1. tabiat va inson


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

 
20-mashq 
1. 760 mm sim. ust. ga teng atmosfera bosimida,
barometrdagi suv ustuni qanday balandlikda bo’lgan? 
2. 1654 yili Otto Gerike atmosfera bosimi borligini 


27 
isbotlash uchun Magdeburg shahrida shunday bir tajriba 
qildi: bir-biriga tegizib qo’yilgan ikkita metall yarim 
shar ichidagi havoni so’rib oldi. Atmosfera bosimi yarim 
sharlarni bir-biriga shu qadar kuchli siqdiki, ularni 
sakkiz juft ot ham ajrata olmadi. Yarim sharlarning 
havo bosayotgan sirti 2800 sm
2
, atmosfera bosimi esa 
760 mm. sim. ust. ga teng deb qabul qilinsa, ularni 
siqib turgan kuchni hisoblang. 
3. Bir uchi berk ikkinchi uchida jo’mragi bo’lgan 1m 
uzunlikdagi nayning havosi so’rib olingan. Nayning 
jo’mrakli uchini simobga botirib, jo’mrak ochilgan. 
Simob nayni butunlay tuldiradimi? Agar simob o’rniga 
suv olinsa, u nayni butunlay to’ldiradimi? 
4. a). 740 mm sim. ust., b) 780 mm sim. ust. bosimni 
gektopaskal bilan ifodalang. 
43. TURLI BALANDLIKLARDA
ATMOSFERA BOSIMI 
Suyuqlikda bosim suyuqlikning zichligiga va suyuqlik 
ustuni balandligiga bog’liq ekanini biz bilamiz. Suyuqlik 
kam siqiluvchan bo’lgani uchun uning zichligi turli 
chuqurliklarda deyarli bir xil, shuning uchun bosimni 
hisoblashda uning zichli-gini o’zgarmas deb olamiz va 
faqat sathining o’zgarishini hisobga olamiz. 
Gazlarda ish birmuncha murakkabroq bo’ladi. Gazlar 
juda siqiluvchan bo’ladi. Gaz qancha siqilsa, uning 
zichligi shuncha ko’p bo’ladi va u shunchalik ko’p bosim 
beradi. Axir gazning bosimi uning molekulalarining jism 
sirtiga urilishi natijasida hosil bo’ladida. 
Yer sirtiga yaqin turadigan havo qatlamlariga uning 
ustida turgan hamma havo qatlamlari bosadi. Ammo 
havo qatlami Yer sirtidan qancha baland joylashgan 
bo’lsa, u shuncha kam siqilgan, zichligi shuncha kam 
bo’ladi, demak u shunchalik kamroq bosim kosil qiladi. 
Agar, masalan, havo shari Yer sirtidan ko’tarilsa, bu 
holda havoning sharga bosimi kamayadi, bunga shar 
ustidagi havo ustuni baland-ligining kamayishigina
sabab bo’lmasdan, balki havoning zichligi yuqorida 
pastdagiga nisbatan kam bo’lishi ham sabab bo’ladi. 
Shuning uchun havo bosimining balandlikka bog’liq 
bo’lishi suyuqlik bosimining uning ustuni balandligiga 
bog’liq bo’lishiga qaraganda murakkabroq. 
Kuzatishlar natijasi dengiz sathida yotgan joy-larda 
atmosfera bosimi o’rta hisob bilan 760 mm sim. ust. ga 
teng bo’lishini ko’rsatadi. Joy dengiz sathi-dan qancha 
baland bo’lsa, u yerda bosim shuncha kam bo’ladi. 
0°C temperaturada balandligi 760 mm sim. Ust. Bosi-miga 
teng bo’lgan atmosfera bosimi normal atmosfera bosimi 
deyiladi. Normal atmosfera bosimi 101 300 Pa = 1013 
gPa=101,3 kPa.
Ko’pincha hisoblashlarda nomal atmosfera bosimi 
101 kPa yoki 10

Pa deb olinadi.
Yuqoridagi rasmda balandlik o’zgarishiga qarab 
atmosfera bosimining o’zgarishi ko’rsatilgan. Uncha 
baland bo’lmagan tepaliklarda har bir 12 m ko’tarilishda 
bosim o’rta hisob bilan 1 mm simob us-tunicha 
kamayadi.
Bosimning balandlikka bog’liq bo’lishini bilgan holda 
barometr ko’rsatishlarining o’zgarishiga qa-rab joyning 
dengiz sathidan qancha baland ekanini aniqlash mumkin. 
Ko’tarilish balandligini bevosita aniqlashga imkon 
beruvchi shkalasi bo’lgan anero-idlar balandlik 
o’lchagich deyiladi. Ular aviatsiyada va tokka chiqishda 
ishlatiladi. 
1. Yer sirtidan ko’tarilish balandligi ortishi bilan 
atmosfera bosimining kamayishini qanday tushuntirish 
mumkin? 2. Qanday atmosfera bosimi normal bosim 
deyiladi? 3. Balandlikni atmosfera bosimiga qarab 
o’lchashda ishlatiladigan asbob nima deb ataladi? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling