1. tabiat va inson
POTENSIAL VA KINETIK ENYERGIYA
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
60. POTENSIAL VA KINETIK ENYERGIYA
O’zaro ta’sir qiluvchi jismlarning yoki ayni bir jism qismlarining bir-biriga nisbatan vaziyatiga qarab aniqanadigan enyergiya potensial enyergiya deb ataladi. Masalan, yerga nisbatan yuqori ko’tarilgan jism-ning potensial enyergiyasi bo’ladi, chunki jismning enyergiyasi jismning va Yerning o’zaro holatiga hamda ularning o’zaro tortishishiga bog’lik. Yerda yotgan jismning potensial enyergiyasini nolga teng deb olamiz. Bu holda biror balandlikka ko’tarilgan-jismning potensial enyergiyasi bu jismning yerga tushishida og’irlik kuchining bajargan ishi bilan o’lchanadi. Bizga ma’lumki, ish kuchning yo’lga ko’paytma-siga teng, ya’ni Fh A , bunda F – og’irlik kuchi. Demak, bu holda potensial enyergiya E p Fh E p yoki mgh E p gat eng. Daryoda to’g’on qurib yuqori ko’tarilgan suv juda katta potensial enyergiyaga ega bo’ladi. Bu suv pastga tushayotganida elektr stansiyadagi quvvatli turbinalarni harakatga keltirib ish bajaradi. Kopyorning potensial enyergiyasidan qu’rilish-larda qoziqoyoqlar qoqishda foydalaniladi. Prujinali eshikni ochganda prujinani cho’zish (yoki siqish) uchun ish bajariladi. O’ziga olgan enyergiyasi hisobiga prujina qisqarayotganda (yoki cho’zilayotganda) eshikni yopib ish bajaradi. Siqilgan va buralgan prujinalar enyergiyasi miltiqlarda udarnikni boyog’i bilan birga harakatga keltirishda, qo’l soatlarida va burab yuritiladigan turli- tuman o’yinchoqlarda qo’llaniladi. Deformastiyalangan har qanday elastik jism potensial enyergiyaga ega bo’ladi. Siqilgan gazning potensial enyergiyasidan issiqlik dvigatellari ishida, tog’ sanoati, yo’l qurilishlari, qattiq yerni qazish va shunga o’xshash ishlarda keng qo’llaniladigan otboy bolg’alarda foydalaniladi. Gaz qanchalik kuchli siqilgan bo’lsa, u shunchalik ko’p potensial enyergiyaga ega bo’ladi, demak kengayayotgan vaqtda shunchalik ko’p ish bajarishi mumkin. Jism o’zining harakati tufayli hosil qiladigan enyergiyasi kinetik enyergiya deb ataladi. Oqar suv gidroelektr stansiya turbinalarini aylan-tirib, o’zining kinetik enyergiyasini sarf qiladi va ish bajaradi. Harakatlanayotgan havo - shamolning ham kinetik enyergiyasi bo’ladi. Kinetik energiya nimaga bog’liq” Tajribaga murojaat qilamiz. Agar A sharcha turli balandliklardan dumalatsak, u holda sharcha qanchalik baland joydan dumalab tushsa, uning tezligi suncha katta va brusokni uzoq joyga suradi, ya’ni shuncha ko’p ish bajaradi. Uchib ketayotgan o’q tezligi tufayli katta kinetik enyergiyaga ega bo’ladi. Jismning kinetik enyergiyasi uning massasiga bog’liq. Yana tajribaga murojaat qilamiz (yuqoridagi rasmga qarang). Bunda qiya tekislikdan ikkinchi sharchani - katta massali sharchani dumalatamiz. Brusok B ko’proq siljiydi, ya’ni ko’proq ish bajariladi. Demak ikkinchi sharchaning kinetik enyergiyasi birinchi sharchanikidan katta. Jismning massasi va uning harakat tezligi qanchalik katta bo’lsa, uning kinetik enyergiyasi shuncha katta bo’ladi. Jismning kinetik enyergiyasidan texnikada foydalaniladi. To’g’on bilan ko’tarilgan suv, yuqorida aytilgandek katta potensial enyergiyaga ega bo’ladi. To’g’ondan tushib kelayotgan suv juda katta kinetik enyergiyaga ega bo’ladi. Bu energiya elektr toki 38 generatoriga ulangan turbinani harakatga keltiradi. Suvning kinetik enyergiyasi hisobiga elektr enyergiyasi ishlab chiqariladi. Tabiatdagi hamma jismlar shartli nol qiymatga nisbatan yoki potensial, yoki kinetik energiyaga, ammo ko’pincha bir vaqtning o’zida ikkalasiga ham ega bo’ladilar. Masalan, uchayotgan samolyot Yerga nisbatan ham kinetik ham potensial energiyaga ega bo’ladi. Biz mexanik energiyaning ikki turi bilan tanishdik. Energiyaning boshqa turlari (elektr, ximiyaviy va boshqalar) fizika kursining boshqa bo’limlarida o’rganiladi. 1. Qanday energiya potensial energiya deyiladi? 2. Potensial energiyaga ega bo’lgan jismlarga misollar keltiring. 3. Qanday holda jism potensial energiyasi nolga teng deb olinadi? 4. Yer sirtiga nisbatan biror balandlikka ko’tarilgan jism potensial energiyasining o’lchovi nimadan iborat? 5. Deformastiyalangan prujina potensial enyergiyaga ega bo’lishini qanday ko’rsatish mumkin? 6. Kinetik enyergiya deb qanday enyergiyaga aytiladi? 7. Jismning kinetik enyergiyasi qanday holda nolga teng bo’ladi? 8. Jism kinetik enyergiyaga ega bo’lgan hollarni aytib bering.9. Uchib ketayotgan samolyot Yerga nisbatan qanday enyergiyalarga ega bo’ladi? 10. To’g’on qilib yuqoriga ko’tarilgan suv va to’g’ondan tushayotgan suv qanday enyergiyaga ega bo’ladi? 11.Oqar suvning kinetik enyergi-yasidan kayerlarda foydalaniladi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling