(cartOago nasi lateralis) burunning yon devorini hosil qilishda
qatnashadi. Burun qanotini hosil qiluvchi juft burun qanotining katta tog'ayi
(cartilage alaris nasi major) burun bo'shlig'iga kirish teshigini old va yon
tomondan chegaralab turadi. 2—3 ta burun qanotining kichik tog'aylari
(cartilagines alares minores) oldingi tog'ay bilan noksimon teshik o'rtasida
yotadi. Goho bir nechta turli kattalikdagi burunning qo'shimcha tog'aylari
(cartilagines nasales accessoriae) ham uchraydi. Burun to'sig'i tog'ayi
(cartilago septi nasi) toq to'rtburchak shaklida bo'lib, burun to'sig'ining
oldingi qismini hosil qiladi.
.
Burun bo'shlig'i (cavitas nasi) old tomondan burun teshigi vositasida
yuzga, orqa tomondan xoanalar orqali halqumning burun qismiga ochiladi.
Burun bo'shlig'ini burun to'sig'i (septum nasi) ikki bo'lakka ajratib turadi.
Burun to'sig'ini oldingi qismi parda (pars membranacea) va tog'ay (pars
Do'stlaringiz bilan baham: |