1. Spektral usullar qaysi fizikaviy hodisaga asoslangan va unga qaysilar kiradi. Spektroskopik tadqiqot usullari yordamida qaysi fizikaviy kattaliklar orasidagi bog’lanish o’rganiladi
Download 1.93 Mb.
|
FTU Savol-javob (1)
46. Auksoxrom gruppalar. Giperxrom va bataxrom siljishlar. Giperxrom va gipoxrom effektlar (kiritish, polosa, intensivlik, uzun, qisqa, to’lqin, erkin elektronlar, geteroatom).
Birikmaning yaqin ultrabinafsha nurlarni tanlab yutishini ta’minlamaydigan (karrali bog’ga ega bo’lmagan atom gruppalari) lekin, xromofor sistemasiga kiritilganda uning yutilish polosasi intensivligini oshiradigan hamda polosani spektrning uzun to’lqinli qismiga siljitadigan karrali bog’ga ega bo’lmagan atom gruppalariga auksoxromlar deyiladi. Tarkibida, erkin elektron juftiga ega bo’lmagan geteroatomi bo’lgan OH, NH2, SH va boshqa gruppalar auksoxromlarga misol bo’ladi. Har xil yakka va qo’shma xromoforlar hamda xromoforlar va auksoxromlarning turlicha nisbatini o’z ichiga olgan struktura elementlari organik moddalarning elektron yutilish spektrlarini turlicha bo’lishini ta’minlaydi. Elektron yutilish spektroskopiyasida molekulaning tuzilishi bilan uning spektri orasidagi bog’liqlikni aniqlashda, birlamchi xromoforga boshqa xromofor yoki auksoxrom gruppalarini kiritganda ularning spektral kattaliklaridagi o’zgarishlarni kuzatish maqsadga muvofiqdir. Moddaning tuzilishini bunday o’zgartirish (modifikasiya) qilish bilan bog’liq bo’lgan spektrdagi o’zgarishlarni xarakterlash uchun maxsus atamalar ishlatiladi. Batoxrom siljish – yutilish polosasining uzun to’lqinli sohaga qarab siljishi, gipsoxrom siljish – polosaning qisqa to’lqinli sohaga qarab siljishi, giperxrom effekti – yutilish polosasi intensivligini oshishi, gipsoxrom effekti – yutilish polosasi intensivligining kamayishi. Erituvchini almashtirganda spektrda bo’ladigan o’zgarishlar ham shu atamalar orqali bayon qilinadi (1-rasm). 1-rasm. UB spektr yutilish polosasi joyi va intensivligi o’zgarishining turlari. 47. Benzolning UB spektrida nechta polosa bor, ular qaysi o’tishlar natijasida hosil bo’ladi va qanday belgilanadi. Tarkibida benzol halqasi bo’lgan birikmalarni UB spektrlar yordamida qanday tanish mumkin (ultrabinafsha, intensiv, nozik tuzilish, E, B-polosa, o’rtacha intensiv, bir vaqtda). Burave va Braude tomonidan taklif qilingan klassifikasiyalash sistemasiga ko’ra, elektron yutilish spektrlarida eng ozi bilan to’rtta polosani K, R, B, E ajratish (farqlash) mumkin (1-rasm). 1 – rasm. 1 – Indanonning elektron yutilish spektri (erituvchi – geptan). B-polosani paydo bo’lishini aromatik halqadagi taqiqlangan o’tishlarning biri bilan bog’laydilar va shu sababga ko’ra bu polosani «benzol» polosasi deyishadi. Bu polosa o’rtacha intensivlikka (100 - 1000) va odatda, nozik tuzilishga ega hamda erituvchini almashtirganda joyidan siljimaydi. Alkilbenzollarda V-polosa spektrning 260 nm ga yaqin qismida joylashgan bo’ladi. E (E1 va E2 ) - polosalar xuddi B - polosa kabi aromatik sistemalar uchun xarakterlidir. Benzolning o’zi uchun 180 va 200 nm li yutilish polosalari E1 va E2 simvollari bilan belgilangan. Benzol xromoforining taqiqlanmagan o’tishiga tegishli E1-polosa faqatgina ko’p yadroli aromatik sistemalarda spektrning yaqin ultrabinafsha qismida ko’rinadi. Bu polosa intensivligining kattaligi bilan ajralib turadi, masalan, antrasenda E1-polosaning (maks = 252 nm) ekstinksiya koeffisiyenti = 220000. Ye2-polosa doimo o’rin almashgan aromatik birikmalarning spektrida 200 - 230 nm oraliqda kuzatiladi. Bu polosaning intensivligi (2000 - 14000) odatda uzun to’lqinli K - polosaning intensivligidan kam bo’ladi. Lekin ba’zi bir ko’p atomlar almashgan benzollarda E - polosaning intensivligi K nikiga qaraganda kattaroq bo’ladi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling