1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 49. JISMLARNING SUZISHI
24-mashq
1. Tarozi shayiniga massalari teng bo’lgan ikkita: qo’rg’oshin va alyuminiy stilindrlar osilgan. Tarozi muvozanatda turibdi. Agar ikkala stilindr bir vaqtda suvga botirilsa, tarozining muvozanati buziladimi? Spirtga botirsak-chi? Javobingizni asoslab bering. Itarib chiqaruvchi kuch kattaligi jism hajmiga qanday bog’liq bo’ladi? 2. Tarozi shayiniga hajmlari bir xil bo’lgan ikkita alyuminiy silindrlar osib quyilgan. Agar silindrdan birini suvga, ikkinchisini spirtga botirsak tarozining muvozanati buziladimi? Javobingizni asoslab bering. Itarib chiqaruvchi kuch suyuqlikning zichligiga bog’liq bo’ladimi? 3. Tarozi shayiniga hajmlari teng bo’lgan ikkita: temir va alyuminiy stilindrlar osilgan. Qo’shimcha yuk yordamida tarozi muvozanatga keltirilgan. Agar ikkala stilindr suvga botirilsa, tarozining muvozanati buziladimi? Javobingizni asoslab bering. 4. Bir bo’lak temirning hajmi 0,1 dm 3 . Uni suvga to’la botirilganda unga qanday itarib chiqaruvchi kuch ta’sir qiladi? Kerosinga botirilsa-chi? 5. Jismning havodagi vazni 30 N suyuqlikdagi vazni 18 N bo’lsa, unga ta’sir etuvchi arximed kuchi nimaga teng? 6. Jismning suyuqlikdagi vazni 19 N, unga ta’sir etayotgan arximed kuchi 17 N bo’lsa, unga ta’sir etuvchi arximed kuchi nimaga teng? 49. JISMLARNING SUZISHI Suyuqlik ichidagi jismga ikki kuch: vertikal pastga yo’nalgan og’irlik kuchi va vertikal yuqoriga yo’nalgan arximed kuchi ta’sir qiladi. Agar jism dastlab qo’zgalmas bo’lsa, u holda bu kuchlar ta’sirida jism katta kuch tomonga harakat qiladi. Bunda uch hol bo’lishi mumkin: 1)agar og’irlik kuchi arximed kuchidan katta bo’lsa, u holda jism suyuqlik tubiga tushadi, «cho’kadi»; 2)agar og’irlik kuchi arximed kuchiga teng bo’lsa, bu holda jism suyuqlikning istalgan joyida muvozanatda bo’la oladi; 3)agar og’irlik kuchi arximed kuchidan kichik bo’lsa, u holdg jism suyuqlikdan ko’tarila boshlaydi, «qalqib chiqadi». Bu oxirgi holni birmuncha mufassal ko’rib chiqamiz. Qalqib chiquvchi jism suyuqlik sirtiga yetganda uning bundan keyingi yuqoriga tomon qiladigan harakatida arximed kuchi kamayadi. Nima uchun? Shuning uchunki, bunda jismning suyuqlikka botgan qismining hajmi kamayadi, arximed kuchi esa jism botgan qismining hajmicha suyuqlik og’irligiga teng. Arximed kuchi og’irlik kuchiga teng bo’lganda jism ko’tarilishdan to’xtaydi va qisman suyuqlik ichiga botgan holda suyuqlik sirtida suzib yuradi. 31 Olingan xulosani tajribada tekshirib ko’rish oson. Jo’mrakli idishga yon tomonidagi jo’mragi sathigacha suv quyiladi. Shundan so’ng og’irligi havoda oldindan o’lchangan suzuvchi jism idishga tushiriladi (quyidagi rasm). Jism suvga tushgach, o’zining suvga botgan qismi hajmiga teng hajmdagi suvni siqib chiqaradi. Bu suvni tortib, uning og’irligi (arximed kuchi) suzuvchi jismga ta’sir qiluvchi og’irlik kuchiga, yoki bu jismning havodagi og’irligiga teng ekani topiladi. Turli suyuqliklarda - suvda, spirtda, tuz eritmasida suzib yuruvchi istalgan boshqa bir jism bilan shunday tajribalar o’tkazib, suzib yuruvchi jismning siqib chiqargan og’irligi shu jismning havodagi og’irligiga teng ekaniga ishonch hosil qilish mumkin. Agar yaxlit qattiq jismning zichligi suyuqlik zinligidan katta bo’lsa, bu holda jism bunday suyuqlikda cho’kishini isbotlash oson. Zichligi kam bo’lgan jism esa bu suyuqlikda suzib yuradi. Zichligi suyuqlik zichligiga teng bo’lgan jism esa suyuqlikning ichida muvozanatda bo’ladi. Masalan, bir bo’lak temir suvda cho’kadi, ammo simobda suzib yuradi. Muz ham suv yuzida suzib yuradi, chunki uning zichligi suvning zichligidan kam . Jismning zichligi suyuqlik zichligiga nisbatan qanchalik kam bo’lsa, jismning shunchalik oz qismi suyuqlikka botadi. Ikkita aralashmaydigan suyuqlik, masalan, suv va kerosin idishda o’z zichliklariga mos holda joylashadi: idishning ostki qismida zichligi ko’proq bo’lgan suv, ustida - zichligi kamroq bo’lgan kerosin joylashadi. 1. Suzib yuruvchi jism siqib chiqargan suyuqlikning og’irligi hamma vaqt havodagi jism og’irligiga teng ekanini tajribada qanday isbotlash mumkin? 2. Suyuqlik sirtida suzib yuruvchi jismgata’sir qilayotgan itarib chiqaruvchi kuch nimaga teng? 3. Suyuqlikda turgan jism qachon qalqib chiqadi? Qachon suzib yuradi? Qachon cho’kadi? 4. Suzib yuruvchi jismning suyuqlikka botish chuqurligi uning zichligiga qanday bog’liq bo’ladi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling