi. – uyushiq kesimli gap; Bularni mirzolarga havola qilardi va javobini kutar edi. – qo`shma gap. 
Uyushiq ega. Bir sodda gap tarkibida birdan ortiq ega qator kelishi mumkin. Ular o`zaro tenglanish munosabatida bo`lib, gapda bitta kesimga tobelanadi:Siz bilan biz ulug` ishga bel bog`ladik. Tiniq suvlar, ko`m-ko`k daraxtlar unga cheksiz zavq vag`ishlaydi. 

Uyushiq egalar zidlov bog`lovchisidan tashqari teng bog`lovchilar bilan yoki sanash ohangi bilan bog`lanadi: Goh shamol, goh bo`ron turardiNa siz na men gapirdik. ul va maysalar ko`kardi. Qurilishga g`isht, tsement va bo`yoqlar keltirildi. Uyda xizmatkorlar, mardikorlar ishlab yotishibdi.

Uyushiq hol. Bir xil mazmun munosabatni bildirgan bir necha hollarning o`zaro sansh ohangi yoki teng bog`lovchilar bilan birikib kelishi uyushiq holni tashkil qiladi: Hamma issiqdan bo`shashib, jim, yalqovgina ishlaydi. Bog`larda va dalalarda ko`klam nafasi kezadi. 

Ba’zan gapda payt yoki vaziyat hollari ketma–ket qo`llanadi, bunda ular uyushgan sanalaydi: Biz bugun tongda yo`lga chiqamiz. U vazifani qunt bilan berilib bajaradi. 


Uyushiq aniqlovchi. Narsa buyumning bir turdagi belgilarini bildirgan birdan ortiq aniqlovchilar uyushiq aniqlovchilar sanaladi: Ma’ruzachiga qiziq, kishini hayratda qoldiradigan savollar berishdi. Bog`da qizil, pushti, sariq gullar qiyg`os ochilgan. Qaratqich va sifatlovchi-aniqlovchilar uyushib keladi: O`rik, olma, teraklar vargi sarg`aydi.Ma’ruzachiga qiziq. kishini hayratda qoldiradigan savollar berishdi.
Uyushiq aniqlovchilar o`zaro teng bog`lanadi va bitta aniqlanmishga tobelanadi. 
Gapda ba’zan aniqlovchilar ketma-ket qo`llanishi mumkin. Bunda u narsa-buyumning turli jihatdan belgisini bildiradi va uyushiq sanalmaydi: Mashinakeng ravon yo`ldan g`izillab ketdi. Katta qora sumka ko`targan ayol kirdi.
Uyushiq to`ldiruvchi gapda ikki yoki undan ortiq to`ldiruvchining o`zaro tenglanish munosabatida, bir xil shaklda kelishidir: Sovuq shamol yuzimni, qo`llarimni yalaydi. Men onam, otam va opam bilan xayrlashdim. 
Gapda turli shakldagi to`ldiruvchilarning kelishi uyushiq to`ldiruvchi sanalmaydi: U oyisi bilan telefonda gaplashdi. Bu gullarni sizga keltirdim.
Uyushiq bo`lakli gaplarda so`zlarni jamlovchi, umumlashtiruvchi bo`lak bo`lishi xam mumkin. Bunday hollarda uyushiq bo`laklar gapning qaysi bo`lagi bo`lsa, umumlashtiruvchi bo`lak xam ana shu bo`lak xisoblanadi. Masalan: Kishilar, xotinlar, bolalar kutib oluvchilar vagon bo`ylab chopdilar. 
Ko`pincha belgilash va bo`lishsizlik olmoshlari, jamlikni, umumiylikni bildiradigan otlar umumlashtiruvchi so`z bo`lib keladi: O`zini tutishi xam, ovoziyam, muloyim jilmayib turishiyam - hamma, xammasi odamlarni sehrlab qo`ygan edi. 
Umumlashtiruvchi bo`laklar uyushiq bo`laklardan oldin yoki keyin keladi. Umumlashtiruvchi bo`laklar uyushiq bo`laklardan oldin kelganda, umumlashtiruvchi bo`lakdan keyin ikki nuqta qo`yiladi: Qudratning oldidan ikki o`rtog`i: Ilhom va Rustam chiqib kelishdi.

Umumlashtiruvchi bo`lak uyushiq bo`lakdan keyin kelganda, umumlashtiruvchi bo`lakdan oldin tire qo`yiladi: Shu hovli-joy, mana shu daraxtlar, kursi, so`ri - hammasi meniki. 


12. SODDA GAP VA SO Z BIRIKMASI YUZASIDAN KOLLOKVIM O'TKAZISH
Sodda so’z birikmalari boshqa birikmalarga ajralmaydigan so’z birikmalaridir (bunda yordamchi so’zlar ham ishtirok etishi mumkin): bеshta daftar, bugun kеlmoq, o’zining uyi, shaharda yashamoq, akasi haqida so’ramoq. Ajralmas birikmalar, qo’shma so’zlar, iboralar qatnashgan birikmalar ham sodda so’z birikmasi hisoblanadi: qilich bo’yin ot, borsa kеlmas oroli, turib javob bеrmoq

2. Murakkab so’z birikmalari tarkibida uchta va undan ortiq mustaqil so’z qatnashib, shaklan kamida ikkita so’z birikmasidan iborat bo’ladi, mazmunan esa bu so’z birikmalarini ajratib bo’lmaydi: g’ayratli yosh bolalar, yangi ommabop kitob, katta qora qo’y, asfalt yotqizilgan kеng ko’chalar, baland mеvali daraxt, bugun kеlgan ishchilar. Bunda sodda so’z birikmasi kеngayadi. Ayrim darsliklarda bunday so’z birikmalari so’z birikmalari zanjiri dеb atalgan (18; 29). Bunda so’z birikmasidagi hokim so’z boshqa so’zga tobе bo’lishi yoki bir nеcha tobе so’z bir nеcha hokim so’zga tеgishli bo’lishi mumkin. 



Download 176.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling