1. Sug’urta va uning kelib chiqish tarixi qanday kechgan


Download 293.5 Kb.
bet23/24
Sana16.01.2023
Hajmi293.5 Kb.
#1094747
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Cуғурта иши фанидан назорат вариантлари (3)

19-variant

      1. Shaxsiy sug’urtaning kelib chiqish tarixi qanday.

Shaxsiy sug‘urtaning, xususan uning ajralmas bo‘g‘ini bo‘lgan fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtasining joriy etilishi bir necha asrlik tarixga ega. 1541 yilda Yevropada mavjud bo‘lgan dengiz huquqi qoidalariga ko‘ra, kema egalari shu kema kapitanlarini baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashlari shart bo‘lgan. Shaxsiy sug‘urtaning ba’zi belgilari qadimgi rimliklarga ham ma’lum bo‘lgan. O‘sha paytda Diana va Antoni muxlislarining diniy jamiyati bo‘lgan. Unga a’zo bo‘lib kirgan shaxslar a’zolik badalini to‘lashgan. Jamiyat a’zolaridan vafot etganda uni ko‘mish bilan bog‘liq xarajatlar jamiyat hisobidan amalga oshirilgan va hatto, pul mablag‘larining muayyan qismi vafot etgan shaxsning merosxo‘rlariga berilgan.
1699 yil Angliyada shaxsiy sug‘urta bilan shug‘ullanadigan dastlabki sug‘urta tashkiloti barpo etilgan va u avvalo beva ayollar hamda yetim bolalarni sug‘urtasini amalga oshirgan. Bu jamiyatning nomi “Ekvatebl” deb atalgan. XVIII asrda esa Germaniyada suyak sinishi holatlaridan himoyalash bo‘yicha o‘zaro yordam uyushmalari tashkil etilgan. 1849 yili Angliyada temir yo‘llarda baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash bo‘yicha dastlabki «Railway Death Rassengers Company» nomli sug‘urta kompaniyasi tuzildi.Shaxsiy sug‘urta bo‘yicha sug‘urtalanuvchi sifatida har qanday yuridik va jismoniy shaxs bo‘lishi mumkin.Shaxsiy sug‘urta – bu inson hayotiga, uning mehnat qobiliyati va salomatligiga tahdid soladigan turli xavf-xatarlardan himoyalanishning muhim shakli. 1991 yilda O‘zbekistonning o‘z siyosiy va iqtisodiy mustaqilligini qo‘lga kiritishi hayotimizning barcha jabhalari qatorida sug‘urta sohasini ham bozor munosabatlari tamoyillariga mos ravishda rivojlanishi uchun sharoit yaratdi. To‘g‘ri, mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiyotda ro‘y bergan keskin o‘zgarishlar qisqa muddat bo‘lsada pulning qadrsizlanishiga, pirovardida, aholi turmush darajasining pasayib ketishiga olib keldi. Shubhasiz, bu holat shaxsiy sug‘urtaning aholi o‘rtasidagi ommaviyligiga putur yetkazdi. Natijada, bu sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta shartnomalari soni va sug‘urta mukofotlari miqdori kamaydi. Masalan, 1993 yilda shaxsiy sug‘urtaning alohida turi bo‘lgan hayot sug‘urtasi bo‘yicha jami 1770356 dona shartnoma tuzilgan holda bu ko‘rsatkich 1994 yilda 406864 donaga kamaygan.Bunday salbiy vaziyatni oldini olish va aholining shaxsiy sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini tiklash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholining omonotlardagi va davlat sug‘urtasi bo‘yicha pul mablag‘larini indeksatsiya qilish to‘g‘risida” 1995 yilning 20 dekabrida PF № 1327-son Farmoni qabul qilindi.

      1. Shaxsiy sug’urtaning qanday majburiy turlari mavjud.

Shaxsiy sug‘urta ixtiyoriy va majburiy shakllarda amalga oshiriladi.Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta turlariga quyidagilar kiradi:
· hayot sug‘urtasi;
· fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash;
· fuqarolarning sog‘lig‘ini va kasalliklardan sug‘urtalash;
· fuqaroni ma’lum yoshgacha yetishish sug‘urtasi;
· vafot etish holatidan uzoq muddatli sug‘urta;
· tibbiy sug‘urta;
· chet elga ketuvchilarni kasalliklardan sug‘urta;
· maktab o‘quvchilarini baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash.
Majburiy tarzda amalga oshiriladigan shaxsiy sug‘urta turlariga quyidagilar kiradi:
· yo‘lovchilarni baxtsiz hodisalardan majburiy sug‘urtalash;
· soliq organlari xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi;
· O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlarini baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasi.Majburiy davlat sug‘urtasini 2003 yil 1 yanvardan boshlab “O‘zbekinvest” eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi o‘tkazib kelmoqda. Ushbu sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta tarifi bir sug‘urtalanuvchiga bir yilga eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida belgilangan. 2005 yil 1 fevral holatiga bu summa 1306 so‘mni tashkil etadi (2004 yil 1 avgustdan eng kam ish haqi 6530,0 so‘m miqdorida belgilangan). Sug‘urta mukofotlari sug‘urtalanuvchi uchun respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.  Shaxsiy sug‘urtaning ixtiyoriy turlari bo‘yicha tarif stavkalari sug‘urta tashkiloti tomonidan bozordagi talab va taklif, mijozning yoshini hisobga olgan holda aktuar hisob-kitoblar asosida ishlab chiqiladi. Shaxsiy sug‘urtaning majburiy turlari bo‘icha tarif stavkalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq hukumat tomonidan belgilanadi. Sug‘urtalanuvchi majburiyatlari:
- sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan muddat va shartlarda sug‘urta mukofotlarini to‘lash;
- sug‘urtalangan shaxslarga sug‘urta shartnomasi shartlari to‘g‘risida ma’lumotlar berish.
Sug‘urtalovchining majburiyatlari:
- fuqarolarni baxtsiz hodisalardan ixtiyoriy sug‘urtalash qoidalari va sug‘urta shartnomasi shartlari bilan sug‘urtalanuvchini tanishtirish;
- sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan muddatda sug‘urta polisini berish;
3. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining qaysi moddasida shaxsiy sug’urta xususida nimalar deyilgan.
921-modda. Shaxsiy sug‘urta shartnomasi Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha bir taraf (sug‘urtalovchi) boshqa taraf (sug‘urta qildiruvchi) to‘laydigan, shartnomada shartlashilgan haq (sug‘urta mukofoti) evaziga sug‘urta qildiruvchining o‘zining yoxud shartnomada ko‘rsatilgan boshqa fuqaro (sug‘urtalangan shaxs)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan, u muayyan yoshga to‘lgan yoki uning hayotida shartnomada nazarda tutilgan boshqa voqea (sug‘urta hodisasi) yuz bergan hollarda shartnomada shartlashilgan pulni (sug‘urta pulini) bir yo‘la yoki vaqti-vaqti bilan to‘lab turish majburiyatini oladi.Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2017-yil 29-noyabrdagi 45-son “Sudlar tomonidan sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi.Shaxsiy sug‘urta shartnomasi kimning foydasini ko‘zlab tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs sug‘urta pulini olish huquqiga ega bo‘ladi.Agar shartnomada naf oluvchi sifatida boshqa shaxs ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shaxsiy sug‘urta shartnomasi sug‘urtalangan shaxs foydasiga tuzilgan hisoblanadi. Boshqa naf oluvchi ko‘rsatilmagan shartnoma bo‘yicha sug‘urtalangan shaxs vafot etgan taqdirda, sug‘urtalangan shaxsning merosxo‘rlari naf oluvchilar deb tan olinadi.Sug‘urtalangan deb hisoblanmaydigan shaxs foydasiga, shu jumladan sug‘urtalangan shaxs hisoblanmaydigan sug‘urta qildiruvchi foydasiga shaxsiy sug‘urta shartnomasi faqat sug‘urtalangan shaxsning yozma roziligi bilangina tuzilishi mumkin. Bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda, shartnoma sug‘urtalangan shaxsning da’vosi bo‘yicha, bu shaxs vafot etgan taqdirda esa, uning merosxo‘rlari da’vosi bo‘yicha haqiqiy emas deb topilishi mumkin.922-modda. Majburiy sug‘urta 923-modda. Majburiy sug‘urtani amalga oshirish 924-modda. Majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi qoidalarni buzish oqibatlari
925-modda. Sug‘urtalovchi 926-modda. Sug‘urta shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning sug‘urta qildiruvchi va naf oluvchi tomonidan bajarilishi 927-modda. Sug‘urta shartnomasining shakli 928-modda. Bosh polis bo‘yicha sug‘urtalash 956-modda. Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta pulini to‘lash Shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli, ijtimoiy sug‘urta, ijtimoiy ta’minot bo‘yicha, boshqa sug‘urta shartnomalari bo‘yicha yoki zararni qoplash tartibida sug‘urta qildiruvchiga, sug‘urtalangan shaxsga yoki naf oluvchiga tegishli summalardan qat’i nazar, shartnoma kimning foydasiga tuzilgan bo‘lsa, o‘sha shaxsga to‘lanadi. Ushbu Kodeks 921-moddasining uchinchi qismi asosida shaxsiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan shaxsning merosxo‘rlariga to‘lanadigan sug‘urta puli sug‘urtalangan shaxsning merosi tarkibiga kirmaydi.



Download 293.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling