1. Suvning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. Suv resurslari zahirasi va ularning geografik joylashishi


Download 22.52 Kb.
bet2/3
Sana09.05.2023
Hajmi22.52 Kb.
#1449329
1   2   3
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligida sug\'orish va suv resurslaridan foydalanish yo\'llari

Gidrosferaning qismlari

Chuchuk suvning hajmi (km.kub)

Chuchuk suvning umumiy hajmiga nisbati, (%)

Muzlilar

24 000 000

85

Yr osti suvlari

4 000 000

14

Ko`llar va suv omborlari

155 000

0,6

Tuproqdagi namlik

83 000

0,3

Atmosferadagi suv bug`lari

14 000

0,05

Daryo suvlari

1200

0,04

Jami:

28 253 200

100,0

Jadvaldagi ma'lumotlardan ko`rinishcha chuchuk suvning katta zahirasi tabiiy muzliklarda to`plangan. Bu suv zahiralaridan ham amalda kam foydaniladi. Keyingi paytlarda suv tanqis bo`lgan hududlarga yirik muz bo`laklarini ko`chirib kelish fikrlari paydo bo`lmoqda. Masalan, kattaligi 1 x 0,5 km. bo`lgan muz bo`lagini Antarktidadan Yaqin Sharqning qurg`ochil sohillariga okean orqali sudrab kelish ko`zda tutilmoqda. Lekin bu hozircha faqat kelajak rejasi sifatida qolmoqda. Bu ish amalga oshgan taqdirda ham u bu yerlardagi suv tanqisligini uzil-kesil hal qilmaydi.
Yer osti suv zahiralari ham talaygina – 23,4 mln km.kub. Lekin ularning foydalanish mumkin bo`lgan qismi bor-yo`g`i 4 mln. km. kub bo`lib, ulardan ham amalda kam foydalaniladi.
Inson uchun kundalik hayotda bevosita foydalaniladigan chuchuk suv - bu daryo suvlari bo`lib, ularning zahirasi juda kam - bor-yo`g`i 1200 km.kub. yoki chuchuk suv zahirasining 0,04% ni tashkil qiladi. Buning ustiga mavjud daryolar qit'alar bo`ylab notekis joylashgan: dunyo aholisining 70% yashaydigan Yevropa va Osiyo qit'alarida jami daryo suvining 39% joylashgan, xolos.
Daryo suvlari miqdori Hamdo`stlik mamlakatlari hududlarida, shu jumladan alohida olingan bir mamlakat hududida ham turlicha joylashgan. Ulardagi jami suv 4350 km.kub bo`lib, bu dunyo miqyosidagi daryo suvlari miqdorining 14% ni tashkil qiladi. Bu suvning 82% jami aholining 20% joylashgan Shimoliy muz okeani va Tinch okeani havzalarida, qolgan 18% aholi nisbatan zich joylashgan Qora dengiz, Boltiq dengizi, Kaspiy va Orol dengizlari havzasida joylashgan. Markaziy Osiyo respublikalari, ayniqsa O`zbekiston, Turkmaniston va Qozog`iston hududlari ham kamsuv rayonlar qatoriga kiradi. O`zbekiston respublikasi hududida vujudga keladigan daryo suvlari atigi 10 km.kub bo`lib, bu Hamdo`stlik mamlakatlari jami daryo suvlarining 0,23%ni tashkil qiladi. Bu va bunga o`xshagan ma'lumotlar qurg`oqchil hududlarda suvni iflosmaslik, undan tejamkorlik bilan foydalanishni taqozo qiladi.
Suvdan xalq xo`jaligida foydalanish. Chuchuk suv muammosi
Chuchuk suv tabiatdagi biologik jarayonlarning asosini tashkil qilibgina qolmay, undan xalq xo`jaligining turli sohalarida, kishilarning kundalik turmushida keng foydalaniladi. Sanoat ishlab chiqarishi, qishloq xo`jaligi va kommunal sohalarni suvsiz tasavvur qilish mumkin emas. Zamonaviy korxonalarda ishlab chiqarish jarayonlariga sarflanayotgan suv miqdori ishlab chiqarilayotgan mahsulot og`irligiga nisbatan yuzlab va minglab marta ko`pdir. Masalan, 1 tonna po`lat ishlab chiqarishga 250 tonna suv ishlatiladi, qog`oz ishlab chiqarish ham taxminan shuncha suvni talab qiladi, 1 tonna alyuminiy ishlab chiqarish uchun 1500 tonna, 1 tonna nikelga 4000 tonna, 1 tonna sintetik tolaga 5000 tonna suv sarflanadi. Sanoatda ishlatiladigan suv asosan texnologik uskunalarni sovutishga ketadi. Atom elektrostantsiyasida ming megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun reaktorlarni sovutishga 3 mln. litr suv sarflanadi.
Dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish ayniqsa ko`p miqdorda chuchuk suvni talab qiladi. Ma'lumotlarga qaraganda turli xildagi o`simliklar 1 kg. quruq massa hosil qilish uchun 150-1000 m. kubgacha suv sarflaydi; 1 tonna bug`doy olish uchun 1500 tonna, 1 tonna sholiga 8000-10000 tonna, 1 tonna paxtaga esa 10000 tonnagacha suv sarflanadi.
Yer sharida sug`oriladigan yerlar maydoni 220 mln. gektar bo`lib, har bir gektarni sug`orishga yilida o`rtacha 12-14 ming. m. kub suv sarflanadi. Masalan, 1 gektar makkajo`xori uchun vegetatsiya davomida 3 mln. litr suv sarflanadi, 1 gektar karamga 8 mln litr, 1 gektar sholiga esa 20 mln. litrgacha suv sarflanadi. Bunga qo`shimcha ravishda yerlarning sho`rini yuvishda ham anchagina suv sarflanadi. Hisoblarga ko`ra dunyo dehqonchiligi uchun suvning yillik sarfi o`rtacha 2,8 ming km.kub bo`lib, bu suv daryolardan va yer ostidan olinadi. Bu ko`rsatkich Yer sharidagi daryolar yillik oqimining 7% dan ortiqdir.
Chuchuk suv zahiralardan kommunal maqsadlarda ham keng foydalaniladi. Dunyo miqyosida olib qaraladigan bo`lsa, bu maqsadlarda sutkasiga odam boshiga 220-230 litr suv sarflanadi, shundan 5% yeb-ichishga, qolgani yuvish va yuvinish ishlariga sarf bo`ladi. Bu ko`rsatkich markazlashgan suv quvurlari bilan ta'minlagan shaharlarda (280 litr) qishloq joylariga (50-60 litr) qaraganda ancha yuqori bo`ladi.
Aholining kundalik turmushi uchun suv sarfi dunyoning rivojlangan kapitalistik mamlakatlarida nisbatan ko`p. Bu borada AQSH yetakchi o`rinni egallaydi. Bu mamlakatda jami aholining 99% markaziy quvurlar suvidan bahramand qilingan bo`lib, sutkalik suv sarfi shaharlarda jon boshiga 330 litr, qishloqda esa 250 litrni tashkil qiladi.
Xalq xo`jaligining rivojlanishi va aholi sonining beto`xtov o`sishi chuchuk suv zahiralaridan tobora ko`proq foydalanishni taqozo etadi. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda nafaqat yer usti chuchuk suvlari, balkim yer osti suv zahiralari ham ko`plab ishlatilmoqda. Bu zahiralar ba'zi mamlakatlarda ularning hosil bo`lishiga qaraganda tezroq sarflanayapti. Masalan, AQSH da yer osti suv zahirilarining miqdori 1910 yilda 490 km. kub bo`lgan bo`lsa, 1959 yilda 62 km. kubga tushib qoldi. Bu mamlakatning Kaliforniya, Arizona va Texas shtatlarida yer osti suvlarining zahirasi hozirgi kunda qariyb tugadi. Boshqa mamlakatlarda, masalan, Avstriya va Daniyada aholining suvga bo`lgan ehtiyoji to`liq ravishda, Gollandiyada ehtiyojning 80% va Germaniyada uning 40% yer osti suvlari hisobiga qondirilmoqda.
Hisoblarga ko`ra chuchuk suv zahiralaridan foydalanish bo`yicha oldingi o`rinda qishloq xo`jaligi (66%), undan keyin sanoat va energetika (27%), oxirgi o`rinda aholining kommunal ehtiyojlari (7%) turadi.
Dunyo miqyosida sanoat ishlab chiqarishi va energetikaga yilida 1000 km. kub suv sarflanadi. Issiqlik va atom elektr stantsiyalarining agregatlarini sovutishda ham juda ko`p suv ketadi. Masalan, quvvati 2,5 mln. kvt bo`lgan issiqlik elektr stantsiyasi agregatlarini sovutish uchun Dnepr daryosi o`rta qismining yoz faslidagi o`rtacha suv miqdori (90-100 m. kubG`sek.) ga teng suv sarflanadi. Holbuki dunyoda bunga o`xshash yuzlab elektr stantsiyalari to`la quvvat bilan ishlamoqda. Sayyoramiz aholisining kundalik turmush ehtiyojlariga sutkasida 7 mln. tonna suv sarflanmoqda
Hozirgi kunda kishilar 8-9 mln. turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni o`zlashtirganlar. Bular orasida tabiatda uzoq vaqt parchalanmaydigan kimyoviy zaharlar, radioaktiv moddalar va plastmassa mahsulotlari bor-ki, ular butun biosferani va shu jumladan gidrosferani ifloslovchi jiddiy manbalardan bo`lib qolmoqdalar. Kundalik turmushdan chiqadigan oqava suvlardagi chiqindilar tarkibi bir-biriga o`xshash bo`ladi va ularni tozalash birmuncha oson. Lekin sanoat oqavalarining chiqindilar tarkibi juda xilma-xil bo`lib, ularni tozalash ancha qimmatga tushadigan murakkab jarayondir. Sanoatdan chiqadigan oqava suvlar miqdori ayniqsa rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda ko`p. AQSH sanoati 50 km.kub, Germaniya sanoati esa 10 km.kub oqava suv chiqaradi. Bu miqdordagi oqavani tozalab ulgurish mushkul ish, shuning uchun ham, aytib o`tilganidek, AQShda jami oqava suvlarning uchdan bir qismi, Germaniyada esa yarmidan ko`pi ifloslangan holicha suv havzasiga tashlanadi.
Bunday noxush jarayonning oldini olish, uning rivojlanishga yo`l bermaslik maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2003 yilni jahonda «Chuchuk suv yili» deb e'lon qildi.
Suvni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish. Ifloslangan suvlarni tozalash usullari
Insoniyat oldida turgan ko`pdan-ko`p vazifalar orasida suv resurslarini toza saqlash va ulardan oqilona foydalanish alohida o`rin tutadi.
Suvning tabiatda aylanib turishi nafaqat suv miqdorining barqarorligini ta'minlaydi, balki uning sifatini ham tiklab turadi. Tekshirishlar ko`rsatishcha, tabiatda aylanish jarayonida atmosfera namligi 8-10 kun davomida to`liq yangilanadi ya'ni shu davr mobaynida u to`liq aylanadi. Bu jarayon daryo suvlarida 12-16 kunni, ko`l suvlarida 200-300 yilni, okean suvlarida esa 3000 yilni o`z ichiga oladi.
Rivojlangan ba'zi mamlakatlarda suv quvurlarining ikki xil, ya'ni ichimlik suvi uchun va texnik suv uchun alohida o`tkazilgani bu ishda katta natija bermoqda. Parij, Gannovar, Shtutgart va Frankfurt-Mayn shaharlarida ana shunday suv quvurlari mavjud;
4)sanoat korxonalaridagi agregatlarni sovutishda suvni sovuq havo oqimi bilan almashtirishga o`tish. Sanoatda ishlatiladigan suvning 45% igacha faqatgina sovutish maqsadlarida foydalaniladi. Bu ishni havo oqimi yordamida bajarish 70-90% gacha suvni tejash imkonini beradi;

Download 22.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling