1. Sug’oriladigan hududlardagi o’simliklar
Кech bahorgi yovvoyi o’simliklar
Download 113.56 Kb.
|
Sugoriladigan hududlardagi osimliklarning tur tarkibi.Keng tarqalgan oilalar
Кech bahorgi yovvoyi o’simliklar. Кech bahorgi bir yillik o’tlar tuproq yetarli darajada qizigandan keyin ko’karib chiqadi. Bularga kurmak, yovvoyi gultojixo’roz, itqo’noq, semizo’t, ituzum, dag’alkanop kabi o’simliklar kiradi.
Qora kurmak, oddiy kurmak, shamak - Ehinohloa crugalli L. Poyasi tik yoki biroz yonboshlab o’sadi. Bo’yi 1 m gacha. Cho’l, adir va tog’ min-taqasidagi sernam yerlarda, asosan, ariq bo’ylarida, ekinlar orasida begona o’t sifatida o’sadi. Iyun- sentyabr oylarida gullab, urug’laydi. Sholisimon kurmak, govkurmak, devkurmak – E. Oryzoides (Ard) Koss. Boshoqdoshlar oilasiga mansub bir yillik o’t, poyasi tik o’sadi. Bo’yi 50-160 sm. ro’vagi 8-15 sm. Asosan, sholipoyalarda begona o’t sifatida o’sadi. Iyun-avgust oylarida gullaydi, avgust-sentyabrda urug’laydi. Кo’k itqo’noq - Staria viridis. Boshoqdoshlar oilasiga mansub, popuk ildizli, kech bahorgi bir yillik o’t. Bo’yi 20-30 sm. Barglari uchli tasmasimon, yashil. Pishgan boshoqlarining tuklari yashil yoki siyoh rang. Doni mayda, tuxumsimon-oval, sariq-malla rang. Iyun - avgust oylarida gullab, urug’laydi. Ekinlar orasida, ariq va kanal bo’ylarida o’sadi. Bitta o’simlik 2300 donagacha urug’ hosil qilishi mumkin . Malla qo’noq, it qo’noq, oq it qo’noq - S. Vtrticilata (L) P. B. Bo-shoqdoshlar oilasiga mansub, popuk ildizli bir yillik o’t. Ekinlar orasida, bog’larda, qisman daryo va ariq bo’ylarida o’sadi. Aprel - may oylarida unib chiqadi. Iyun-sentyabr oylarida gullab, urug’laydi. Bitta o’simlik 13800 donagacha urug’ qilishi mumkin. Urug’lari unuvchan-ligini 30 yilgacha saqlaydi. Qora ituzum – Solanum nigrum L. Ituzumdoshlar oilasiga mansub, o’q ildizli bir yillik o’t. Bo’yi 25-90 sm. Poyasi tik, shoxlangan. Barglari qoramtir-yashil, siyrak tukli, tuxumsimon yoki rombasimon. Gullari 3-8 tadan bo’lib, soyabonsimon yoki to’pgulga yig’ilgan. Iyun-oktyabr oylarida gullab, urug’laydi. Mevasi qora, qoramtir-qizil yoki qo’ng’ir-qizil rangda, ko’p urug’li. Ekinzorlar, bog’larda, yo’l, ariq bo’ylarida o’sadi. Qizil (sariq) ituzum- S. olgae pojark. Bir yillik o’t. Bo’yi 15- 70 sm. O’simlik tuzilishi, o’sishi va rivojlanishi, yashash sharoiti va boshqa xususiyatlariga ko’ra qora ituzumga o’xshash. Yovvoyi gultojixo’roz, qayrilgan tojixo’roz, eshaksho’ra, machin.- Amarathus retraflexus. Bir yillik o’qildizli o’t. Bo’yi 20-150 sm. Poyasi tik, shoxlangan, tukli. Bargi tuxumsimon-oval. Urug’i mayda, qora yaltiroq. Harorat +26…+360C bo’lganda tez unib chiqadi. Iyun-sentyabrda gullab, iyul-oktyabrda urug’i pishib yetiladi. Bitta o’simlik 500000 ta, ayrimlari 1 mln. donagacha urug’ hosil qiladi. Urug’lari unuvchanligini 40 yilgacha saqlaydi va 3 sm dan ortiq bo’lmagan chuqurlikdan unib chiqadi. Yovvoyi gultojixo’roz ekinzorlarda, bog’, ariq bo’yi va partov yerlarda begona o’t sifatida o’sadi. O’zbekistonda bu o’simlikning yana olabutasimon tojixo’roz, oq tojixo’roz, olabuta tojixo’roz, tellung tojixo’roz kabi turlari uchraydi. Semizo’t -Portulaca oleraceae L. Semizo’tdoshlar oilasiga mansub o’q ildizli bir yillik o’t. Poyasi, barglari etli, sersuv, yer bag’irlab o’sadi, shoxchalari tarvaqaylagan, bo’yi 15-40 sm. Gullari sariq, barg qo’lti-g’ida joylashgan. Mevasi tuxumsimon, dumaloq, oson ochiladigan ko’sakcha. Urug’lari buyraksimon, oval-dumaloq, yonboshdan siqilgan, sal yaltiroq, qora yoki qoramtir-qo’ng’ir. Aprel-iyulda ko’karib chiqadi, iyun-avgustda gullaydi. Iyul-sentyabrda urug’ hosil qiladi. Urug’lar 2-3 sm dan ortiq bo’lmagan chuqurlikdan ko’karib chiqa oladi. Urug’lar unuvchanligini 40 yilgacha saqlashi mumkin. Daryo, ariq bo’ylari, ekinzor va bog’larda begona o’t sifatida o’sadi. Oddiy bangidevona, beshbug’doy-Datura stramonum. Ituzumdoshlar oilasiga mansub, o’q ildizli bir yillik o’t. Poyasi tik, bo’yi 25-120 sm. Barglari bandli, navbat bilan joylashgan, yoqimsiz hidli. Bargining usti qoramtir-yashil. Gullari oq, yirik, voronkasimon, barg qo’ltig’ida joylashgan. Mevasi tuxumsimon, ko’p urug’li, to’rt bo’lakli, tikanli ko’sak. Urug’lari qora, qoramtir-qo’ng’ir, o’yiqlari bor. Bir tup o’sim-ligi 45000 donagacha urug’ bera oladi. Apreldan oktyabrgacha ko’karib chiqaveradi. Iyundan kech kuzgacha gullaydi. Avgust-noyabrda urug’ hosil qiladi. Tarkibida zaharli alkaloidlar (antropin va daturin) bor. Aholi yashaydigan joylar, partov yerlar va ekinlar orasida o’sadi. Teofrast dag’alkanopi, dag’alkanop- Abutilon avicennae L. Gulxay-ridoshlar oilasiga mansub, o’q ildizli bir yillik begona o’t. Bo’yi 50-200 sm. Barglari yirik, uzun bandli, keng tuxumsimon, asosi yuraksimon, uchi o’tkir tumshuqchali, mayin tuklar bilan qoplangan. Gullari barg qo’ltig’idan chiqqan uzun gulbandlarda joylashgan, sariq. Mevasi tishchali 15 ta mevabargchadan iborat. Urug’i buyraksimon, yuraksi-mon, qo’ng’ir, qoramtir-malla rangli. Bir tup o’simlik 36800 donagacha urug’ berishi mumkin. Aprel-mayda ko’karib chiqadi, iyul-sentyabrda gullab, iyul-oktyabrda hosil tugadi. Sug’oriladigan yerlarda, bog’larda, ariq bo’ylarida o’sadi. Bir yillik shuvoq, burgan - Artemizia annua L. Murakkabguldoshlar oilasiga kiradi. Poyasi tik, shoxlaydigan, egatchalari bor. Bo’yi 30-100 sm. Barglari ingichka, mayda bo’laklarga bo’lingan. Urug’i silindrsi-mon, mayda. Iyul-sentyabrda gullaydi, sentyabr-noyabrda hosil tugadi. Ekinzorlarda kam, lekin to’qayzor, ariq, zovur va yo’l yoqalarida juda ko’p o’sadi. Tuyaqorin-Helotropium Lasiocarpum F.et M. Govzabonguldoshlar oilasiga kiradi. Bir yillik o’q ildizli o’t. Poyasi sershox, bo’yi 50 sm gacha yetadi. O’simlik dag’al va qalin tuk bilan qoplangan. Barglari qisqa bandli, dag’al, oval shaklda, kul rang tukchalar bilan qoplangan. Guli siyrak joylashgan, mayda, och sariq. Mevasi tukli va ovalsimon to’rtta yong’oqchadan iborat. Tuyaqorinning urug’ida zaharli alkaloid-lar bor. Ular oziq bilan birga odam va hayvonlar organizmiga tushganda, jigar va butun organizmda og’ir kasallik keltirib chiqaradi. Tuyaqorin asosan, sug’orilmaydigan bo’z yerlarda ko’p, qator oralari ishlanadigan ekinlar orasida esa, kam uchraydi. Download 113.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling