Yuqori jag` arteriyasi a.maxillaris tashqi uyqu arteriyasining o`rta( medial) guruh tarmoqlari
tarkibiga kiradi. Yuqori jag' arteriyasining (a. maxillaris) qisqa poyasi pastki jag' shoxining
orqasidan o'tib chakkaosti va qanot-tanglay chuqurchalarida yotgani uchun uch qismga bo'lib
o'rganiladi. Uning jag' qismidan: 1. CHakka-pastki jag' bo'g'imi, tashqi eshiyuv yo'li va nog'ora
pardani qon bilan ta'minlovchi a.auricularis profunda; 2. Nog'ora bo'shlig'i
shilliq pardasiga
toshsimon-nog'ora tirqishi orqali o'tuvchi a. tympanica anterior; 3.Pastki jag' kanaliga kirib
pastki jag'ni, tishlarni va milkni qon bilan ta'minlovchi a. alveolaris inferior. U engak teshigi
orqali chiqib a. mentalis nomi bilan mimika muskullari va engak terisini qon bilan ta'minlaydi.
4.0'tkir qirrali teshik orqali miyaning qattiq pardasiga kiruvchi a.meningea media lar chiqadi.
Yuqori jag' arteriyasining qanotsimon qismidan chaynov mushaklarini, lunj mushagini, lunjning
shilliq pardasiga tarmoqlar va yuqori jag' tishlari va milkni oziqlantiruvchi a.alveolaris superior
posterior lar chiqadi.
Yuqori jag' arteriyasining qanotsimon-tanglay qismidan 3 ta tarmoq beradi: 1. a.infraorbitalis
pastki ko'z kosasi yorig'i orqali ko'z kosasiga pastki to'g'ri va qiyshiq mushaklarga tarmoqlar
berganidan keyin o'z nomidagi kanal orqali yuzga chiqib, mimika mushaklarini, ustki lab, burun
va pastki qovoq terisini, uning tarmog'i a. alveolaris superiores yuqori jag' tishlari va milklarni
qon bilan ta'minlaydi; 2. a.palatina desendens qattiq va yumshoq tanglay, halqumning yuqori
qismi va eshituv nayini qon bilan ta'minlaydi; 3.a.sphenopalatina o'z nomidagi teshik orqali
burun bo'shlig'ining shilliq pardasini qon bilan ta'minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: