1. tabiat va inson


 SUYUQLIK VA GAZNING O’ZIGA BOTIRILGAN


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

47. SUYUQLIK VA GAZNING O’ZIGA BOTIRILGAN 
JISMGA KO’RSATADIGAN TA’SIRI 
Biz havoda qiynalib ko’tara oladigan toshni suv tubida 
osongina ko’tara olamiz. Agar probkani suv tagiga 
tushirib uni qo’ldan chiqarib yuborsak u holda probka 
suv yuziga qalqib chiqadi. Bu hodisalarni qanday 
tushuntirish mumkin? 
Biz suyuqlikning idish tubiga va devorlariga bo’lgan 
bosimini bilamiz; agar suyuqlik ichiga biror qattiq jism 
tushirilsa, unga ham suyuqlik bosim beradi. 
Suyuqlikning o’ziga botirilgan jismga ko’rsatgan 
bosim kuchini ko’rib chiqaylik. Muhokama qilish osonroq 
bo’lishi uchun parallelepiped shaklidagi jismni tanlab 
olamiz (quyidagi rasm). Bu jismning asoslari suyuqlik 
sirtiga parallel bo’lsin. Jismning yon yoqlariga ta’sir 
qiluvchi bosim kuchlari juft-jufti bilan o’zaro teng va 
bir-birini muvozanatlaydi. Bu kuchlar ta’sirida jism 
faqat siqiladi. Jismning ustki va ostki yoqlariga ta’sir 
qiluvchi kuchlar bir xil emas. Jismning ustki yog’iga 
balandligi h
1
bo’lgan suyuqlik ustuni F
1
kuch bilan 
yuqoridan bosadi. Jismning ostki yog’iga balandligi h
2
bo’lgan suyuqlik ustuni bosadi. Bu bosimning suyuqlik 
ichida hamma tomonga o’zatilishini biz bilamiz. Demak, 
jismning ostki yog’iga balandligi h
2
bo’l-gan suyuqlik 
ustuni pastdan yuqoriga F
2
kuch bilan bosadi. Ammo h
2
balandlik h
1
dan katta, binobarin, F
2
kuchning moduli ham 
F
1
kuchning muodulidan katta. Shuning uchun jism 
kuchlarning F
2
-F

ayirmasiga teng bo’lgan F kuch bilan 
suyuqlik ichidan itarib chiqariladi. 
Suyuqlik ichidan jismni itarib chiqaruvchi kuch borligini 
tajribada ko’rish oson.
Yuqoridagi rasmda uchida stryelka ko’rsatkichi 
bo’lgan prujinaga osib quyilgan jism tasvirlangan. 
Prujinaning cho’zilishini shtativda stryelka-ko’rsatkich 
qayd qiladi. Jismni suvga tushirganda prujina qisqaradi 
(yuqoridagi rasm). Agar jismga uning tagidan yuqoriga 
tomon biror kuch bilan, masalan, qo’l bilan ta’sir etilsa 
ham prujina xuddi shunday qisqarishi mumkin. 
Demak suyuqlik ichidagi jismga uni suyuqlikdan itarib 
chiqaruvchi kuch ta’sir etishini tajriba tasdiqlaydi. 
Gazlarning ko’p tomondan suyuqliklarga o’x-
shashligini biz bilamiz. Paskal qonuni gazlarga ham 
tatbiq etiladi. Shuning uchun gaz ichida turgan jismlarga 
ham ularni gaz ichidan itarib chiqaruvchi kuch ta’sir qiladi. 
Xuddi shu kuch ta’siri ostida havo sharlari yuqoriga
ko’tariladi. Jismni gaz ichidan itarib chiqaruvchi kuch 
mavjud ekanligini ham tajri-bada kuzatish mumkin.
Jismni suyuqlik yoki gaz ichidan itarib chiqaruvchi 
kuch shu jismga qo’yilgan og’irlik kuchi yo’nalishiga 
qarama-qarshi yo’nalgan bo’ladi, shuning uchun biror 
jism suyuqlik yoki gaz ichida tortilganda uning og’irligi 
vakuumdagi (bo’shliqdagi) og’irligidan bu kuch 
kattaligicha kam bo’ladi. Biz havoda qiynalib ko’tara 
oladigan toshni suv tubida osongina ko’tarishimizni xuddi 
shuning bilan tushuntirish mumkin. 
1.Sizga turmushdan ma’lum bo’lgan qanday hodisalar 
itarib chiqaruvchi kuch mavjudligini ko’rsatadi? 2. 
Suyuqlik ichiga botirilgan jismga ta’sir qiluvchi itarish 
kuchi borligini Paskal qonuniga asoslanib qanday 
isbotlash mumkin? 3. Suyuqlik ichida turgan jismga itarib 
chiqaruvchi kuch ta’sir qilishini tajribada qanday 
ko’rsatish mumkin? 4. Gaz ichida turgan jismga ham 
itarib chiqaruvchi kuch ta’sir qilishini tajribada qanday 
ko’rsatish mumkin? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling