44.46.Qo'l suyaklarining birikish.
Yelka va tirsak bo'g'imlari, tuzilishi, shakli, qon bilan ta'minlanishi, innervatsiyasi.
Yelka bo’g’imi (Artikulatio humeri) yelka suyagining boshi caput humeri bilan kurak
suyagining yelka bo’g’imi chuquri (cavitas glenoidalis) qo’shilishidan hosil bo’ladi.
Bu bo’g’im sharsimon shaklga ega bo’lib, bo’g’im yuzalari mos kelmaganligi sababli
bo’g’im chuqurining atrofida labium glenoidali mavjud. Bu halqa kurakning bo’g’im
yuzasini chuqurlashtirib yelka suyagining boshiga moslashtiradi. Bo’g’im ichida ikki boshli
muskulning uzun boshi caput longum o’tadi. Uning ostida pay osti qopchasi qini vagina
sub tendeniya atrofida esa synovial xalta bursa sinovialis bo’ladi. Bo’g’im ustidan bitta
boylam ligomentum coraco humeri boylami mustahkamlaydi. Yelka bo’g’imi barcha o’q
atrofida harakatlanadi shuning uchun ko’p o’qli.
Do'stlaringiz bilan baham: |