1. Suyaklaring joylashishi,shakli va vazifasi bo`yicha klassifikatsiyasi


??126  Ichki yonbosh arteriyaning oldingi poyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/135
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#220855
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   135
Bog'liq
Anatomiya Гост савол - жавоб

??126  Ichki yonbosh arteriyaning oldingi poyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 

1.Kindiк arteriyasi (a.umbilicalis) homila davrida qorindevorining orqa yuzasi bo'ylab kindikkacha boradi. 

Katta odamda u boylamga aylanib ketadi. Uning boshlang'ich qismi arteriya holida qolib, undan 

qovuqning yuqorigi arteriyasi chiqib qovuqni yuqori qismini qon bilan ta'minlaydi. Undan siydik yo'lini 

pastki qismiga r. uretrici va urug' olibketuvchi nayga a. ductus defferens chiqadi. 

2.Qovuqning pastki arteriyasi (a. vesicalis inferior) qovuq tubini, erkaklarda urug'pufakchalari va prostata 

bezini, ayollarda qinni qon bilan ta'minlaydi. 

3.Bachadon arteriyasi (a. uterina) kichik chanoq bo'shlig'iga tushib, siydik yo'li bilan kesishadi va 

bachadonning keng boylami ichida bachadon bo'ynigacha boradi. Undan bachadon nayiga, tuxumdonga 

va qinga tarmoqlarchiqadi. 




 

 

4.0'rta to'g'ri ichak arteriyasi (a.rectalis media) to'g'ri ichakni ampula qismini, orqa teshikni ko'taruvchi 



mushakni, erkaklarda urug'pufakchalariva prostata bezini, ayollarda esa qinni qon bilan ta'minlaydi. 

5.lchki tanosil arteriya (a.pudenda intema)chanoq bo'shlig'idan noksimon mushak osti teshigidan chiqib, 

o'tirg'ich o'simtasini aylanib o'tib, kichik o'tirg'ich teshigi orqali o'tirg'ich-to'g'ri ichak chuqurchasiga kiradi. 

Undan to'g'ri ichakning pastki qismiga va tashqi teshikka a.rectalis inferior, oraliqqa r. perinealis chiqadi. 

Uning tarmoqlari shuningdek yorg'oqni, ayollarda katta uyatlilablarni, erlik olatinig'ovaktanasini, 

ayollarda qin dahlizi piyozchasini qon bilan ta'minlaydi. Uining oxirgi shoxi erkaklarda a. profunda et 

dorsalis  bo'lib, erlik olatini, ayollarda a. profunda et dorsalis clitoridis bo'lib, klitorni qon bilan ta'minlaydi. 

Tashqi yonbosh arteriya (a. iliaca externa) umumiy yonbosh arteriyaning bevosita davomibo'lib, tomirli 

lakuna orqali songa chiqadi. Undan quyidagi shoxlar chiqadi: 

l.Qorinustiningpastki arteriyasi (a. epigastrica inferior) qorin oldingidevorini orqa 

yuzasibo'ylabqorinto'g'rimushagiga qarabko'tariladi. 

Qorinto'g'rimushagiqininiteshibo'tibqorinustiningustki arteriyasibilan anastomozlashadi. 

Uningboshlang'ichqismidanqovsuyagiga, erkakiarda urug'tizimchasiva moyakpardalariga, ayollarda 

tashqitanosil a'zolarterisiga tarmoqlar chiqadi. 

2.YOnbosh suyagini o 'rovchi chuqur arteriya (a. circumflexa ilium profunda) yonbosh suyagi qirrasi 

bo'ylab orqa tomonga yo'nalib, qorin va chanoq mushaklarini qon bilan ta'minlaydi. 

Son  arteriyasi (a. femoralis) tashqi yonbosh arteriyaning davomi bo'lib, chovboylami ostidan o'tganidan 

so'ng, son uchburchagi sohasida bevosita teri va fastsiya ostida yotadi. Arteriya son uchburchagini pastki 

uchidan yaqinlashtiruvchi kanalga kirib, uning pastkiteshigi orqali taqim osti chuqurchasiga chiqadi. Son 

arteriyasidan quyidagi tarmoqlar chiqadi: 

l.Qorinustiningyuza arteriyasi (a.epigastrica superficialis) sonning oldingi yuzasi dan yuqoriga, qorinning 

oldingi devoriga yo'nalib, qorin terisini, teri osti yog' kletchatkasini qon bilan ta'minlaydi. 2.YOnbosh 

suyagini o'rovchi yuza arteriya (a.circumflexa ilium superficialis) chov boylami bo'ylab tashqi 

tomonga yonbosh suyagining oldingi ustki o'simtasiga qarab yo'nalib, shu soha terisini va 

mushaklarini qon bilan ta'minlaydi. 

3.Tashqi tanosil  arteriyaiar (a.a. pudenda externae) 2-3 ta, (hiatus saphenus) orqali chiqib 

erkaklarda yorg'oq, ayollarda katta uyatli lablar terisiga tarqaladi. 

4.Sonning chuqur arteriyasi (a.profunda femoris) eng yirik tarmoq bolib, sonni qon bilan 

ta'minlaydi. Undan quyidagi tarmoqlar chiqadi. a) sonni medial tarafdan aylanib o'tuvchi 

arteriya son suyagi bo'ynini aylanib medial tomonga yo'naladi. U yuza, ko'tariluvchi, chuqur va 

ko'ndalang tarmoqlarga bo'linib yonbosh- bel, taraqsimon, tashqiyopqich, noksimon, sonning 

kvadrat mushaklarini qon bilan ta'minlaydi. b) sonni lateral tarafdan aylani bo'tuvchi arteriya 

ko'tariluvchi, pastga tushuvchiva ko'ndalang tarmoqlarga bo'linadi. Ko'tariluvchi tarmog'i katta 

dumba va serbar fastsiyani taranglovchi mushaklarni qon bilan ta'minlaydi. Pastga tushuvchiva 

ko'ndalang tarmoqlari sonning to'rt boshli va mashinachilar mushagini qon bilan ta'minlaydi. v) 

teshib o'tuvchi arteriyalar (a. perforantes) (birinchi ikkinchiva uchinchi) sonning orqa yuzasiga 

yo'nalib ikki boshli, yarim pay va yarim parda mushaklarni qon bilan ta'minlaydi. 

5.Tizzaning bo'g'imi sohasiga tushuvchi arteriya (a. genus desendens) son arteriyasidan 

yaqinlashtiruvchi kanalda boshlanib, yashirin nerv bilan tizza bo'g'imiga keladiva tizza arterial 

to'rini hosil qilishda ishtiroketadi. 




Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling