Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar majmuining ketma-ketligini ko‘rib chiqishga olib boradi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etilsa, ma’lum xatti-harakatlar bajarilsa foydalanuvchiga
ham uning muammolarini yechish variantlari taqdim etiladi.
Bundan tashqari ko‘pgina ekspert tizimlarida quyidagi qo‘shimcha bloklar kiritiladi: ma’lumotlar
bazalari, hisob-kitob bloki, ma’lumotlarni kiritish va tuzatish bloki.
Hisob-kitob bloki boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq holatlarda zarur bo‘ladi. Ayni
paytda reja, jismoniy, hisob-kitob, hisobot va boshqa doimiy hamda tezkor ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga
olgan ma’lumotlar bazalari muhim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlarni kiritish va tuzatish blokidan
ma’lumotlar bazasidagi joriy o‘zgarishlarni tezkor va o‘z vaqtida aks ettirish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |