1. Statistik kuzatish to’g’risida umumiy tushuncha Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari


Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari


Download 78.5 Kb.
bet3/8
Sana09.01.2022
Hajmi78.5 Kb.
#268632
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3 -mavzu (1)

2. Statistik kuzatishning shakllari, turlari va usullari
Statistiki kuzatish informatsiya yetkazib beruvchi subyektlar kategoriyalariga qarab quyidagi shakllarga bo’linadi:

  1. Ma’muriy ma’lumotlarni to’plash. Ma’muriy idoralar(soliq, bojxona, nikohdan o’tkazish va x.k.) statistika organlariga o’z faoliyatlari haqida ma’lumotlarni pulsiz va so’ralgan vaqtda yetkazib berishga majburdirlar.

  2. Boshlang’ich statistik ma’lumotlarni to’plash. Ro’yxatdan o’tgan barcha tashkilot, korxona, tadbirkorlar topshiradigan statistik hisobotlar orqali to’planadi.

  3. Statistik organlar to’plagan ma’lumot. Statistika organlari uy xo’jaligini o’rganish uchun maxsus tanlab kuzatishlar o’tkazishadi, aholi ro’yxati va boshqa maxsus kuzatishlar yordamida to’plangan ma’lumot.

Statistik kuzatish tashkil etilishiga qarab: statistik hisobot va maxsus uyushtirilgan statistik kuzatishlarga bo’linadi.

Hisobot (buxgalteriya va statistik hisobotlarga bo’linadi) statistik kuzatishning asosiy shakli bo’lib, u barcha korxona va tashkilotlar faoliyati haqidagi boshlang’ich ma’lumotlarni to’plash uchun imkoniyat yaratadi. Uning ma’lumot manbai bo’lib buxgalteriya va operativ hisob hujjatlarida qayd etilgan boshlang’ich yozuvlardir. Joriy statistika butunlay va to’laligicha hisobot ma’lumotlariga asoslanadi. Hisobot ma’lumotlari, qaysi darajada bo’lmasin (korxona, tuman, viloyat va respublika) operativ boshqarishda va belgilangan rejalarning bajarilish darajasini o’rganishda juda katta ahamiyatga ega. Ammo statistik hisobot qanchalik yaxshi yo’lga qo’yilmasin, qanchalik tez va aniq ma’lumotlarni yetkazib bermasin, uning ma’lumotlari amaliy menejment uchun, ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish uchun, strategik yo’nalishlarni belgilash uchun etarli emas. Shuning uchun ham hisobot bilan bir qatorda statistikada maxus tashkil qilingan statistik kuzatishlar keng qo’llaniladi. Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarga aholi ro’yxatini misol keltirishimiz mumkin. Sobiq ittifoq chegarasida aholi 7 (1920, 1926, 1939, 1959, 1970, 1979 va 1989 y) marta ro’yxatdan o’tkazilgan. Aholi ro’yxatini o’tkazishdan maqsad, uning soni, joylanishi, tarkibi, migratsiyasi, yoshi, ish bilan bandligi va h. k. to’g’risida bebaho ma’lumotlar to’plashdir.

Maxsus tashkil qilingan statistik kuzatishlarni voqea va hodisalarning sodir bo’lishini qayd qilish vaqtiga qarab uch turga-uzluksiz, fursatli va bir yo’la kuzatishga ajratish mumkin.

Uzluksiz kuzatish deganda hodisalar ro’y berishi bilanoq qayd qilinadigan kuzatish tushuniladi. Masalan, bola tug’ilishi, nikohdan o’tish kabi voqea (hodisa)lar sodir bo’lishi bilanoq, ya’ni o’sha kunning o’zidayoq qayd etiladi.

Fursatli kuzatish deganda ma’lum muddatlarda o’tkaziladigan kuzatishlar tushuniladi. Masalan, aholi ro’yxati va boshqalar.

Bir yo’la kuzatish deb birorta masalani echish uchun o’tkazilgan kuzatishga aytiladi. Masalan, savdo korxonalarini jihozlanish darajasining bozor iqtisodiyoti talablariga javob berishi va bermasligini o’rganish uchun maxsus kuzatish o’tkazish. Bunday kuzatishni keyinchalik o’tkazmaslik ham, zaruriyat tug’ilsa, yana o’tkazish ham mumkin.

O’rganilayotgan to’plam birliklarini o’z ichiga qamrab olishiga qarab, statistik kuzatish ikki turga: yoppasiga kuzatish va qisman kuzatishga bo’linadi.

Tanlab kuzatish deganda bosh to’plamdan bir qismini tanlab olib tekshirish tushuniladi. Agarda kuzatishning bu turi to’g’ri tashkil qilinsa, qisman kuzatishning turlari ichida eng yaxshi o’rganilgan ma’lumotlar umumiy to’plam haqida to’la-to’kis va aniq fikr yuritish imkonini beradi. Bu kuzatishda asosiy muammo tanlanma to’plamning reprezentativligini (vakolatliligini) ta’minlashdir.

Agarda tanlab olingan to’plamda bosh to’plamning muhim xususiyatlari namoyon bo’lsa, u to’plam reprezentativ deyiladi. Reprezentativlikni ta’minlash tanlash usullarini to’g’ri belgilashga bog’liqdir. Statistikada tasodifiy, tipik, mexanik va seriyalab tanlash usullari mavjud.Bu usullar mazmuni tanlab kuzatish mavzusida yoritiladi.


Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling