1. Ssenariy mazmuni va uning tarkibiy qismlari Animatsiya dasturlarini tayyorlash va rivojlantirish xususiyatlari
Download 30.38 Kb.
|
f6ef39d804532e666bf5ffa4fb7fca80
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Animatsion dasturning asosiy xususiyatlari 1. Ssenariy mazmuni va uning tarkibiy qismlari
- Asl mualliflik ssenariysi
- Kutilmagan ssenariy
7-mavzu. Animatsiya dasturini ishlab chiqish va tayyorlash xususiyatlari Reja: 1. Ssenariy mazmuni va uning tarkibiy qismlari 2. Animatsiya dasturlarini tayyorlash va rivojlantirish xususiyatlari 3. Yangi animatsiya dasturlarni ishlab chiqish jarayoni 4. Animatsion dasturning asosiy xususiyatlari 1. Ssenariy mazmuni va uning tarkibiy qismlari Hech bir animatsion tadbir ssenariysiz holatda o'tkazilmaydi. Har bir yangi ssenariy yangi fikrlarni, his-tuyg'ularni, g’oyalarni talab etadi. Animatsiya dasturi muallifning idrokini, moddiy hayotni, ayniqsa, adabiy, badiiy va musiqiy teatr turlarini, madaniy ishlarning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettirishi lozim. Badiiy va hujjatli materiallarni umumlashtirish (faktlar, rasmlar, videolar) kinodramaturglar hamda dramaturglarga muvaffaqiyatli dastur tuzilishi uchun yo'l-yo'riq topishga yordam beradi. Bularning barchasi tasvir orqali qabul qilish bilan shakllanadi. Ssenariy ustida ishlash jarayonida uning ajoyib, qiziqarli, dinamik bo’lishi lozimligini esda saqlash kerak. Ssenariy tayyorlovchilar mavjud usullar va shakllardan foydalangan holda tomoshabinlarning hissiyotiga ta'sir o’tkazish vositalarini diversifikatsiya qilish kerak. Animatsion-teatrlashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishda turistlar hamda tomoshabinlarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Ushbu hususiyatlar turistik animatorlarga juda katta muvaffaqiyatlarga erishishda yordam beradi. Ssenariy tayyorlovchi guruhning animator-menejerlari mavzuli kechalar, musobaqalar, tanlovlar, viktorinalar, teatrlashtirilgan konsertlar, spektakllar, maskaradli shoular, raqs ballari, karnavallar va boshqalarni tuzish bilan shug'ullanadi. Teatrlashtirilgan animatsiya dasturlarida she'rlar, qo'shiqlar, raqslar, konkret materiallar asosidagi matnlar, ayniqsa jamoa hayoti va faoliyati bilan bog’liq bo’lgan voqealar auditoriyani yanada qiziqtiradi. Teatrlashtirilgan animatsiya dasturlarida filьm voqealari yoki biror kitob asos qilib olinishi mumkin. Tadbir natijalari bo’yicha maxsus elementlar: video yozuvlar, gazeta materiallari, slaydlar tayyorlash; bosma nashrlar, yangiliklar, taklifnomalar, plakatlar, mahalliy eshittirishlar tashkil qilish, mahalliy gazetada bosma nashrlarni tashkil etish; ekran orqali fotografik materiallar berish; tahlil qilish kabilarni tashkil qilish lozim. Animatsiya dasturini rivojlantirish bo'yicha adabiy ssenariy tayyorlashning o'ziga xosligi bor. U asosiy yo'nalishlari va maqsadlari ko'ra: - pedagogik - psixologik - etik
- estetika - nutq madaniyatini rivojlantirish - aktyorlik mahoratini oshirish vazifasini bajaruvchi kabilar bo’lishi mumkin. Animatsiya dasturlarida quyidagi usullar qo'llaniladi: taqdimot namoyishi, mashqlar, taklif, ishontirish, tomosha, o'yin-kulgi, ma'rifiy-ilmiy. Ssenariy rivojlantirish darajasiga qarab quyidagicha bo'lishi mumkin: - Asl mualliflik ssenariysi, o’zining originalligi, mazmuning to'liq va mazmunan takrorlanmasligi, ma'lum bir tarzdagi shakli va yangi ijodiy echimlari borligi bilan ajralib turadi, U tomoshabinlarning chuqur hissiy qarashlarini o'z ichiga oladi. - Kompilyatsiya xarakteridagi ssenariy - bu taniqli hikoyalarning qismlari, matnlaridan foydalanilgan holda, qayta ishlash natijasida tayyorlangan ssenariydir. sh bo'yicha qurilgan qism, matnlar, tashkil montajlar bor. Ushbu ssenariy turi ancha mashhur va eng keng tarqalgan, lekin bunda muallifning ma’lum bir darajada shaxsiy fikri, o'ziga xosligi mavjud bo’lishi lozim. - Kutilmagan ssenariy, asosiy ssenariy bo’yicha tadbirlar yakunlanish arafasida turistik etakchi uchun tayyorlangan matnlardir. Asosiy e’tibor auditoriya bilan bo’ladigan tasodifiy suhbatga beriladi. Ushbu ssenariy ijodkorlik, o'ziga xoslik, shuningdek, kutilmagan elementlar bilan to'ldirilgan bo'lishi kerak. Barcha ssenariylarni tuzishda mualliflar jamoasi havaskor shoir va yozuvchilar, gazeta va jurnallar, filmlar va radiolarning tahrir hay'atlari, adabiy va badiiy birlashma vakillarini o'z ichiga olgan bo’lishi mumkin. Ssenariyni ishlab chiqishda u quyidagilarni o’z ichiga oladi: ssenariy rejasi, badiiy ssenariy hamda rejissorlik ssenariysi. Ssenariy rejasi teatrlashtiriladigan tadbirlarning umumiy mazmunini aks ettiradi. Badiiy ssenariy - kinematografiya, televideniya, teatr, sirk kabilar orqali namoyish qilish uchun mo'ljallangan adabiy asar. Rejissorlik ssenariysi - muallifning ijodiy rejasi, individual ish talqini, barcha ishtirokchilar: san'atkorlar, rassomlar, bastakorlar va ijrochilarni namoyish uchun birlashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan ijodiy ishdir. Animatsiya dasturlarida quyidagi asosiy yo'nalishlar aks ettirilishi kerak: - Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, vatanparvarlik va xalqaro tarbiya; - Dam olishni madaniy tashkil etish, bolalar va o'smirlarning axloqiy, estetik, musiqa va badiiy ta'lim jihatlari bilan ishlash; - Unutilmas, original, o'zgacha dasturni yaratish, auditoriya orasida qiziqishni rag'batlantirish; Animatsion tomoshalar uchun ssenariy g'oyasi quyidagi qismlardan iborat: - Mavzu – mazkur tadbir bag’ishlanadigan voqea-hodisalar; - G'oya - muallifning asosiy fikri, uning qarashlari; - Eng muhim vazifa - pirovard maqsadi san'at yaratish. Mavzuli animatsiya dasturi, kechki konsert yoki bayram tadbirlarini tasodifiy o’tkazish mumkin emas, u puxta va chuqur ishlab chiqilgan bo'lishi kerak. Aniq reja - mavzuli kechaning samarali va qiziqarli o’tishining muhim shartlaridan biridir. Muallifning siri jozibador mavzuni topishdir. Ikki yoki undan ortiq ssenariyni bir vaqtning o'zida ishlab chiqish qiziqishni kamaytirib, tomoshabinlarning e'tiborini chalg'itadi. Hatto kechki o'yin-kulgi dasturini o’tkazish mo'ljallangan bo'lsa-da, har bir voqea - uning maqsadi, mavzusi, alohida ma'noga ega bo'lishi kerak. Ssenariyni rivojlantirish omillari bo’lib voqealar, hujjatlar, faktlarni, ishtirokchilarning tarjimai hollarini, eng dinamik, komik, fantastik hikoyalarni, karikaturalarni, qiziqarli viktorinalarni o’rganish, video, slaydlar tayyorlash, ijodiy imkoniyatlarni ishga solish kabilar hisoblanadi. Manager-animator dasturni eng qiziqarli, voqeaga tegishli, o'ziga xos g'ayrioddiy narsalarni tanlashi, tasavvur qilishi, qiziqarli o'yinlar, tanlovlar, ko'rik-tanlovlar, teatrlashtirilgan tomoshalar bilan to'ldirishi muhim ahamiyatga ega. Mavzusini rivojlantirishga alohida yondashish, tadbir g'oyasi bo’yicha zarur materiallarni tanlash - animatsiya guruhining muhim vazifasidir. Faqat ssenariy orqali tashkilotchilar individual munosabatlarga tayangan holda muvaffaqiyatli ishlashi mumkin. Shaxsiy munosabat ijobiy ta'sir ko’rsatgan holda tomoshabinlarda ma'lum bir kayfiyatni yaratadi. Animatsiya jamoasi faollari rejalashtirilgan tadbir ssenariysini shakllantirishning dastlabki bosqichida, avvalambor janrni aniqlab olishi kerak: - hujjatli; san'atga doir; - hazil-mutoyibali; - teatrlashtirilgan hajviy. Ommaviy-o'yin tadbirlari ssenariysida taxminiy o'yinlar, ularning shartlari, qilinadigan harakatlar batafsil bayon qilib berildi. Teatrlashtirilgan voqea-hodisalarning ssenariysida monologlar, suhbatlar, harakatlar tavsifi, belgilar va hissiy harakatlar batafsil yozib qo’yiladi. Ommaviy festivallarning bayram ssenariysida individual ishtirokchilarning chiqishlari ketma-ketligi, musiqa, teatr va sirk jamoalarining harakatlari, bayram jarayoni puxta bayon etiladi, har bir ishtirokchining chiqish tartibi va vaqti belgilanadi.
Download 30.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling