1. Spektral usullar qaysi fizikaviy hodisaga asoslangan va unga qaysilar kiradi. Spektroskopik tadqiqot usullari yordamida qaysi fizikaviy kattaliklar orasidagi bog’lanish o’rganiladi


Download 1.93 Mb.
bet14/20
Sana16.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1095085
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
FTU Savol-javob (1)

38. 1H YaMR spektridagi signalning integral intensivligi, kimyoviy siljishi va spin-spin ta’sir doimiysi molekula haqida qanday ma’lumot beradi (ekvivalent, atomlar soni, elektron, bulut, qo’shnilar, masofa). Toza moddaning tuzilishini aniqlash uchun uning PMR spektrini talqin qilishni boshlaganda, eng avval molekulada qatnashayotgan proton strukturalari tiplarining soni va har bir tipga kiruvchi protonlarning nisbiy sonini aniqlash kerak. Bunga spektrdagi alohida signallarni (singlet va murakkab) aniqlash va ularning nisbiy intensivligini integral egrilikning (spektrning) pog’onalari (zinalari) yoki spektr chizig’ining (yoki chiziqlar guruhining) ostida yozilgan sonlarga qarab (N rasmga qarang) baholash orqali erishiladi. Har bir tipga tegishli protonlarning absolyut soni uning brutto formulasini yoki tadqiq qilinayotgan modda to’g’risidagi spektral usul bilan olinmagan ma’lumotlarni hisobga olib topiladi. Agar bunday qo’shimcha ma’lumotlar bo’lmasa, boshlang’ich taxmin sifatida spektrdagi eng kuchsiz signal bitta protonga tegishli deb olinadi. Tahlilning keyingi bosqichida bu dastlabki taxmin qaytadan ko’rilishi va unda ikkita, uchta va bundan ham ko’proq ekvivalent protonlarning bo’lish ehtimoliyati hisobga olinadi. Signallarning murakkab tuzilishini aniqlash YaMR spektrlarini “o’qish” ning muhim va ahamiyatli qismi hisoblanadi. Ba’zida dublet signalni ikkita yaqin joylashgan va bir xil intensivlikka ega bo’lgan singlet chiziqlardan farq qilish juda qiyin. Dublet chiziqning paydo bo’lishi nafaqat qo’shni proton bilan balki boshqa elementning spini ½ bo’lgan magnit yadrosi bilan (masalan 19F) spin-spin o’zaro ta’sirining natijasi bo’lishi mumkinligini hisobga olishi kerak. Proton bilan spin-spin o’zaro ta’sir natijasida dublet chiziq paydo bo’lsa, shu protonning o’zini signali ham ajralgan bo’ladi (nozik tuzilishning chiziqlari orasidagi masofa ham dubletnikiga teng bo’ladi) va u yaqin joylashgan chiziqlarning dublet tabiatini tasdiqlash uchun albatta topilishi kerak. Birinchi tartibli spektrlarda multiplet chiziqlarni tanish qiyinchilik tug’dirmaydi. Lekin spektrda multiplet chiziqlarning chekkada joylashganlari nol chiziqning shovqiniga qo’shilib ketib ko’rinmasligi natijasida chiziqlarning soni haqiqiysidan kam bo’lishi mumkinligini hisobga olish kerak. Shubha tug’ilgan hollarda asbobning sezgirligini oshirib kuchsiz multipletlarni qaytadan yozish kerak yoki signal yig’uvchidan foydalanish kerak. Ikkinchi tartibli spektrlarda signallarning tuzilishini aniqlash ancha murakkab. Quyida maxsus bo’limda bir nechta oddiy masalalar qaraladi, lekin murakkab hollarda maxsus usullardan foydalanish va YaMR spektroskopiyasi bo’yicha mutaxassislarni jalb qilish lozim bo’lishi mumkin. Ikkilamchi rezonans usulining turli variantlari murakkab spektrlarni “o’qish”ning juda unumli vositasi hisoblanadi. Ikkilamchi rezonans usulida namuna asosiy radiochastotadan tashqari, ayni molekuladagi magnit yadrolarining faqat bir turi yutadigan ikkinchi chastota bilan ham yoritiladi. Shunday qilib bu yadrolarning boshqa yadrolar bilan spin-spin o’zaro ta’siri qisman yoki to’liq bostiriladi. Spektrdagi bundan keyingi o’zgarishlar aynan qaysi signallar bir-biri bilan spin-spin o’zaro ta’sir qilayotgan qaysi yadrolarga tegishli ekanligini aniq topish imkonini beradi. Ikkinchi tartibli spektrlardan oddiy spin sistemalar uchungina spin-spin o’zaro ta’sir doimiysini “qo’l bilan” hisoblash mumkin, murakkablarida esa kompyuter qo’llash talab qilinadi. Lekin struktur tahlilning maqsadlari uchun YaMR spektrlarini talqin qilishning birinchi bosqichida hamma chiziqlarning tuzilishini, spin-spin ta’sir doimiyliklarining hamma qiymatlarini aniqlab to’liq tushuntirib berish zarur ham emas. Spektrlarning ba’zi qismlarini talqin qilish qiyinchilik tug’dirganda, ularni “multipletlar” yoki “qoplovchi (ustma-ust tushuvchi) multipletlar” deb belgilab spektrni “o’qish”ning ikkinchi bosqichiga kirishish tavsiya qilinadi. Mavjud bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlarni hisobga olib qilingan spektr tahlili tugagach, unga asoslanib qilingan molekulalarning ehtimolyati katta bo’lgan tuzilishlari oydinlashgandan so’ng, spektrning tashlab ketilgan murakkab qismlariga qaytib ularni tushuntirish ma’qul bo’ladi. Spektrni talqin qilishni ahamiyati kam bo’lmagan ikkinchi bosqichi aniqlanayotgan signallarni beruvchi magnit yadrolarining molekuladagi joyini aniqlashdan iboratdir. Signallarni bunday taqsimlashning asosi bo’lib ularning spektrdagi joyi (kimyoviy siljishi) va tuzilishi, shakli (multipletligi, spin-spin o’zaro ta’sir doimiysining qiymati) xizmat qiladi. Kimyoviy siljishlarga asoslanib signallarning qaysi guruhlarga tegishli ekanligi aniqlangandan so’ng, har bir aniqlangan proton guruhi bilan spin-spin o’zaro ta’sirda bo’lgan ekvivalent bo’lmagan geminal va visinal protonlarning sonini topish kerak. Bu aniqlash birinchi tartibli spektrlarda n protonlar bilan spin-spin o’zaro ta’sir signalni n+1 ta chiziqqa ajralishga olib kelishini hisobga olgan holda signallarning tuzilishini (multipletligini) o’rganish orqali amalga oshiriladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling