1. Spektral usullar qaysi fizikaviy hodisaga asoslangan va unga qaysilar kiradi. Spektroskopik tadqiqot usullari yordamida qaysi fizikaviy kattaliklar orasidagi bog’lanish o’rganiladi


Kimyoviy siljishlar va spin-spin ta’sir doimiysi qaysi birliklarda o’lchanadi. Bu kattaliklar molekulaning qaysi xossalari bilan bog’langan. Proton va


Download 1.93 Mb.
bet15/20
Sana16.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1095085
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
FTU Savol-javob (1)

39. Kimyoviy siljishlar va spin-spin ta’sir doimiysi qaysi birliklarda o’lchanadi. Bu kattaliklar molekulaning qaysi xossalari bilan bog’langan. Proton va 13C YaMR spektrlarining kengligi (million, ishchi, chastota, elektron, bulut, taqsimlanish, qo’shni atomlar).
Hozirgi vaqtda qog’ozga chiqarilgan YaMR spektri chiziqlarining tepasiga kimyoviy siljishlar yoki chastotalarning qiymatlari yoziladi.
Kimyoviy siljish shkala bo’yicha o’lchaniladi. Bu shkalada ichki etalonga tegishli spektr chizig’ining joyi nol (0) deb qabul qilingan. YaMR spektri 1H va 13C yadrolariga tegishli bo’lsa, ichki etalon sifatida ko’pincha tetrametilsilan [Si(CH3)4] qisqacha TMS, ishlatiladi. Proton YaMR spektrida TMSning spektr chizig’i (signali) spektrning o’ng tomonining eng chekkasida, ya’ni doimiy magnit maydoni eng katta bo’lgan qismida joylashgan bo’ladi (1 - rasm).


1 - rasm. Etilasetatning 1H yadro magnit rezonansi spektri.

Kimyoviy siljishni o’lchash uchun birinchi navbatda spektr chiziqlarining markazlari topiladi. Agar spektr birinchi tartibli bo’lsa, ya’ni chiziqlar orasidagi gerslarda o’lchangan masofa , bitta chiziqning spin-spin o’zaro ta’sir natijasida nozik tuzilishga ajralishidan xosil bo’lgan chiziqchalari orasidagi spin-spin ta’sir doimiysi J(Gs) dan ancha katta bo’lganda (kamida 6 - 7 marta), chiziqlarning markazlari oson topiladi.


Agar spektr millimetrlik qog’ozga chizilgan bo’lsa, har bir spektr chiziqning kimyoviy siljishini o’lchash uchun, shu chiziqning markazi bilan ichki etalonga tegishli chiziq orasidagi masofa lineyka orqali yoki millimetrlik setka orqali millimetrlarda o’lchaniladi. So’ngra ga 1 mm dagi gerslar sonini ko’paytirish orqali bu masofa gerslarda ifodalanadi. Bu masofaning gerslarda o’lchangan qiymati quyidagi formulaga qo’yib, kimyoviy siljish topiladi:
m.b. (2.1)
Bu yerda, - -chiziqning kimyoviy siljishi, - ichki etalonga tegishli spektr chiziq bilan chiziq orasidagi gerslarda o’lchangan masofa, - ichki etalon sifatida olingan tetrametilsilanga tegishli chiziqning o’rni (odatda bu chiziq sanoq boshida bo’lganligi uchun ga teng) va - shu spektr olingan YaMR spektrometrining tegishli yadro uchun ishchi chastotasi, MGs larda. Ishchi chastotani 106 ga ko’paytirib gersga aylantirish kerak.

2-rasm. Akrilonitrilning 1H YaMR spektri. Spektr chiziqlarining kimyoviy siljishlari va spin-spin ta’sir doimiyliklari chastotalarning qiymatlari asosida hisoblangan.


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling