2. Animatsiya dasturlarini tayyorlash va rivojlantirish xususiyatlari
Insoniyat yashab kelayotgan barcha davrlar uchun butun dunyo bo’ylab ommaviy bayramlar, turli xil tadbirlar, teatrlashtirilgan festivallar xarakterlanadi bo’lib hisoblanadi. Bunday ommaviy bayramlar vakolatli va professional tashkilotlar tomonidan davlat manfaatlari va xalq kayfiyatidan kelib chiqqan holda tashkillashtirlishi maqsadga muvofiq.
Bugungi kunda, siyosiy, madaniy, badiiy, estetik, animatsion ko’rinishdagi turli bayramlarsiz holda hayotimizni tasavvur qilishimiz mumkin emas.
Bayram - aholining faol, ijodiy ishtirokida bo’lib o’tadigan muayyan kasblar bo'yicha hurmatli va mashhur shaxslar, mashhur voqealar, sanalar, yubileylarga bag'ishlangan marosimlardir.
Bayramni tayyorlash ulkan javobgarlikni qabul qilish, har bir dastur bo’yicha individual yondashish, nafaqat dalillar, balki ularning munosabati, mafkuraviy ishonch, tuyg'ular, fuqarolik pozitsiyasi jihatlarini aks ettirish demakdir. Shuning uchun, ommaviy tadbirlarni tashkil etishda maxsus rahbarlar, direktorlar, mutaxassislar, ekspertlar, animatorlar bilan muomala bo’lish, ular bilan kelishgan holda faoliyat olib borish lozim.
Ommaviy bayramlarda bir vaqtning o’zida bir necha badiiy harakatlar amalga oshiriladi hamda chiqishlar namoyish etiladi. Namoyish vaqtida har bir ishtirokchi o’zi hohlagan ob’yektga diqqatini qaratishi mumkin bo’ladi.
Ommaviy bayramlar dramaturgiyasining asosiy vazifalaridan biri - tomoshabinlarga bayramning asosiy g'oyalarini aniq tushuntirib berishni talab etadi.
Ommaviy bayramlarning dramaturgiyasi bir qator holatlar bilan bog'liq:
Do'stlaringiz bilan baham: |