1. Sug’oriladigan hududlardagi o’simliklar
Begona o’tlar klassifikatsiyasi
Download 113.56 Kb.
|
Sugoriladigan hududlardagi osimliklarning tur tarkibi.Keng tarqalgan oilalar
4.Begona o’tlar klassifikatsiyasi. O’zbekistonda begona o’tlarning 72 ta oilaga mansub bo’lgan 841 turi uchraydi. Shundan 519 turi bir yillik, 322 turi ko’p yillik o’simliklardir. Ishlab chiqarish sharoitida esa, ularning muhim biologik xususiyatlari, ya’ni oziqlanishi, yashash davri va ko’payish usuliga ko’ra klassifikatsiyalanadi (2-jadval).
Oziqlanish usuliga ko’ra yovvoyi o’simliklar ikkita biologik turga bo’linadi: 1)noparazitlar, 2)parazitlar va yarim parazitlar. Noparazit begona o’tlar avtotrof o’simliklar bo’lib, ularning yashil barglari va ildizi bor. Bu o’simliklar tuproqdan suv va oziq elementlarini o’zlashtiradi, fotosintez jarayonida organik moddalarni hosil qiladi. Noparazit begona o’tlar hayotining davomiyligiga ko’ra bir yilliklar, ikki yilliklar va ko’p yilliklarga bo’linadi. Bir yillik va ikki yilliklar - kam yilliklar deyiladi, ular faqat urug’lari yordamida ko’payadi. Hayotining uzun-qisqaligi va yilning qaysi davrida unib chiqishiga qarab kam yillik yovvoyi o’simliklar quyidagi guruhlarga bo’linadi: efemerlar, erta bahorgilar, kech bahorgilar, qishlovchilar, kuzgilar va ikki yilliklar. Кo’p yillik yovvoyi o’simliklarning urug’lari pishib yetilgandan so’ng yer ustki qismi nobud bo’ladi, tuproq ichidagi organlari (ildizi, tugunagi, ildizpoyasi, piyozi) yashovchanligini yo’qotmaydi. Ana shu organlaridan har yili poya chiqarib, gullab, urug’ beraveradi. Vegetativ ko’payish organlarining xususiyatlariga ko’ra ular 7 ta guruhga bo’linadi Popuk ildizlilar va o’q ildizlilarning vegetativ usulda ko’payishi kuchsiz, ildizpoyalilarniki esa kuchli namoyon bo’ladi. Qolgan ko’p yillik yovvoyi o’simliklarning vegetativ ko’payishi o’rtacha hisoblanadi. Parazit begona o’tlarga ildizi va yashil bargi bo’lmagan, boshqa o’simliklar tanasidan suv hamda oziq moddalarni so’rib olib yashaydigan o’simliklar kiradi. Ular suv va oziq moddalarni maxsus so’rg’ichlari orqali so’rib oladi. Tekinxo’r begona o’tlar ikkita guruhga bo’linadi: ildiz parazitlari va poya parazitlari. Yarim parazit yovvoyi o’simliklarning yashil bargi bor bo’lib, fotosintez qilish qobiliyatiga ega. Suv va oziq moddalarni boshqa o’simlik tanasidan so’rib oladi jadval. Begona o’tlar klassifikatsiyasi.
Download 113.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling