1. Sug’urta va uning kelib chiqish tarixi qanday kechgan
ma’naviy etkazilgan zarar
Download 293.5 Kb.
|
Cуғурта иши фанидан назорат вариантлари (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi
ma’naviy etkazilgan zarar va (yoki) boy berilgan foydaning o‘rnini qoplash bo‘yicha majburiyatning yuzaga kelishi;
transport vositasidan maxsus ajratilgan joylarda musobaqalar, sinovlar yoki o‘quv haydovi davomida foydalanishda zarar etkazilganligi; atrof muhitning ifloslanishi; tashilayotgan yuk ta’sirida zarar etkazilishi, agar bunday javobgarlik majburiy sug‘urtaning tegishli turi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy sug‘urta qilinishi kerak bo‘lsa; xodimlar xizmat yoki mehnat majburiyatlarini bajarayotganida ularning hayoti yoki sog‘lig‘iga zarar etkazilishi, agar bu zararning majburiy sug‘urtaning tegishli turi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq qoplanishi lozim bo‘lsa; xodimga zarar etkazilganligi tufayli kelib chiqqan zararning o‘rnini ish beruvchi tomonidan qoplash bo‘yicha majburiyati; 14-variant O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan uning mazmun mohiyati. O’zbekiston Respublikasining “Sug’urta faoliyati to’g’risidag”gi Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 15 iyunda qabul qilingan. Senat tomonidan 2021 yil 27 avgustda ma’qullangan. Ushbu qonunning maqsadi sug’urta faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu qonun davlat ijtimoiy sug’urtasi va davlat tibbiy sug’urtasi bilan bog’liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qo‘llanilish sohasi Ushbu Qonunning maqsadi sug‘urta faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonun davlat ijtimoiy sug‘urtasi va davlat tibbiy sug‘urtaci bilan bog‘liq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 2-modda. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. „Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida“gi qonunning qabul qilinishi (2002), Prezident farmoni bilan 2002- yil 1- fevralidan boshlab sug‘urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Sug’urtaga bo’lgan talab qanday aniqlanadi. Sug‘urtalanuvchining riskni o‘z zimmasiga olmoqchi bo‘lgan sug‘urta tashkiloti tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va majburiyatlari bajarilishi darajasi, uning moliyaviy imkoniyatlarini bilishi sug‘urta xizmatini ko‘rsatuvchi subyektni to‘g‘ri tanlash imkoniyatini yuzaga keltiradi. Jismoniy shaxslar tomonidan ham bunday ma’lumotlar o‘rganib chiqilishi ahamiyatlidir. Sug‘urta xizmatini ishlab chiqarish bilan taqqoslab o‘rganish orqali ular o‘rtasidagi tafovutni anglab olish mumkin. Ishlab chiqarish bosqichlari quyidagicha tasniflanadi: «moddiy-texnik ta’minot — ishlab chiqarish jarayoni — sotish». Odatda, «oddiy» ishlab chiqarishda omillar sotib olinib, qayta ishlanib, tovarga aylantirilib, so‘ngra sotuvga chiqariladi. Bu tasnif sug‘urta faoliyatiga mos tushmaydi va bunday ketma-ketlik uning uchun xarakterli emas. Xuddi boshqa ishlab chiqaruvchi subyektlar singari sug‘urta tashkiloti ham ishlab chiqarish omillarini xarid qilsa-da, unda xizmat ko‘rsatishning davriy ketma-ketligi farqlidir. Sug‘urta xizmati mijozning talabiga ko‘ra, uni omillar bilan ta’minlashdan boshlanadi. Bu omillar, albatta, o‘zida riskni namoyon etadi. Agarda risk omili mavjud bo‘lmasa, sug‘urta faoliyati uchun talab yuzaga kelmaydi. Sug‘urta faoliyatidan farqli ravishda xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarda «ishlab chiqarish» va «iste’mol» tushunchalari o‘zaro mos keladi. Sug‘urta faoliyatida esa, xizmatning «ishlab chiqarish» konsepsiyasi keng ma’noda qo‘llaniladi, unda «iste’mol» mijoz tomonidan biron-bir aniq mulkka egalik qilishini anglatmaydi. Haqiqatda, mijoz polisni sotib olishi bilanoq, sug‘urta xizmatidan foydalanishi nisbiydir. Bunda yuz berishi ehtimol bo‘lgan risk bo‘yicha javobgarlik «mijozdan sug‘urtachiga» o‘tkazilganligi kuzatiladi. Sug‘urta tashkilotlari tomonidan taklif etilayotgan yuz berishi ehtimol bo‘lgan riskdan sug‘urtalash doimiy takomildagi xizmat bo‘lib, u ko‘p jihatdan mijozning talab va istaklariga bog‘liqdir. Demak, sug‘urta xizmati darajasining qandayligi o‘ziga xos takomillashuv an’anasiga ega bo‘lib, u mahsulot ishlab chiqarishdan farqlidir. Bu farqlilik quyidagi oqibatlarni keltirib chiqaradi: — birinchidan, me’yoriy va samarali ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun zaxira fondidan foydalanish orqali talabning o‘zgaruvchanligini muvofiqlashtirish imkoniyati mavjud emas. Bunday talabga javob berish uchun uning eng yuqori darajasida ham unga muvofiq ravishdagi ishlab chiqarish zaxiralari mavjudligini ta’minlash muhim bo‘lib, u universal zaxiralar tizimini yaratish yoki talabni boshqarish usulini joriy etish zaruratini keltirib chiqaradi. Bu muammo sug‘urta tashkilotlari uchun birmuncha murakkab kechadi. Mazkur murakkablik polislarni boshqarish, sug‘urta hodisasi yuz berganligini tekshirish va uning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan sug‘urtalanganlarga sug‘urta qoplamasining to‘lanishida namoyon bo‘ladi; — ikkinchidan, mijoz to sug‘urta xizmatidan foydalanguniga qadar sug‘urta tashkiloti va uning imkoniyatlari darajasi to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishi muhimdir. Bu holat, o‘z navbatida, mazkur xizmatni taklif qilish hamda uni ko‘rsatish jarayonlarida sug‘urtachidan qator tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. Sug‘urta xizmatidan foydalanishda sug‘urta tashkilotining kafolati qandayligi mijoz uchun yaratilgan imkoniyatdarajasi bilan o‘lchanadi. 3. Sug’urta riskining boshqarilish ko’rinishlari. Sug'urta munosabatlarining asosiy o'ziga xos belgilaridan biri bu,sug'urta riskining mavjudligi. Riskayrimadabiyotlarda “tavakkalchilik”, “tahlika” deb tushuntiriladi.Risk o'z hajmiga, miqdoriga va ko'lamiga ega bo'ladi. Uning xajmi, miqdori ehtimollar nazariyasi va matematik statistika va moliyaviy matematika usullari yordamida aniqlanadi. Risklarni sug'urtaviy va sug'urtasiz guruhlarga bo'lishimiz mumkin. Sug'urta shartnomalarida sug'urtaga olinadigan risklar sug'urtaviy risklar deyiladi. Sug'urtaviy risklar me’yori va miqdori baholanadi. Risk bahosi pulda ifodalanishi sug'urta stavkasini tashkil etadi. Risk doimiy ko'rsatkich emas, balki u doimo o'zgarib turadi. Bu o'zgarishlar iqtisoddagi va boshqa sohadagi o'zgarishlar bilan chambarchas bog'liqdir.Riskning eng katta guruhini sug'urtalanishi mumkin bo'lgan risklar tashkil etadi. Quyida keltirilgan mezonlar asosida sug'urta riskini sug'urtasiz risklardan farq qilish mumkin: — riskning ro'y berishi tasodifiy xarakterga ega bo'lmog'i zarur; — sug'urta hodisalarini ro'y berish vaqti va maqonining noma’lum bo'lishi. — Xavf solish manbasiga ko'ra risklarni tabiatning stixik kuchlari bilan bog'Uq risklar va moddiy boylikni o'zlashtirish oqibatida insoniyatni tabiatga ta’siri bilan bog'liq risklar toifalariga bo'lishi mumkin. Risklami turkumlashda katta halokatli risklar alohida o‘rin tutadi. Chunki bunday risklar ro‘y berishi natijasida ko'plab sug'urta obyektlari yirik miqdorda zarar ko'rishi mumkin. Bunday halokatli risklarga zilzila, sunami, kuchli shamol, sel kelishi, suv toshqini, qor ko'chishi misol bo'lishi mumkin. Riskni baholashda uning holatlari aniqlanadi va ular guruhlarga ajratiladi. Ularning ehtimoliyligi aktuar hisob-kitoblar, statistic kuzatuvlar, ehtimollar nazariyasi asosida baholanadi va sug'urta tariff stavkalari belgilanadi. Sug'urtaga olingan risklar sug'urta tashkilotlari tomonidan tazorat qilinadi. U sug'urta kompaniyasi tomonidan kuzatuv ishlarini olib borish orqali bajariladi. Risklami boshqarish ma’lum miqdorda uni moliyalashtirishni talab qiladi. Riskni moliyalashtirish — bu risklami aniqlash, ulami baholash va nazorat qilish bilan bog'liq barcha xarajatlami qoplashdir. Sug'urtalanuvchi sug'urtalangan shaxsni almashtirish, naf oluvchini almashtirish, sug'urta riskining o'zgarishiga ta’sir etuvchi omillaming o'zgarishi, sug'urtalangan mulkka bo'lgan huquqlaming boshqa shaxsga o'tganligi holati va boshqa shunga o'xshash holatlarda sug'urta shartnomasini qayta rasmiylashtirish to'g'risidagi ariza bilan aynan sug'urtalovchiga murojaat etadi. Sug'urtalovchi sug'urta hodisasi sodir bo'lganligi to'g'risidagi da’voni va sug'urta dalolatnomasini tuzuvchi shaxs hisoblanadi.Sug'urta riskining oshishiga ta’sir ko'rsatuvchi omillarning o'zgarishi natijasida sug'urta shartnomasini qayta rasmiylashtirish. Download 293.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling