1. tabiat va inson


-mashq  56. RICHAGNING MUVOZANAT QONUNINING


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/53
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678700
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
Bog'liq
7-sinf (fizika)

30-mashq 
56. RICHAGNING MUVOZANAT QONUNINING
BLOKDA QO’LLANILISHI 
Blok oboymaga mahkamlangan g’ildirak bo’lib, uning 
aylanasi nov shaklida uyilgan bo’ladi (quyidagi 
rasm) . Blokning novi orqali ip, arqon yoki zanjir 
o’tkaziladi. 
O’qi mahkamlangan va yukni ko’targanda o’qi 
ko’tarilmaydigan va pasaymaydigan blok ko’chmas blok 
deb ataladi (yuqoridagi rasm). Ko’chmas blokni kuch 
yelkalari g’ildirak radiusiga teng bo’lgan teng yelkali 
richag deb qarash mumkin (yuqoridagi rasm): OA = OB 
=r. Bunday blok kuchdan yutuq bermaydi (P=F), ammo 
kuch ta’siri yo’nalishini o’zgartirishga imkon beradi. 
Quyidagi rasmda ko’char blok (o’qi yuk bilan b i r g a
ko’tariladigan va tushadigan blok), quyidagi rasmda esa 
unga mos richag tasvirlangan: O – richagning tayanch 
nuqtasi, OA kesma P kuchning yelkasi va OB kesma -F 
kuchning yelkasi. OB yelka OA yelkadan 2 marta uzun 
bo’lgani uchun F kuch P kuchdan 2 marta kichik bo’ladi: 
Shunday qilib, ko’char blok kuchdan 2 marta yutuq
beradi. 
Ko’pincha amalda ko’chmas blok bilan ko’char blok 
kombinastiyasi qo’llaniladi (yuqoridagi rasm). 
1. Qanday blok ko’chmas blok qandayi ko’char blok 
deyiladi? 2. Ko’chmas blok nima maqsadda qo’lla-
niladi? 3. Ko’char blok kuchdan qancha yutuq beradi? 4. 
Ko’chmas va ko’char bloklarni richaglar deb qarash 
mumkinmi? 5. Bloklarning qo’llanilishiga misollar 
keltiring. 
57. ODDIY MEXANIZMLAR QO’LLANIL-
GANDA ISHLARNING TENGLIGI. 
MEXANIKANING «OLTIN QOIDASI» 
Biz ko’rib o’tgan oddiy mexanizmlar bitta kuchning 
ta’sirida boshqa kuchni muvozanatlash lozim bo’lgan 
hollarda ish bajarilganda qo’llaniladi. 
Shunday savol tugilishi tabiiy: oddiy mexanizm-lar 
kuchdan yoki yo’ldan yutuq bersa, ishdan ham yutuq 
bermasmikan? Bu qo’yilgan savolga javobni tajribadan 
olish mumkin. 
Richagda moduli jihatidan har xil bo’lgan qandaydir 
ikkita F
1
va F
2
kuchni (quyidagi rasm) muvozanatlab, 
richag harakatga keltirilariladi. Bunda ayni bir vaqt 
ichida kichik F
2
kuchning qo’yilgan nuqtasi katta S
2
yo’l 
o’tadi, katta F
1
kuchning qo’yilgan nuqtasi kichik S
1
yo’l 
o’tadi. Bu yo’llarni va kuch modullarini o’lchab 
richagda kuchlar qo’yilgan nuqtalarning o’tgan yo’llari 
uzunligi kuchlar kattaligiga teskari proporstional 
ekanligini topamiz, ya’ni: 
1
2
2
1
F
F
S
S


Shunday qilib, richagning uzun yelkali tomoniga 
ta’sir qilib, kuchdan yutamiz, ammo bunda yo’l 
uzunligidan shuncha marta yutqazamiz. 
Kuchning yo’lga ko’paytmasi ishni ifodalaydi. 
Bizning tajribalar richagning ikkala uchida bajarilgan 
ishlar o’zaro teng ekanini ko’rsatadi: 
2
2
1
1
S
F
S
F

, ya’ni 
2
1
A
A


Shunday qilib, richagdan foydalanilganda ishdan 
yutilmaydi. Richagdan foydalanganimizda yoki 
kuchdan, yoki masofadan yutishimiz mumkin. Agar 
kuchni uzun yelkanli tomonga qo’ysak bu holda 
kuchdan yutamiz, ammo masofadan shuncha marta 
yutqazamiz. Richagning qisqa yelkasiga kuch bilan ta’sir 
etsak masofadan yutamiz, ammo kuchdan shuncha marta 
yutqazamiz. 
Ko’chmas blok ham ishdan yutuq bermaydi, bunga 
tajribada ishonch hosil qilish mumkin (quyidagi rasm). P 
va F kuchlar qo’yilgan nuqtalar-ning o’tgan yo’llari bir 
xil, kuchlar ham bir xil va, demak ishlar ham bir xil. 


36 
Ko’char blok yordamida bajariladigan ishlarni 
o’lchash va o’zaro taqqoslash mumkin. Ko’char blok 
yordamida yukni h balandlikka ko’tarish uchun, 
tajribaning ko’rsatishicha (yuqoridagi rasm) arqonning 
dinamometr biriktirilgan uchini 2h balandlikka ko’tarish 
zarur. Shunday qilib, kuchdan 2 marta yutib, yo’ldan 2 
marta yutqazamiz, demak ko’char blok ham ishdan 
yutuq bermaydi 
Ko’p asrlik amaliy ishlar hech bir mexanizm ishdan 
yutuq bermasligini ko’rsatdi. Ish sharoitiga qarab 
kuchdan yoki yo’ldan yutish uchun turli mexanizm-lar 
qo’llaniladi. 
Hamma mexanizmlarga qo’llanilishi mumkin bo’lgan 
qoida qadimgi olimlarga ham md’lum edi: kuchdan 
necha marta yutsak masofadan shuncha marta 
yutqazamiz. Bu qoida mexanikaning «oltin qoidasi» deb 
ataladi. 
1. Richagga ta’sir qiluvchi kuchlar bilan bu
kuchlar yelkalari orasida qanday munosabat mavjud? 2. 
Richagda kuch qo’yilgan nuqtalarning o’tgan yo’li bilan 
bu kuchlar orasida qanday munosabat mavjud? 3. 
Kuchdan yutish mumkin bo’lgan richagdan 
foydalanilganda nimadan yutqaziladi? 4. Yuk 
ko’tarishda ko’char blokdan foydalanilganda yo’ldan 
necha marta yutqaziladi? 5. Mexanikaning «oltin 
qoidasi» nimadan iborat? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling