Javobgarlikni sugurta qilish


Download 195.21 Kb.
Pdf ko'rish
Sana09.04.2023
Hajmi195.21 Kb.
#1344547
Bog'liq
JAVOBGARLIKNI SUGURTA QILISH........ (1)



JAVOBGARLIKNI SUGURTA QILISH


Javobgarlikni sugurtalash
• «javobgarlikni sug‘urtalash – bu mustaqil
sug‘urta tarmog‘i bo‘lib, unda sug‘urta ob’ekti
sug‘urtalanuvchining harakati yoki
harakatsizligi natijasida uchinchi shaxslarga
(jismoniy va yuridik shaxslar) yetkazilishi
mumkin bo‘lgan zarar oldidagi javobgarligi
hisoblanadi».


• Javobgarlikni sug‘urtalash o‘zida mol-mulk va
shaxsiy sug‘urta turlarinig ayrim qirralarini
namoyon etadi. Ya’ni, agar zarar yuridik yoki
jismoniy shaxsning mol-mulkiga yetkazilgan
bo‘lsa mol-mulk sug‘urtasini; agar zarar
jismoniy shaxsning hayoti yoki sog‘lig‘iga
yetkazilgan bo‘lsa, shaxsiy sug‘urta turlarini
qamrab oladi.


Javobgarlikni sug‘urtalashda
sug‘urta ob’ekti bo‘lib
• sug‘urtalanuvchining uchinchi shaxslarga yetkazgan
zararlarini qoplash bilan bog‘liq mulkiy manfaatlari
hisoblanadi. Sug‘urtalanuvchining uchinchi
shaxslarga yetkazgan zararlarni qoplash bilan bog‘liq
javobgarligi tuzilgan sug‘urta shartnomasiga muvofiq
muayyan haq to‘lash evaziga sug‘urtalovchiga
o‘tkaziladi, Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda, ya’ni
sug‘urtalanuvchi uchinchi shaxslarga zarar
etkazganda, bu zarar sug‘urtalovchi tomonidan
qoplanadi.


Javobgarlikni sug’urtalashning
tashkiliy-huquqiy asoslari
• Javobgarlikni sug‘urtalashning tashkiliy-
huquqiy asoslari bozor iqtisodiyoti sharoitida
yuridik va jismoniy shaxslarning uchinchi
shaxslar manfaatiga zarar yetkazish xavfi
kuchayadi. Bu xavfning ro‘y berishi
natijasida yetkazilgan zararni qoplash
yuzasidan zarar yetkazgan shaxslarning
javobgarligini sug‘urta qilish mamlakatimizda
o‘z rivojini topmoqda.


- ijtimoiy javobgarlik
• - ma’naviy javobgarlik
- huquqiy javobgarlik
Javobgarlik o‘z mazmun-
mohiyati jihatidan uchga
bo‘linadi:


Ijtimoiy javobgarlik
• Ijtimoiy javobgarlik umumiy tushuncha bo‘lib,
jamiyatdagi barcha javobgarlikni o‘z ichiga
oladi. Fuqarolarning o‘zaro muomalasida
ahloqiy normalarni buzilishi ma’naviy
javobgarlikni keltirib chiqaradi. Huquqiy
javobgarlik esa oqibatida yuzaga keladi


Huquqiy javobgarlik
• Huquqiy javobgarlikning o‘zi bir qancha
turlarga bo‘linadi. Jumladan, intizomiy
javobgarlik, ma’muriy javobgarlik, fuqarolik-
huquqiy javobgarlik, moddiy javobgarlik, jinoiy
javobgarlik.


• O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksiga ko‘ra, javobgarlikni sug‘urta
qilish mulkiy sug‘urta tarmog‘i tarkibiga
kiradi:


• O‘zbekiston Respublikasida javobgarlikni
sug‘urta qilishning ikki turi – fuqarolik
javobgarligini sug‘urta qilish va kasbiy
javobgarlikni sug‘urta qilish farqlanadi.


• Fuqarolik javobgarligi mulkiy xususiyat kasb etadi:
ziyon etkazgan shaxs jabrlanuvchiga, ya’ni
uchinchi shaxsga etkazilgan zararni to‘liq qoplashi
shart. Fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish
shartnomasini tuzish orqali mazkur majburiyat
sug‘urtalovchiga yuklanadi. Etkazilgan zarar
uchun sug‘urta qildiruvchi jinoiy, ma’muriy
javobgarlikka tortilishi, ya’ni uchinchi shaxsga
nisbatan o‘z g‘ayriqonuniy harakatlari uchun
qonunga muvofiq ta’qib qilinishi mumkin. Ammo
uchinchi shaxsga etkazilgan mulkiy zararni
qoplash sug‘urtalovchining zimmasiga yuklanadi.


• Kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilishning ob’ekti sifatida
sug‘urta qildiruvchining O‘zbekiston Respublikasi qonun
hujjatlariga zid kelmaydigan, sug‘urta qildiruvchi kasbiy
faoliyatni amalga oshirayotgan paytda u uchinchi shaxslarning
hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga etkazgan zararni qoplash
bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlari amal qiladi. Mol-
mulkni sug‘urta qilish yoki shaxsiy sug‘urtadan farqli o‘laroq,
kasbiy javobgarlikni sug‘urta qilish ob’ekti sub’ektiv xususiyat
kasb etadi, ya’ni sug‘urta hodisasining yuz berishi tashqi
omillar – tabiiy ofat, tabiiy hodisalar, boshqa odamlarning
harakatlariga emas, balki muayyan kasbga muvofiq faoliyat
olib borayotgan shaxsning malakasiga bog‘liq bo‘ladi. Kasbiy
javobgarlikni sug‘urta qilishda sug‘urta hodisasining ta’rifi
yagonadir. Sug‘urta hodisasi deb sudning qonuniy kuchga
kirgan va sug‘urta sub’ektiga etkazilgan zarar uchun sug‘urta
qildiruvchining mulkiy javobgarligini belgilaydigan hal qiluv
qarori sug‘urta hodisasi deb e’tirof etiladi
.

Document Outline


Download 195.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling