1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
ISH VA QUVVAT. ENYERGIYA
52. MEXANIK ISH. ISH BIRLIKLARI Kunalik hayotda «ish» deb ishchi, injener, olim, o’quvchining har qanday foydali mehnatiga aytiladi. Fizikada ish tushunchasi birmuncha boshqacha - aniq fizik kattalik bo’lib, uni o’lchash uchun maxsus birliklar qo’llaniladi. Fizikada hammadan oldin mexanik ish o’rganiladi. Mexanik ishga misollar ko’rib o’tamiz. Toshni qo’lda ko’tarishda qo’lning muskul kuchlari mexanik ish bajaradi. Poyezd elektrovozning tortish kuchi ta’siri ostida harakatlanadi, bunda mexanik ish bajariladi. Miltiqdan o’q otilganda porox gazlarining bosim kuchi ish bajaradi -o’qni stvol bo’ylab harakatga keltiradi, bunda o’qning tezligi ortadi. Bu misollardan, agar kuch ta’siri ostida jism harakatlansa, mexanik ish bajarilishi ko’rinib turibdi. Kuch jismga ta’sir qilib (masalan, ishqalanish kuchi), uning harakat tezligini kamaytirgan holda ham mexanik ish bajariladi. Ipga osilib turgan qo’zgalmas yukka og’irlik kuchi ta’sir qiladi, ammo yuk siljimaidi, shuning uchun bu holda mexanik ish bajarilmaydi. Shkafni joyidan qo’zgatish uchun qancha zo’r bermaylik uni joyidan siljita olmasak bunda mexanik ish bajarmaymiz. Agar kuch bo’lib, siljish bo’lmasa, bu holda ish ham bo’lmaydi Jism kuch ta’sir qilmasdan (inertsiyasi bilan) harakat qilgan holni tasavvur qilishimiz mumkin, bu holda ham mexanik ish bajarilmaydi. Jismga kuchning ta’sirisiz ish ham bo’lishi mumkin emas. Shunday qilib, jismga kuch ta’sir qilganda u harakatlansagina mexanik ish bajariladi. Bundan buyon biz mexanik ish to’g’risida so’z yuritganda uni to’g’ridan-to’g’ri qisqacha ish deb aytaveramiz. Ishni hisoblay bilish juda muhimdir. Bajarilgan ish kuchga va yo’l uzunligiga bog’liq ekaniga tushunib olish qiyin emas. Massasi 1 kg bo’lgan- yukni 1 m balandlikka ko’tardik deb faraz qilaylik. Buning uchun biz 9,8 N kuch qo’yishimiz kerak bo’ladi. Bunda biz ma’lum miqdorda ish bajardik. Xuddi shu balandlikka massasi 5 kg bo’lgan yukni ko’tarish uchun 5 marta ortik kuch quyishimiz lozim. Bu holda bajarilgan ish ham 5 marta ortik bo’ladi. Haqikatan ham, massasi 5 kg bo’lgan yukni 1 m balandlikka ko’tarishda bajarilgan ishni massasi 1 kg bo’lgan yukni 1 m balandlikka 5 marta ko’tarishda bajarilgan ishga teng deb qarash mumkin. Endi massasi 1 kg yukni 1 m emas, balki, masalan, 3 m balandlikka ko’taraylik. Ravshanki, birinchi, ikkinchi va uchinchi metrlar davomida bajarilgan ish bir xil bo’ladi. Shu sababli, massasi 1 kg yukni 3 m balandlikka ko’targanda bajarilgan ish shu yukni 1 m balandlikka ko’targanda bajarilgan ishdan 3 marta katta bo’ladi. Yuqorida ko’rib o’tilgan misollar mexanik ish kuchga va yo’l uzunligiga to’g’ri proporstional ekanligini ko’rsatadi. Shuning uchun mexanik ish kuch bilan shu kuch yo’nalishida bosib o’tilgan yo’l ko’paytmasi orqali o’lchanadi 33 l yo kuch ish ' yoki FS A , bunda A – ish, F-kuch, s- o’tilgan yo’l. Ish birligi uchun 1 N kuchning 1 m ga teng yo’lda bajarilgan ishi qabul qilinadi. Ish birligi ishni o’lchash sohasida fan uchun muhim tajribalar o’tkazgan ingliz olimi J o u l sharafiga joul (J deb belgilanadi) deb ataladi . 1 joul = 1 nyuton 1 metr yoki 1 J = 1N ∙m. 1000 J= 1 kJ. 1-mi sol. Traktor yer haydash vaqtida plugni 10000 N kuch bilan tortadi. Bunda 200 m yo’lda qancha ish bajariladi? A=FS= 2000000 200 10000 J. 2 - m i s o l . Hajmi 0,5 m 3 bo’lgan granit plitani 20 m balandlikka ko’tarishda bajarilgan ishni hisoblang. Granitning zichligi 2500 3 m kg . A=FS, bunda F - plitani bir tekisda ko’tarish uchun qo’yilishi kerak bo’lgan kuch. Bu kuch modul ji-hatdan plitaga ta’sir qilayotgan og’irlik kuchi F ga teng. Og’irlyk kuchini plita massasiga qarab aniqlash mumkin: mg F . Plitaning hajmini va granitning zichligini bilgan holda plitaning massasini aniqlaymiz: m= kg V 1250 5 , 0 2500 . S=h, ya’ni ko’tarilish balandligi . 245 245000 20 1250 kJ J A 1. Mexanik ish bajarish uchun qanday ikkita shart zarur? 2. Bajarilgan ish qanday ikki kattalikka bog’liq.? 3. Ish birligi qilib nima qabul qilingan? 4. Ish birligi 1 joul ta’rifini ayting. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling