1 sun’iy intellekt tizimlari


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana19.07.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1661009
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Suniy intellekt tizimlari.docx

ko‘rsatish lozim 
1. Masalani hal qilish jarayoni haqidagi 
bilimlar 
(interpretator 
foydalanadigan 
boshqaruvchi bilimlar). 
2. Muloqot tili va dialogni tashkil qilish 
usullari (lingvistik prosessor foydalanadigan) 
haqida bilimlar. 
3. Bilimlarni taqdim etish va modifikatsiya 
qilish usullari (bilimlarni olish komponenti 
foydalanadigan) haqida bilimlar. 
4. 
Boshqaruv(izohlovchi 
tarkibiy 
qism 
foydalanadigan) 
va 
tuzilmani 
qo‘llab-
quvvatlovchi bilimlar. 
5.Tashqi atrof bilan o‘zaro ta’sir usullari 
haqida bilimlar 
6. Tashqi dunyo modeli haqida bilimlar. 
1. 
Bilimlarni 
ajratib 
olish 
quyidagicha 
aniqlanadi:
a) muammoli muhit;
b) ekspert tizim arxitekturasi;
v) 
foydalanuvchilarning 
maqsadlari 
va 
ehtiyojlari;
g) muloqot tili bilan. 
2. Bilimlarni tuzishning tanlangan modeliga 
muvofiq.
3. Ma’lum rasmiyatchilik asosida. 
Bilimlar maydonini shakllantirish. Ushbu fanning bilim sohasi (ma’lum bir 
bilimlar 
sohasi 
doirasiga 
tegishli 
yechimi 
topilayotganmasalalar 
sinfi) 
mutaxassislariga dastavval obyektlar va ular o‘rtasidagi munosabatlarni “so‘zda” 
shakllantirish, so‘ng mazkur axborotni mashinaga tushunarli bo‘lgan rasmiy tilga 
o‘tkazishni tavsiya qiladilar. 
Bilimlar maydonini shakllantirishning verbal darajasi 
1. 
Avval kirish va chiqish ma’lumotlari aniqlanadi. Bunda to‘xtab 
qolmaslik lozim, bu ma’lumotlar ish jarayonida aniqlashtiriladi. 
2. 
Keyingi bosqich – atamalar lug‘ati va ularga tegishli izohlarni 
shakllantirish. Qo‘llaniladigan barcha atama va tushunchalarga to‘liq aniqlik 
kiritish talab etiladi. Lug‘at (glossariy) ish jarayonidato‘ldiriladi va talab 
etilgandan kattaroq bo‘lib ketishidan xavotir olmaslik kerak. 
3.Tizim ishlashi uchun kerak bo‘lgan obyekt va tushunchalarni lug‘atdan 
aniqlash, qolgan ma’lumotlar va tushunchalarni bilimlar bazasining 



foydalanilmaydigan qismiga o‘tkazish mumkin. Bu bosqichda berilgan predmet 
sohasi uchun tushunchalar (konseptlar) va atamalar to‘plami yetarli bo‘lishini 
ta’minlash zarur. 
Tushuncha yoki konsept – ma’lum sinfdagi predmetlarni o‘ziga xos 
xususiyatlari bo‘yicha umumlashtirishdir. Tushunchalarni aniqlab topish usullari 
timsollarni matematik apparatda aniqlashga asoslangan an’anaviy usullarva 
noan’anaviy usullarda bo‘ladi. Oxirgilarini pragmatik muhim xususiyatlar asosida 
har bir masala uchun alohida aniqlash zarur. Bundan tashqari, ko‘pgina 
tushunchalar munosabatlarga bog‘liq va aloqalarsiz anglash qiyin.
4. Tushunchalar orasidagi aloqalarni aniqlash. Birinchi navbatda, ustunlik 
qilayotgan aloqalarni, keyin esa unchalik muhim bo‘lmaganlarini ajratish lozim. 
Aloqalar yo‘nalishi hamda ularning o‘ziga xosligini belgilash muhim (vaziyatli, 
assotsiativ, funksional). 
Aloqalar odatga ko‘ra tushunchalar aniq bo‘lgandan keyin kiritiladi. 
Zamonaviy tizimlarda tushunchalar va aloqalarni ajratish murakkab bo‘lishini 
hisobga olib, ssenariylar – tushunchalar va aloqalarning birlashmasi – kiritiladi. 
Ssenariylar sahna va parchalarga (chunks) bo‘linadi. Aloqalarni norasmiy aniqlash 
usullari ularni aniqlashning uslubiyati bilan bog‘liq va har xil bo‘lishi mumkin. 
Rasmiylari – tizimning o‘zi bilan aniqlanadi. 
5. Hamma tushunchalarni metatushunchalargacha sintez qilish va ularning 
tarkibiy qismlari (tafsilotlar)ni aniqlash uchun tahlil qilish kerak. Barcha 
tushunchalarni umumlashtirish darajasiga ko‘ra tuzilmalashtirish kerak.
6. Keyin bilimlar piramidasi quriladi – iyerarxik zina – yuqoriga 
chuqurlashtirish va abstraksiyani orttirish. 
Metatushunchalarga o‘tish ekspertlar bilan birga amalga oshirilishi zarur. 
Sintez jarayoni juda murakkab tadbir ekanligini va faqat mutaxassislar qo‘lidan 
kelishini unutmaslik kerak. 
7. Munosabatlar ham vertikal ham gorizontal bo‘lishi kerak. Barcha 
aloqalarga nom beriladi va ular tuzilmalashtiriladi. 


10 
8. Endi qarorlarni qabul qilish strategiyasini rasmiylashtirishga o‘tish 
mumkin. Verbal strategiya tuzilmalashtirilgan tushunchalar va aloqalar tilida qayta 
rasmiylashtiriladi. Olingan dinamik tizim – bu bilimlar maydonidir. 
Bilimlar maydonining tuzilmasini vizuallashtirishga erishish juda katta 
samara beradi. Unda aloqalar topologiyasi va xususiyatlari haqida yangi g‘oyalar 
paydo bo‘ladi. Vizuallashtirish ham gipermatn, ham ko‘p o‘lchamli graflar 
yordamida o‘tkazilishi mumkin, faqat qatnashchilar chizmani yaxshi anglashlari 
kerak bo‘ladi. 
9. Yakunlashbosqichida ortiqcha qismlar va aloqalar olib tashlanadi, 
tizimning ishlash jarayoni tekshiriladi, barcha tafsilotlar aniqlab olinadi.
Bilimlarni muammoli masalalar (muammoli muhit) o‘ziga xosligidan 
hamda 
foydalanuvchilarning 
ehtiyojlaridan 
kelib 
chiqib 
aniqlanadi. 
Tuzilmalashtirish ekspert tizimining arxitekturasi, shakli va muloqot tili bilan 
bog‘liqdir. Bilimlarni izohlanadigan (predmetli, boshqaruv va tasavvur haqida 
bilimlar, umuman interpretator deb atalmish mashinaning hisoblash bloki 
izohlaydigan barcha bilimlar) va izohlanmaydigan (ular o‘z o‘rnida, 
yordamchilarga, ya’ni muloqot tili leksikasi va grammatikasi, diallog tuzilmasi va 
qo‘llab-quvvatlovchilarga, o‘z navbatida,ular texnologiklarga – muallif haqida 
ma’lumotlar, ularni kiritish sanasiga bo‘linadi va semantik, ya’ni ularning 
mo‘ljallanishi, ishlatish usuli va beradigan samarasi haqida ma’lumotlar)ga bo‘lish 
foydadan xoli emas. Izohlanadigan predmet bilimlari – bu tavsiflovchi (qo‘llanish 
sohasi, predmet bilimlarida aniqlik darajasi) va predmet bilimlarning o‘zidir (bu 
dalillar – predmet sohasining mazmuni va tavsiflari hamda ishlov berish 
tadbirlarini ifodalovchi ijro etiladigan tasdiqlar). Boshqaruv bilimlari (to‘plovchi – 
obyektlar yoki gipotezalarni tekshirishda foydalanish mumkin bo‘lgan qoidalar va 
hal qiluvchi – strategiya va evristikalarni tanlash uchun, bunda birinchi variantda 
ishchi xotira qismlariga, ikkinchisida – bilimlar bazasining qoidalariga tegishli) va 
tasavvur haqida bilimlar (ma’lumotlar bazasida tasavvur qilish darajalari va ishchi 
xotiradagi tafsilotlari bo‘yicha bilimlarni tashkil etish uchun) mavjud. Tasavvur 
haqidagi bilimlar ba’zan metabilimlar deb ham ataladi.


11 
Ekspert tizimini yaratish tamoyillari. Ekspert tizimini yaratishda “tez 
prototip” deb atalmish konsepsiya bo‘yicha ish ko‘riladi. Mazkur konsepsiyaga 
binoan tugallangan tizim yaratishga birdaniga urinish kerak emas, faqat uning 
prototipini oqilona qurish lozim. Bunda prototip quyidagi talablarga javob berishi 
kerak: ilovaning tipik (odatiy) masalalarini yechishga, bunda ularni ishlab chiqish 
vaqti va qiyinchiligi unchalik katta bo‘lishi kerak emas. Bu bilimlarni to‘plash va 
tartibga solish (ekspert tomonidan) jarayonlarini dasturiy vositalar (ishlanmalar) 
tanlash jarayoni bilan (dasturchi va bilimlar bo‘yicha muhandis) sinxronlash kerak. 
Muvaffaqiyatsizlikda umuman yangi prototip ishlanmasi talab etilishi yoki ishlab 
chiqaruvchilar ushbu ilovaga ekspert tizimining mutlaqo to‘g‘ri kelmasligi haqida 
xulosaga kelishlari mumkin. Prototipni, ya’ni tizimning qisqartirilgan versiyasini 
bir necha qoida, tasavvur va misollar yordamida tuzish mumkin. Keyin esa 
muammoni identifikatsiya qilish, bilimlarni olish, bilimlar maydonini tuzish 
(shakllantirish), rasmiylashtirish (bilimlarni taqdim etish tilidagi bilimlar bazasi), 
prototipni amalga oshirish va test o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Tijorat bosqichida 
namoyish qilish, tadqiqot va harakat prototiplari ko‘zda tutilib, ular ketma-
keto‘tkaziladi.Sanoat va tijorat prototiplari faqatgina oldingi uchtasidan keyin 
paydo bo‘lishi mumkin. Ekspert tizimi: interpretator (masalani yechadi); ishchi 
xotira (IX) (ba’zan ma’lumotlar bazasi MB deb ham ataladi), bilimlar bazasi (BB), 
bilim olish bloki, izohlovchi tarkibiy qism, dialogli blokdan iborat. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling