1. Suvda o’ynaladigan harakatli o’yinlar. Suvda о ‘tkaziladigan о yinlar: «Suvda quvlashmachoq»


Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik


Download 69.75 Kb.
bet2/12
Sana22.10.2023
Hajmi69.75 Kb.
#1715287
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1. Suvda o’ynaladigan harakatli o’yinlar. Suvda о ‘tkaziladigan

2. Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik.
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy tamoyili jismoniy madaniyat va sportning kishilar mehnati va mudofaa faoliyati bilan aloqasi hisoblanadi. Amaliyotda jismoniy madaniyat va sportdan mehnatni ilmiy tashkil qilishda (MIT), kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (KAJT) va harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik (HÀJT) deb ataladigan shakllardan foydalaniladi.
Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan:
— o‘quvchilarning mehnat operatsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun ularga zarur jismoniy sifatlar to‘g‘risida, kasb haqida amaliy bilimlarni o‘rgatish;
— o‘quvchilarda bo‘lajak mutaxassislikning ishlab chiqarish mehnatiga ta’sir ko‘rsatadigan harakat, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
— ularda jismoniy va ruhiy sifatlarni tarbiyalashga, mehnat operatsiyalarini hamda kasbni tez o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatish;
— ishlab chiqarishda toliqishning oldini olish, kuchlarni tez va to‘liq tiklash uchun faol dam olish vositalaridan foydalanishga o‘rgatish;
— hayot faoliyati, mehnat operatsiyasi jarayonida kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlikni oshira borib, ishlayotganlar o‘rtasida ishlab chiqarish shikastlanishining oldini olish.
O‘rta maxsus o‘quv muassasalarining jismoniy tarbiya dasturida o‘quvchilarni KAJTning nazariy asoslari bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan. Chunonchi, ularni ayrim kasbiy-amaliy jismoniy mashqlarga o‘rgatish, asosiy jismoniy sifatlarni o‘zida tarbiyalash hamda ularni kasbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha oddiy musobaqalarda qatnashishga tayyorlash shular jumlasidandir.
KAJTning vazifalarini tushunishda kerakli bilim, ko‘nikma va malakani egallash, ularni amaliyotda samarali qo‘llash, mutaxassislarning mehnat sharoitlarini oqilona tahlil qilish, ularning jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan talablarini o‘rganish muhim hisoblanadi.


Mutaxassislar mehnat sharoiti va ularning jismoniy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar
Har xil mehnat turlariga tavsif berganda uning jismoniy og‘irligi va asab-ruhiy tizimga ko‘rsatgan ta’siriga e’tibor qaratiladi. Mehnatning jismoniy og‘irligi deganda ish vaqtida jismoniy zo‘r berish hajmining yig‘indisi tushuniladi. Mehnatning asabruhiy zo‘riqishi deb ish bajarish paytidagi emotsional yuklama darajasiga aytiladi. Mehnatning asab-ruhiy zo‘riqishi aqliy va jismoniy turlarga ajratiladi. Mehnatning bu ikki asosiy turi uchinchi — aralash mehnat turini keltirib chiqaradi.
Jismoniy og‘ir mehnatga kon qazuvchi va po‘lat quyuvchilarning kasblarini namuna qilib ko‘rsatish mumkin. Bu mehnat faoliyati zamirida sezilarli muskul zo‘riqishi yotadi. Og‘ir jismoniy mehnat turiga, shuningdek, yengil atletika, velopoyga, og‘ir atletika, chang‘i sporti va boshqalar ham kirishi mumkin.
Aqliy mehnat turiga hisobchi xodimlar, EHM operatorlari va dastur tuzuvchilar, olimlar, ijodkor kishilar va boshqalarning mehnatini kiritish mumkin. Shunga qaramay ularning faoliyatida to‘liq yoki qisman jismoniy mehnat komponenti ishtirok etadi.
Texnika taraqqiyoti bilan og‘ir ishlab chiqarish mehnati ko‘proq har xil mexanizmlar zimmasiga yuklatilmoqda, insonga esa aksariyat hollarda boshqarish va nazorat qilish vazifasi qolyapti. Ishlab chiqarish avtomatlashgani sari inson mehnati jarayonida jismoniy yuklama doimiy ravishda kamayib bormoqda. Biroq hali ham yordamchi ishchilar, boshqaruvchilar, montajchilar, jihozlarni ta’mirlovchilarning jismoniy mehnat hissasi yetarlicha yuqori. Shunga qaramay, avtomatika, robot texnikasining rivoji inson ruhiy zo‘riqishi barqarorligini, ishlab chiqarishning ilgarilashi to‘g‘risidagi katta axborot oqimini o‘rganishni, tez qabul qilishni talab qilmoqda.
Bajariladigan jismoniy ishning hajmi va quvvatini hisoblashda har xil o‘lchov birligi qo‘llaniladi: ko‘tariladigan yuk massasi, bosib o‘tilgan yo‘l, ishga sarflangan vaqt va boshqalar. Inson bajargan ishni aniqlashning aniq va ilmiy asoslangan maxsus usullari, uning ish qobiliyatiga yarasha tavsiyalar berilgan va joriy qilingan. Buning uchun YQT yoki tomir urish ko‘rsatkichlari yig‘indisi vaqt birligida organizmning kislorod iste’mol qilishi va butun ish davrida mazkur ishga sarflanadigan energiya
(kkal), KDJ va boshqalarda o‘lchanadi. Ushbu metodlar yordamida olingan natijalar jismoniy mehnatning og‘irligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Bajarilgan mehnat shartli ravishda juda yengil, yengil, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir va o‘ta og‘ir ishlarga bo‘linadi. Masalan, juda yengil mehnat umumiy va sutkalik energiya sarfini talab qiladi, bu asosiy modda almashuvining (2300 kkal atrofida) o‘rtacha miqdoridan oshadi, YUT esa oshmaydi, odatda, bir daqiqada u 80 zarbadan yuqorini tashkil qiladi. Bundan farqli o‘laroq, juda og‘ir jismoniy mehnat sutkalik energiya sarfini 4000 dan 6000 kkal gacha, ayrim holatlarda esa bundan ham yuqori bo‘lishini talab etadi. Bunday paytlarda YUT eng ko‘p miqdorda bo‘ladi, ya’ni bir daqiqada 180–200 zarbaga yetadi. Bunday ishni yaxshi mashq qilgan kishilargina bajarishlari mumkin, o‘shanda ham uzoq vaqt davomida emas.
Jismoniy mehnatning og‘irligini o‘lchash yoki baholash nisbatan yengil bo‘lsa, aqliy mehnatning emotsional-ruhiy zo‘riqishini o‘lchash va tasniflash hiyla og‘ir. Bu o‘rinda ishlab chiqarishning borishi to‘g‘risidagi katta axborot oqimini, ya’ni jismoniy ishni o‘lchash paytida foydalaniladigan fikrlash usullarini qo‘llab bo‘lmaydi. Buni faqat YUT ni o‘lchash orqali bilish mumkin. Misol uchun uchuvchi-sinovchi yangi samolyotda bir soatlik uchishda 3 kg dan 4 kg gacha vazn yo‘qotadi, uning yurak urishi keskinlashib, bir daqiqada 200 zarbaga yetadi. Og‘ir jismoniy mehnat paytlarida ham bunday holat yuz bermaydi.
Mehnatning aralash turlari —bu (zamonaviy ishlab chiqarishda ko‘pchilikni tashkil qiladi) inson organizmiga jismoniy og‘irlik yoki asab-ruhiy zo‘riqish ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lib, unga, ko‘pincha, o‘rta bo‘g‘indagi mutaxassislar hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar bilim yurtlari o‘quvchilari mehnati kiradi.
Mutaxassislar mehnat sharoiti va ular boshdan kechiradigan zo‘riqishlarga bir qator misollar keltiramiz.



Download 69.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling