1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
55. RICHAG. RICHAGDA KUCHLAR
MUVOZANATI Richag qo’zgalmas tayanch atrofida aylana oladigan qattiq jismdir. Quyidagirasmda ishchi yukni ko’tarishda lomni richag sifatida qanday ishlatayotgani ko’rsatilgan. Birinchi holda (a) ishchi F kuch bilan lomning B uchidan pastga qarab bosayotgani, ikkinchisida (b) esa B uchini ko’tarayotgann ko’rsatilgan. Ishchi vertikal pastga yo’nalgan kuchni, ya’ni yukning og’irligi P ni yengishi kerak. Buning uchun u lomni uning yagona qo’zgalmas nuqtasi, ya’ni uning O tayanch nuqtasi orqali o’tuvchi o’q atrofida aylantiradi. Ishchining ikkala holda ham richagga ta’sir qilayotgan F kuchi P kuchdan kam, ya’ni ishchi kuchdan yutadi deb aytiladi. Shunday qilib, richag yordamida richagsiz ko’tarish mumkin bo’lmagan og’ir yuklarni ko’ta rish mumkin. Quyidagi rasmda O aylanish o’qi (tayanch nuqtasi) kuchlar qo’yilgan A va B nuqtalar orasida joylashgan richag tasvirlangan. Quyidagi rasmda bu richagning sxemasi ko’rsatilgan. Richagga F 1 va F 2 kuchlar bir tomnga yo’nalgan. Richagga qo’yilgan kuchning ta’sir chizig’i bilan tayanch nuqtasi orasidagi eng qisqa masofa kuchning yelkasi deyiladi. Kuch yelkasini topish uchun tayanch nushtasidan kuchning ta’sir chizig’iga perpendikulyar tushirish kerak. Bu perpendikulyarning uzunligi o’sha kuchning yelkasi bo’ladi. Yuqoridagi rasmda OA kesma – F 1 kuchning yelkasi; OB kesma - F 2 kuchning yelkasi ekanligi ko’rinib turibdi. Richagga ta’sir qiluvchi kuchlar uni o’q atrofida ikki yo’na-lishda: soat stryelkasining yurishi yo’nalishida yoki unga qarshi yo’nalishda aylantirishi mumkin. Masalan, F 1 kuch (yuqoridagi rasm) richagni soat stryelkasining yurishi yo’nalishida aylantiradi, F 2 kuch esa uni soat stryelkasi yurishiga qarshi yo’nalishda aylantiradi. Qo’yilgan kuchlar ta’sirida richagning muvoza-natda bo’lish shartini tajribada aniqlash mumkin. Bunda kuchlarning ta’sir natijasi faqat uning son qiymatiga (moduliga) bog’liq bo’lmay, balki u jismning qanday nuqtasiga quyilganiga va qanday yo’nalganligiga ham bog’liq ekanini esda saqlash kerak. Richagga (yuqoridagi rasm) uning tayanch nuqtasidan har ikki tomonga, richag har safar muvozanatda bo’ladigan qilib, turli yuklar osiladi. Richagga ta’sir etuvchi kuchlar bu yuklarning og’irligiga teng. Har bir hol uchun kuchlarning moduli va ularning yelkasi o’lchanadi. Yuqoridagi rasmda 2 N kuchning 4 N kuchni muvozanatlashi ko’rsatilgan. Bunda, rasmdan ko’rinishicha, kichik kuchning yelkasi katta kuchning yelkasidan 2 marta ortiq. Shunday tajribalarga asoslanib, richagning muvozanat sharti (qoidasi) aniqlangan: richagga ta’sir qiluvchi kuchlar shu kuch yelkalariga teskari proporstional bo’lganda richag muvozanatda bo’ladi. Bu qoidani formula ko’rinishida quyidagicha yozish mumkin: 1 2 2 1 l l F F , bunda F 1 va F 2 – richagga ta’sir qiluvchi 35 kuchlar, l 1 va l 2 – bu kuchlarning yelkalari (yuqoridagi rasm) Richagning muvozanat qoidasi Arximed tomonidan aniqlangan. Bu qoidadan richag yordamida kichkina kuch bilan katta kuchni muvozanatlab turish, buning uchun yelkalarni ma’lum uzunlikda tanlab olish kerakligi ko’rinib turibdi. 1. Richagning o’zi nima? 2. Kuch yelkasi deb nimaga aytiladi? 3. Kuch yelkasi qanday topiladi? 4. Kuchlar richagga qanday ta’sir ko’rsatadi? 5. Richagning muvozanat qoidasi nimadan iborat? 6. Richagning muvozanat qoidasi kim tomonidan aniqlangan? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling