Ma’lumotlar bazasi. Avtomatlashtirilgan ofisdagi ma’lumotlar bazalari tashkilotning ishlab chiqarish tizimi, shuningdek tashqi muhit haqidagi ma’lumotlarini jamlaydi.
Ma’lumotlar bazalaridan axborot matnli protsessor, jadval protsessori, elektron pochta, kompyuter konferensiyasi kabi kompyuter ilovalarining kirishiga kelib tushadi. Har qanday avtomatlashtirilgan ofisning kompyuter ilovasi tashkilot xodimlarining bir-biri bilan aloqasini ta’minlaydi.
Ma’lumotlar bazalaridan axborot olishda uzatish, nusxalash, saqlash uchun nokompyuter texnik vositalardan foydalanish mumkin.
Ko‘pgina shaxsiy kompyuterlar uchun integrallashtirilgan va ixtisoslashtirilgan dastur paketlari turli funksiyalarga «menyu» (imkoniyatlar ro‘yxatlari va tanlash parametrlari) orqali kirishni ta’minlaydi.
Muassasa faoliyatida u yoki bu hujjatlarning shakllanishigina emas, tashkilot ichi ma’lumotlar oqimining taqsimlanishi ham katta ahamiyatga ega. Muassasa mehnatini avtomatlashtirish tizimining rivojlanishi elektron pochta, telekonferensiya, videoteka kabi turli elektron aloqa vositalarining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |