1. Sug’oriladigan hududlardagi o’simliklar
Bir yillik va ikki yillik begona o’tlar. Efemerlar
Download 113.56 Kb.
|
Sugoriladigan hududlardagi osimliklarning tur tarkibi.Keng tarqalgan oilalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erta bahorgi yovvoyi o’simliklar
5.Bir yillik va ikki yillik begona o’tlar. Efemerlar. Bu o’simliklarning vegetatsiya davri qisqa bo’lib, 1,5-2 oy davom etadi. Ularning ba’zilari bir yil davomida bir nechta avlod beradi. Lolaqizg’aldoq va yulduzo’t kabi o’simliklar shular jumlasiga kiradi.
Yulduzo’t – Stellaria media L. chinniguldoshlar oilasiga kiradi. O’qildizli, poyasi ko’tarilgan yoki yotiq, sershox, bo’g’imlar orasi siyrak, jingalak tuklar bilan qoplangan. Barglari qisqa bandli, tuxum-simon, uchi o’tkir. Gullari mayda oq. Mevasi-ko’p urug’li, cho’zinchoq ko’sakcha. Sharoit qulay bo’lganda bo’yi 50-60 sm gacha yetadi. Bog’larda, kuzgi boshoqli g’alla, kuzgi piyoz ekinlari orasida ko’p uchraydi. Namlik yetarli bo’lgan yerlarda yaxshi rivojlanadi. Sudralib o’sadigan poya bo’g’imlaridan ildiz otish xususiyatiga ega. Urug’idan ko’payadi, bitta o’simlik 25 ming donagacha urug’ tugishi mumkin. Urug’lar unuvchanligini 30 yilgacha saqlaydi. Yil davomida 2-3 avlod beradi. Lolaqizg’aldoq- R.pavoninum Schrenk ko’knoridoshlar oilasiga mansub bo’lib, bir yillik efemer o’simlik hisoblanadi. Bo’yi 30-50 sm, o’qildizli, poyasi tik. Ildiz bo’g’zidagi barglari uzun bandli, ikki marta patsimon qirqilgan, tuxumsimon bo’lakli. Poyadagi barglari bandsiz, uch qirqimli. Mart - iyun oylarida gullab urug’laydi. Tog’ etaklari, adirlar, bog’lar va kuzgi g’alla ekinlari orasida o’sadi. Erta bahorgi yovvoyi o’simliklar. Bu o’simliklar erta bahorda tuproq sal qizishi bilan ko’karib chiqadi. Ularning urug’lari madaniy o’simliklardan oldin yoki ular bilan birgalikda pishib yetiladi. Bularga yovvoyi suli, qiziltasma, olabuta, sho’ra kabi o’tlar kiradi. Olabuta, oq sho’ra- Cyhenopodium album L. Bu o’simlik sug’oriladi-gan yerlarda, ayniqsa, g’o’za orasida ko’p uchraydigan begona o’t bo’lib, partov yerlarda, hovlilarda, yo’l yoqalarida ham o’sadi. Barglari tuxumsimon, cheti qirrali, unsimon dog’lar bilan qoplangan, poyasi to’g’ri, sershox, bo’yi 40-100 sm. Кo’k sho’ra – Ch. glaucum L.Bir yillik o’t. Bo’yi 1 m gacha, poyasi yotib yoki yerdan bir oz ko’tarilib o’sadi, shoxlangan. Barglari bandli, etli, cho’ziq, qalami yoki ovalsimon, ba’zan tuxumsimon yoki uchi to’mtoq, tubi ponasimon, cheti yirik tishli, o’yilgan. Iyul- sentyabr oylarida gullab, urug’laydi. Daryo sohillarida, bo’sh yotgan joylar, ekinlar orasida o’sadi. Sassiq sho’ra – Ch. vulvaria.Bir yillik o’t, Bo’yi 10-60 sm. Barglari bandli, keng tuxumsimon. May –iyul oylarida gullab urug’-laydi. O’ziga xos hid chiqaradi. Partov yerlarda, yo’l, ariq va zovur yoqalarida ko’p uchraydi. Yovvoyi suli- Avena fatua L. g’allasimonlar oilasiga mansub, popuk ildizli bir yillik begona o’t hisoblanadi. Ildizi tuproqqa 135-160 sm gacha kiradi. Poyasining balandligi 60-120 sm. Boshoqli don ekinlarining orasida ko’p o’sadi. O’simlik bahorda ko’karib chiqadi, iyun-iyul oylarida urug’lari pishib yetiladi. Urug’lar 20-30 sm chuqurlikdan ham unib chiqa oladi. Gullari mayda, oq. Mevasi-ko’p urug’li, cho’zinchoq ko’sakcha. Tuproqda urug’lar unuvchanligini 5 yilgacha saqlaydi. Mam-lakatimizning hamma yerlarida yovvoyi suli uchraydi. Download 113.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling