1. Statistikaning kelib chiqish tarixi XXI asrda dunyo miqyosida statistikaning o’rni
Download 117.01 Kb.
|
hisobot
Reja: 1.Statistikaning kelib chiqish tarixi 2.XXI asrda dunyo miqyosida statistikaning o’rni. 3.O’zbekiston Respublikasida statistika borasida olib boriladigan islohotlar. KIRISH
Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni kengaytirish bilan bir vaqtda oliy ta’lim tizimini tubdan yaxshilash, isloh qilish bugungi kunda eng muhim vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bu esa, birinchi navbatda, oliy ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat Talablarda ko‘zlangan fanlarning mazmuni va o‘quv dasturlarini xalqaro andozalarga moslashtirib takomillashtirishni talab qiladi. Zamon talablari darajasida yangi darsliklar avlodini yaratish konsepsiyasiga muvofiq 2003 yilda Abu Ali ibn Sino nomli Tibbiyot nashriyoti tomonidan “Statistika” darsligi chop etilgan edi. Ushbu kitob bu darslikni qayta ishlash mahsulidir. Kuchli tahririy ishlar va ayrim ikkilamchi masalalarni chiqarib tashlash natijasida darslikning umumiy hajmi ikki marotaba ixchamlashgan. Shu bilan birga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalanish hisobiga uning mazmuni boyigan. Har bir mavzu masalalarini bayon etishda dasturlangan o‘quv texnologiyasi tamoyillari qo‘llanilgan. Jumladan, asosiy ilmiy tushuncha va kategoriyalar hamda nazariy masalalar mazmunini oydinlashtirish uchun dastlab ular muhim mantiqiy tuzilmaviy elementlar va xarekterli jihatlariga ajratilib, sxema – tarhlar, chizma va boshqa ko‘rgazmali shakllar orqali tasvirlangan. So‘ngra ular har taraflama izohlanib, hayotiy misollar yordamida tushuntirib berilgan. Ushbu nashrda ayrim mavzularga bag‘ishlangan bo‘limlar, masalan, statistika predmeti va metodi, statistik kuzatish uslubiyati, dinamikani statistik o‘rganish usullari, iqtisodiy indekslar va boshqalar muammoli ma’ruzalari tamoyili asosida bayon etilgan. O‘rtacha miqdorlar va tuzilmaviy o‘rta ko‘rsatkichlar, variatsiya ko‘rsatkichlari, ilmiy gipotezalarni statistik tekshirish, dispersion, korrelyatsion va regression tahlil masalalari ko‘p hisoblash ishlari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun axborotlar texnologiyalaridan foydalanish zaruriyati va yo‘llariga e’tibor jalb qilingan. Har bir bob qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati, qisqacha xulosalar, asosiy atama va tushunchalar, mustaqil ishlash uchun savollar va topshiriqlar bilan yakunlangan. Shu sababli ushbu darslik talabalar statistik bilimlarni o‘zlari o‘rganishni tashkil etishda muhim qurol bo‘lib xizmat qila oladi degan umiddamiz. Ta’kidlash joizki, sobiq sovet tuzumining boshlang‘ich davrlaridayoq, statistikani markazlashgan totalitar boshqarish maqsadiga bo‘ysundirish, uning samarali quroliga aylantirish niyatida rejali xo‘jalik sharoitida u o‘zining nazariy asoslaridan ajralishi va statistika fani yo‘qolishi haqida «nazariya» to‘qilgan edi. Download 117.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling