1. Spektral usullar qaysi fizikaviy hodisaga asoslangan va unga qaysilar kiradi. Spektroskopik tadqiqot usullari yordamida qaysi fizikaviy kattaliklar orasidagi bog’lanish o’rganiladi
Spektr chiziqlarning (polosalarning) nozik tuzilishga ajralishining fizikaviy sabablari (CH
Download 1.93 Mb.
|
FTU Savol-javob (1)
36. Spektr chiziqlarning (polosalarning) nozik tuzilishga ajralishining fizikaviy sabablari (CH3 va CH2 gruppalari misolida) (ekvivalent protonlar, magnit kvant sonlarining yig’indisi, maydon kuchlanganligi, spin, kombinasiya, integral intensivlik, kvartet, triplet, spin-spin ta’sir, kimyoviy bog’, nisbiy intensivlik, Paskal uchburchagi). CH2 gruppasi ikkita ekvivalent protonining yadro magnit momentlari 1.a - rasmda strelkalar bilan ko’rsatilgan turlicha kombinasiyalarda bo’lishi mumkin. Rasmdagi 1 holatda ikkala yadro ham kvant soniga ega va ularning yig’indisi +1 ga teng. Bunday yadrolar hosil qilgan magnit maydonining ta’sirida CH3 gruppasi protonlarining signali kuchlanganligi past bo’lgan magnit maydonida ko’rinadi. Rasmdagi 2 holda keltirilgan kombinasiya natijasida CH3 gruppasining spektridagi o’rtadagi chiziq va nihoyat 3 holatdagi kombinasiya natijasida CH3 ning, kuchlanganligi yuqori bo’lgan maydondagi chizig’i hosil bo’ladi. Ikkala yadroning spinlari bir-biriga qarama-qarshi yo’nalishga ega bo’lgan holatning (2-holat) bo’lish ehtimoliyati 1 va 3 holatlarga tegishli kombinasiyalarning amalga oshish ehtimoliyatidan ikki marta kattadir (+1/2 va -1/2 spinga ega bo’lgan yadrolarning soni bir-biriga teng). Buning natijasida, markaziy chiziqning integral intensivligi uning ikkala yonida joylashgan chiziqlarning intensivligiga qaraganda ikki marta kattadir. CH2 gruppa protonlari signalining nozik tuzilishini paydo bo’lishiga sabab bo’luvchi qo’shni CH3 gruppa protonlari spinlarining joylashishi 1.b - rasmda ko’rsatilgan.
1 - rasm. -CH2- (a) va -CH3 (b) gruppalaridagi protonlar magnit momentlarining mumkin bo’lgan yo’nalishlari. To’rtta turlicha natijalovchi spinga CH2 gruppasining to’rtta ajralgan chizig’i mos keladi va ular orasidagi eng katta masofa 2 - rasmda ko’rsatilgan. 2- rasm. Etanolning ajratib ko’rsatishi yuqori bo’lgan YaMR spektri (ayni nusxasi) Bu polosalarni chegaralovchi chiziqlar bilan cheklangan yuzalarning nisbatlari 1:3:3:1 ga teng bo’lib, ular orasidagi gerslarda o’lchangan masofa yoki deb belgilanadi. Oxirgi simvol uch bog’ uzoqlikda turgan H-H ta’sirni bildiradi (ikkala o’zaro ta’sir qiluvchi protonlar orasidagi masofa kimyoviy bog’lar soni bilan ifodalangan va bu sonni J ning yuqori indeksi ko’rsatadi). Metilen gruppasi signalining chiziqlari orasidagi masofa metil gruppasi signalining chiziqlari orasidagi masofaga teng bo’ladi. Umumiy holda, A yadroning polosasidagi ekvivalent bo’lmagan B atomi yadrosining ta’siri hisobiga hosil bo’lgan chiziqlar soni quyidagi formula orqali ifodalanadi. (1) bu yerda, - A yadroning spektridagi polosalar soni - ekvivalent bo’lgan B yadrolari spinlarining yig’indisi. Bu formulaning qo’llanilishi Bu polosalarning nisbiy intensivligi haqidagi ma’lumotni binomni qatorga yoyish koeffisiyentlari orqali olish mumkin, bu yerda, , r - noma’lum o’zgaruvchi; agar polosalar soni to’rtta bo’lsa va binomni qatorga yoyib, quyidagini olamiz Bu ifodaning koeffisiyentlari 1:3:3:1 polosalarning nisbiy intensivligini beradi. Agar, spini I = ½ bo’lgan yadrolarning spektridagi ajralish qaralayotgan bo’lsa, binomni yoyish koeffisiyentlarini esda saqlab qolish uchun, Paskal uchburchagidan foydalanish mumkin. Bu uchburchakni juda oson qurish mumkin, chunki, yuqori qatorda yonma-yon turgan ikkita ixtiyoriy elementning yig’indisi pastgi qatorda shu ikkalasining orasida turgan elementga tengdir. Agar, ekvivalent bo’lmagan gruppalarning B va C yadrolari uchinchi yadro A ning signalini multiplet strukturaga (nozik tuzilishning boshqacha nomlanishi) ajratsa, uning (ya’ni A ning) spektridagi polosalar soni quyidagi formula orqali ifodalanadi. (2) 1 1 1 1 2 1 1 3 3 1 1 4 6 4 1 1 5 10 10 5 1 1 6 15 20 15 6 1 Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling