1. tabiat va inson
-mashq 56. RICHAGNING MUVOZANAT QONUNINING
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 57. ODDIY MEXANIZMLAR QO’LLANIL- GANDA ISHLARNING TENGLIGI. MEXANIKANING «OLTIN QOIDASI»
30-mashq
56. RICHAGNING MUVOZANAT QONUNINING BLOKDA QO’LLANILISHI Blok oboymaga mahkamlangan g’ildirak bo’lib, uning aylanasi nov shaklida uyilgan bo’ladi (quyidagi rasm) . Blokning novi orqali ip, arqon yoki zanjir o’tkaziladi. O’qi mahkamlangan va yukni ko’targanda o’qi ko’tarilmaydigan va pasaymaydigan blok ko’chmas blok deb ataladi (yuqoridagi rasm). Ko’chmas blokni kuch yelkalari g’ildirak radiusiga teng bo’lgan teng yelkali richag deb qarash mumkin (yuqoridagi rasm): OA = OB =r. Bunday blok kuchdan yutuq bermaydi (P=F), ammo kuch ta’siri yo’nalishini o’zgartirishga imkon beradi. Quyidagi rasmda ko’char blok (o’qi yuk bilan b i r g a ko’tariladigan va tushadigan blok), quyidagi rasmda esa unga mos richag tasvirlangan: O – richagning tayanch nuqtasi, OA kesma P kuchning yelkasi va OB kesma -F kuchning yelkasi. OB yelka OA yelkadan 2 marta uzun bo’lgani uchun F kuch P kuchdan 2 marta kichik bo’ladi: Shunday qilib, ko’char blok kuchdan 2 marta yutuq beradi. Ko’pincha amalda ko’chmas blok bilan ko’char blok kombinastiyasi qo’llaniladi (yuqoridagi rasm). 1. Qanday blok ko’chmas blok qandayi ko’char blok deyiladi? 2. Ko’chmas blok nima maqsadda qo’lla- niladi? 3. Ko’char blok kuchdan qancha yutuq beradi? 4. Ko’chmas va ko’char bloklarni richaglar deb qarash mumkinmi? 5. Bloklarning qo’llanilishiga misollar keltiring. 57. ODDIY MEXANIZMLAR QO’LLANIL- GANDA ISHLARNING TENGLIGI. MEXANIKANING «OLTIN QOIDASI» Biz ko’rib o’tgan oddiy mexanizmlar bitta kuchning ta’sirida boshqa kuchni muvozanatlash lozim bo’lgan hollarda ish bajarilganda qo’llaniladi. Shunday savol tugilishi tabiiy: oddiy mexanizm-lar kuchdan yoki yo’ldan yutuq bersa, ishdan ham yutuq bermasmikan? Bu qo’yilgan savolga javobni tajribadan olish mumkin. Richagda moduli jihatidan har xil bo’lgan qandaydir ikkita F 1 va F 2 kuchni (quyidagi rasm) muvozanatlab, richag harakatga keltirilariladi. Bunda ayni bir vaqt ichida kichik F 2 kuchning qo’yilgan nuqtasi katta S 2 yo’l o’tadi, katta F 1 kuchning qo’yilgan nuqtasi kichik S 1 yo’l o’tadi. Bu yo’llarni va kuch modullarini o’lchab richagda kuchlar qo’yilgan nuqtalarning o’tgan yo’llari uzunligi kuchlar kattaligiga teskari proporstional ekanligini topamiz, ya’ni: 1 2 2 1 F F S S . Shunday qilib, richagning uzun yelkali tomoniga ta’sir qilib, kuchdan yutamiz, ammo bunda yo’l uzunligidan shuncha marta yutqazamiz. Kuchning yo’lga ko’paytmasi ishni ifodalaydi. Bizning tajribalar richagning ikkala uchida bajarilgan ishlar o’zaro teng ekanini ko’rsatadi: 2 2 1 1 S F S F , ya’ni 2 1 A A . Shunday qilib, richagdan foydalanilganda ishdan yutilmaydi. Richagdan foydalanganimizda yoki kuchdan, yoki masofadan yutishimiz mumkin. Agar kuchni uzun yelkanli tomonga qo’ysak bu holda kuchdan yutamiz, ammo masofadan shuncha marta yutqazamiz. Richagning qisqa yelkasiga kuch bilan ta’sir etsak masofadan yutamiz, ammo kuchdan shuncha marta yutqazamiz. Ko’chmas blok ham ishdan yutuq bermaydi, bunga tajribada ishonch hosil qilish mumkin (quyidagi rasm). P va F kuchlar qo’yilgan nuqtalar-ning o’tgan yo’llari bir xil, kuchlar ham bir xil va, demak ishlar ham bir xil. 36 Ko’char blok yordamida bajariladigan ishlarni o’lchash va o’zaro taqqoslash mumkin. Ko’char blok yordamida yukni h balandlikka ko’tarish uchun, tajribaning ko’rsatishicha (yuqoridagi rasm) arqonning dinamometr biriktirilgan uchini 2h balandlikka ko’tarish zarur. Shunday qilib, kuchdan 2 marta yutib, yo’ldan 2 marta yutqazamiz, demak ko’char blok ham ishdan yutuq bermaydi Ko’p asrlik amaliy ishlar hech bir mexanizm ishdan yutuq bermasligini ko’rsatdi. Ish sharoitiga qarab kuchdan yoki yo’ldan yutish uchun turli mexanizm-lar qo’llaniladi. Hamma mexanizmlarga qo’llanilishi mumkin bo’lgan qoida qadimgi olimlarga ham md’lum edi: kuchdan necha marta yutsak masofadan shuncha marta yutqazamiz. Bu qoida mexanikaning «oltin qoidasi» deb ataladi. 1. Richagga ta’sir qiluvchi kuchlar bilan bu kuchlar yelkalari orasida qanday munosabat mavjud? 2. Richagda kuch qo’yilgan nuqtalarning o’tgan yo’li bilan bu kuchlar orasida qanday munosabat mavjud? 3. Kuchdan yutish mumkin bo’lgan richagdan foydalanilganda nimadan yutqaziladi? 4. Yuk ko’tarishda ko’char blokdan foydalanilganda yo’ldan necha marta yutqaziladi? 5. Mexanikaning «oltin qoidasi» nimadan iborat? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling