O‘rgatuvchi ekspert tizimlari foydalanuvchilarga berilgan sohada tashxis qo‘yish va tahlil etish
imkoniyatini berishi lozim. Bunday tizimdan bilim va xatti-harakat to‘g’risidagi farazni yaratish,
tegishli ta’lim uslubini va harakat usullarini aniqlash talab etiladi.
Ekspert tizimini yaratishda kamida uchta muammo yuzaga keladi:
•
xotiraga kiritiladigan axborotning yetarli darajada to‘liq bo‘lishini ta’minlash. Bu eng asosiy
bilimlarini ajratish va ma’lumotlar tuzilmasida ularning o‘zaro aloqasini o‘rnatish, shuningdek,
kodlashtirishning bunday tizimini yaratish va foydalanishni talab etadi;
•
ekspert tizimi faoliyati sifatining samarali bahosini olish va tegishli mezonlarni ishlab chiqish.
Qiyinchilik shundaki, mutaxassislar bilimi — bu shunchaki ma’lumot va faktlar yig‘indisi emas. Ayrim
elementlar munosabatini tasavvur etish uchun aloqalar qonuniyatlarini hisobga olishga formal urinish
tizimni o‘ta darajada «keskin» qilib qo‘yadi va u yangi elementlarni qo‘shish uchun «yopiq» bo‘lib
qoladi;
• yechiladigan masala tuzilmasining ehtimollik xususiyati va bilimlarning uyg‘unlashuvi tufayli
ishonchsiz natijalar olish mumkinligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |