1. Suniy intelekt va ekspert tizimi tushunchalari Ekspert tizimlarining instrumental vositalari


  Boshqaruv faoliyatida axborot texnologiyalari


Download 36.93 Kb.
bet15/17
Sana05.01.2022
Hajmi36.93 Kb.
#219827
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
7-mavzu infor

3.   Boshqaruv faoliyatida axborot texnologiyalari 
 
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, rahbar intellektual ish uchun o‘z ish vaqtining 29%ini sarflar ekan, 
qolgan  qismidan  esa  (71%)  samarasiz  foydalanadi.  Boshqaruv  qarorini  qabul  qilish  uchun  katta 
hajmdagi ma’lumotlarni (faktografik, statistik, iqtisodiy, ilmiy, siyosiy va hokazo) qayta ishlash natijasi 
bo‘lgan axborot zarur. O‘sib kelayotgan axborot oqimi tufayli va murakkab boshqaruv mexanizmining 
elementi sifatida muassasa xodimining strategik qarorlarni tayyorlash va qabul qilishga vaqti qolmaydi. 
70-yillar o‘rtalarida avtomatlashtirilgan tizim qiyofasi shakllangan vaqtda (korxonalar, tarmoqlar 
uchun ABTlar kabi) tashkiliy boshqaruv uchun xos bo‘lgan axborotni birinchi marta qayta ishlash bilan 
ma’lumotlarni  yig‘ish  vazifasi  avtomatlashtirilgan.  Odatda  kichik  ma’muriy  xodimga  yuklatiladigan 
reglamentlashtirilgan  ommaviy  eski  operatsiyalar  avtomatlashtirilgan.  Maxsus  bilim  talab  etiladigan 
o‘rta va katta boshqaruv xodimining ishi esa avtomatlashtirilmay qoldi. 
Bu  shu  bilan  bog‘liq  ediki,  qaror  qabul  qilish  ishi  nisbatan  moslashuvchan  va  kuchli  dasturiy 
ta’minot  va  qat’iy  vaqtinchalik  cheklashlarni  talab  qiladi.  Yangi  axborot  texnologiyalari,  jumladan 
kuchli hisoblash resurslariga ega personal kompyuterlar ma’lum ma’noda mavjud sharoitni o‘zgartiradi. 
Ma’muriy  boshqaruv  sohasiga  nafaqat  qarorlar  qabul  qilish  kiradi,  shu  bilan  birga  yangi 
hujjatlarni rasmiylashtirish, boshqaruv obyektining hozirgi holati bo‘yicha hisobotlar, ma’lumotnomalar 
bilan  bog‘liq  idora  faoliyati  (idora  deganda  har  qanday  tashkilot,  uning  bo‘limlari,  muassasa,  institut, 
vazirlik va hokazo nazarda tutilmoqda) ham muhim o‘rin egallaydi. Mazkur faoliyatni avtomatlashtirish 
yangi  axborot  texnologiyalari  asosida  ma’lumotlarni  qayta  ishlash,  saqlash  va  qidiruvni  amalga 
oshiradigan «elektron ofis» konsepsiyasining paydo bo‘lishiga olib keldi. 

Download 36.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling