1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 42. ATMOSFERA BOSIMINI O’LCHASH TORRICHELLI TAJRIBASI
19-mashq
26 1. Quyidagi rasmda har xil suyuqdiklardan namuna olishda ishlatiladigan liver degan asbob tasvir-langan. Livyer suyuqlikka botiriladi, so’ngra ustki teshigini barmok bilan berkitib turib, uni suyuqlikdan ko’tariladi. Liverning ustki teshigi ochilsa, undan suyuqlik oqib tusha boshlaydi. Tajriba qiling va bu asbobning qanday ishlashini tushuntirib bering. 2. Oy qachonlardir atmosfera bilan qurshab olingan bo’lgan, lekin uni asta sekin uni yo’qotgan deb taxmin qilinadi. Buni qanday tushuntirish mumkin. 3. Parrandalarning avtomat suvdoni (quyidagi rasm) tog’orachaga to’ntarib qo’yilgan suvli butilkadan iborat bo’lib, butilka og’zi tog’orachadagi suvga bir oz botib turadi. Suv butilkadan nima uchun oqib tushib ketmaydi? Agar tog’orachadagi suv sathi pasaysa va butilkaning og’zi suvdan ko’tarilib qolsa, butilkadagi suvning bir qismi tog’orachaga oqib tushadi. 42. ATMOSFERA BOSIMINI O’LCHASH TORRICHELLI TAJRIBASI Atmosfera bosimi kattaligini suyuqlik ustuni bosimini o’lchagandek hisoblab bo’lmaydi. Nima uchun? Atmosfera bosimini bunday hisoblash uchun atmosfera balandligini va havoning zichligini bilish kerak. Ammo atmosferaning aniq chegarasi yo’q havoning zichligi esa turli balandliklarda turlicha. Shunday bo’lsa ham, atmosfera bosimini XVII asrda italyan olimi T o r r i c h e l l i tasviya qilgan tajribada o’lchash mumkin. Torrichelli tajribasi quyidagidan iborat: bir uchi kavsharlangan, uzunligi 1 m ga yaqin shisha nay olib, unga simob to’lg’azamiz. So’ngra nayning ikkinchi uchini qattiq berkitib, uni simobli kosaga to’ntaramiz va simob ichida nayning uchini ochamiz (quyidagi rasm). Bunda naydagi simobning bir qismi kosaga tushib, nayda balandligi 760 mm ga yaqin simob ustuni qoladi. Naydagi simob ustida havo yo’q u yerda havosiz fazo. Yuqorida bayon qilingan tajribani taklif qilgan Torrichelli uni tushuntirib ham berdi. Atmosfera kosadagi simob sirtiga bosadi. Simob muvozanatda bo’ladi. Demak naydagi simobning aa sathidagi bosimi ham (Yuqoridagi rasm) atmosfera bosimiga teng. Agar aa sathdagi bosim atmosfera bosimidan katta bo’lsa, u holda simob naydan kosaga tushadi, agar atmosfera bosimidan kichik bo’lsa, u holda simob naydan yuqori ko’tariladi. Ammo nayning yuqori qismida havo yo’q shuning uchun naydagi simobning aa sathdagi bosimi faqat naydagi simob ustuni og’irligi tufayli yuzaga keladi. Bundan atmosfera bosimi naydagi simob ustunining bosimiga teng, degan xulosa chiqadi. Simob ustuni balandligini o’lchab, simob berayotgan bosimni hisoblash mumkin, bu bosim atmosfera bosimiga teng bo’ladi. Atmosfera bosimi qanchalik ko’p bo’lsa, Torrichelli tajribasidagi simob ustunining balandligi shunchalik yuqori bo’ladi, shuning uchun amalda atmosfera bosimini millimetr yoki santimetr hisobida olingan simob ustuni balandligi bilan o’lchash mumkin. Masalan, atmosfera bosimi 780 mm simob ustuniga teng degani, balandligi 780 mm bo’lgan vertikal simob ustuni qanday bosim hosil qilsa, havo ham shunday bosim hosil qiladi, deganidir. Demak, bu holda atmosfera bosimining birligi qilib 1 mm simob ustuni qabul qilingan (1 mm sim. ust.). Bu birlik va bizga ma’lum bo’lgan bosim birligi P a s k a l orasidagi munosabatni topamiz. Balandligi 1 mm bo’lgan simob ustunining bosimi: Pa m m kg kg N gh p 3 , 133 001 , 0 13600 8 , 9 2 gat eng. Shunday qilib, 1mm sim. ust. = 133,3Pa = 1,33 gPa. Hozirgi kunda atmosfera bosimini gektopaskal-larda ham o’lchash qabul qilingan. Masalan, ob-havo ma’lumotida bosim 1013 gPa ga teng deb e’lon qilinishi mumkin, bu esa bosim 760 mm sim. ust. ga teng degan so’zdir. Torrichelli tajribasidagi simobli nayga vyertikal shkala biriktirib, eng oddiy simobli barometr 1 — atmosfera bosimini o’lchaydigan asbob yasash mumkin. 1. Nima uchun havoning bosimini suyuqlikning idish tubiga va yon devorlariga bosimini hisobla-gandek hisoblash mumkin emas? 2. Torrichelli nayi yordamida atmosfera bosimini qanday qilib o’lchash mumkin, tushuntiring. 3. «Atmosfera bosimi 780 mm sim. ust. ga teng» degan yozuv nimani bildiradi? 4. Atmosfera bosimini o’lchay-digan asbob nima deb ataladi? U qanday tuzilgan? 5. Balandligi 1 mm bo’lgan simob ustunining bosimi necha gektopaskalga teng? “ B a r o m e t r ” so’zi grekcha ikkita so’zdan: “baros”— og’irlik, metreo” o’lchayman degan so’zlardan olingan. Atmosfera bosimini o’lchash uchun amalda ko’pincha aneroid deb ataluvchi metall barometrdan foydalaniladi. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling