1. Suyaklaring joylashishi,shakli va vazifasi bo`yicha klassifikatsiyasi


 .Darvoza venasi hosil bo`lishi, topografiyasi. Porto-kaval anastamozlari


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/135
Sana05.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#220855
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   135
Bog'liq
Anatomiya Гост савол - жавоб

128 .Darvoza venasi hosil bo`lishi, topografiyasi. Porto-kaval anastamozlari. 

Darvoza venasi (v. portae) qorin bo'shlig'idagi toq hazm a'zolaridan 

(me'da, ingichka va yo'g'onichak, to'g'ri ichakning yuqori qismi, taloq, me'da ostibezi) qon 

yig'uvchi yirik vena. Uning uzunligi 5-6 sm, ko'ndalang o'lchami 11-18 mm. Darvoza venasi 

jigar o'nikki barmoq ichak boylami ichida jigar arteriyasi va umumiy o'tyo`lining orqasida 

joylashadi. Darvoza venasi me'da osti bezi boshining orqasida Ichak tutqichning yuqorigi va 

taloq venasining o'zaro qo'shilishidan hosil bo'ladi. Bundan tashqari darvoza venasining hosil 

bo'lishida ichak tutqichning pastki venasi va chap me'da venalari ham ishtirok etadi. Jigar 

darvozasiga kirgach, darvoza venasi o'ng va chap shoxlarga (r.r. dexter et sinister) bo'linadi. Bu 

shoxlar o'z navbatida shoxlanib, oxirgi bo'laklararo venalarga aylanadilar. Bo'lakcha ichida bu 

venalar keng kapillyarlarga (sinusoidtomirlar) bo'linadi. Bo'laklardan chiquvchi venalar o'zaro 

qo'shilib 3-4 jigar venalarini hosil qiladi. SHunday kilib darvoza vena tizimi venalarida ikkita 

kapillyar to'rlari mavjud. Ularning birinchisi hazm a'zolari devorida, ikkinchisi esa jigar 

bo'lakchalari ichida joylashgan. SHuning uchun hazm a'zolari devoridan yig'ilgan vena qoni 

jigardan o'tish vaqtida zararli va yot moddalardan tozalanib, so'ngra pastki kavak venaga 

quyiladi. 

Darvoza venasiga jigar-o'n ikki barmoq ichak boylami ichida o't pufagi venasi (v. cystica), o'ng 

va chap me'da venalari (v. gastrica dextra et sinistra), o'n ikki barmoqli ichak-me'da osti bezi 

ustki orqa venalar? (v. pancreaticoduodenalis posterior superior) quyiladi. 

l.lchak tutqichning yuqorigi venasi (v. mesenterica superior) me'daning katta egriligi va katta 

charvining o'ng tomoni, o'n ikki barmoqli ichak, me'da osti bezining bosh qismi, och va yonbosh 

ichak, ularning ichak tutqichi, ko'r ichak va chuvalchangsimon o'simta, ko'tariluvchi va 

ko'ndalang chambar ichaklardan qon yig'adi. 

YAngi tug'ilgan chaqaloqda ichak tutqichning ustki venasi uzunligi 4-6 sm, kengligi 3,6 mm. 

lining o'lchamlari erta bolalik, bolalikning birinchi davri va balog'at davrlarida tez o'sadi. 

2.Taloq venasi (v. lienalis) me'da osti bezini ustki qirrasi bo'ylab shu nomdagi arteriyani ostida 

chapdan o'nga yo'naladi va qorin aortasini oldidan o'tib, me'da osti bezi boshining orasida ichak 

tutqichning ustki venasi bilan qo shiladi. Taloq venasi taloqdan me'da katta egriligi va katta charvini 

chap tomonidan, me'da osti bezidan qon yig'adi. Unga v. gastoepiploicasinistra, v.gastrica brevis (3-7 ta) 

va v. pancreaticaequyiladi. 

Ichak tutqichning pastki venasi (v. mesenterica inferior) Bu vena me'da osti bezining ostidan o'tib 

ko'pincha taloq venasiga, kamroq hollarda ichak tutqichning ustki venasiga, goho ichak tutqichning ustki 

vena sibilantaloqvenasiningqo'shilishburchagigaquyiladi. Ichaktutqichningpastk 

ivenasiyo'g'onichakningchapqismidan, 

ya'nichapchambarichakbukilmasidanboshlabtushuvchichambarichak, 



 

 

sigmasimonichakvato'g'riichakningyuqoriqismidanqonyig'adi. Unga v. colicasinistra, v.v. sigmoidea (2- 



5ta) va v. rectalis superior quyiladi. 

 

 



Porto koval anastamozlar darvoza venasi va kovak venalar orasidagi anastamozlar:1. V.gastrico 

sinistra va v.esophagia. 2.v.rectalis superior va v.rectalis media et inferior. 3. oldinda, kindik 

atrofida jigarning yumaloq boylami ichidagi darvoza venasining oqimi v.paraumbilikalis, yuqori 

kovak vena oqimi v.epigastrica superior hamda pastki kovak vena oqimi v.epigastrica inferior 

o`rtasidagi 3 tomonlama anastamoz. Bu anastamoz bolada jigar kasalliklarida katta ahamiyatga 

ega. Bunda kindik atrofi venalari kengayib medusa boshi shaklini hosil qiladi. 

 

 

 



 

 


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling