1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
31-mashq
1. Ko’char blok yordamida yuk 1,5 m balandlikka ko’tarildi. Bunda arqonning bo’sh uchidan qancha uzunlikda tortilgan? 2. Ko’char blok yordamida yuk 7 m balandlikka ko’tarildi. Yukni ko’tarishda ishchi arqonning uchidan 160 N kuch bilan tortgan bo’lsa, bu yukni ko’tarishda u qancha ish bajargan? Agar ishchi bu yukni 7 m balandlikka bloksiz ko’tarsa, u qancha ish bajaradi? (Blokning og’irligini va ishqalanish kuchini hisobga olmang). 3. Yo’ldan yutish uchun blokdan qanday foydalanish kerak? 4. Kuchdan 4 marta, 6 marta yutish uchun kuchmas va ko’char bloklarni bir-biriga qanday birlashtirish mumkin? 58. MEXANIZMNING FOYDALI ISH KOEFFITSIYENTI Richagning tuzilishi va ishlashini ko’rib chiqqanda biz ishqalanishni, shuningdek richag og’irligini hisobga olmadik. Bu juda yaxshi (ideal) sharoitda qo’yilgan kuchning bajargan ishi (bu ishni butun ish deb ataymiz) yukni ko’tarishda yoki biror qarshilik-ni yengishda bajarilgan foydali ishga tengdir. Amalda mexanizm yordamida bajarilgan butun ish foydali ishdan hamma vaqt bir oz ortiq bo’ladi. Ishning bir qismi mexanizmdagi ishqalanishni yengish va uning ayrim qismlarini siljitishga sarf bo’ladi. Masalan, yukni ko’tarishda ko’char blok qo’llanil-ganda, blok va arqonni ko’tarish hamda blok o’qidagi ishqalanishni yengish uchun qo’shimcha ish bajarishga to’g’ri keladi. Biz qanday mexanizm olmaylik uning yordamida bajarilgan, foydali ish kamma vaqt butun ishning faqat bir qisminigina tashkil qiladi. Demak foydali ishni A f bilan, butun ishni A bilan belgilab, quyida-gini yozish mumkin: A f 1 A A f . Foydali ishning butun ishga nisbati mexanizmning foydali ish koeffistiyenti deb ataladi. Foydali ish koeffistenti qisqacha FIK deb belgilanadi: A A FIK f . FIK odatda prostent hisobida ifoda qilinadi: % 100 A A FIK f . M i s o l. Richagning qisqa yelkasiga massasi 100 kg bo’lgan yuq osib qo’yilgan. Uni ko’tarish uchun uzun yelkasiga 250 N kuch quyildi. Yuk h 1 = 0,08 m balandlikka ko’tarildi, bunda harakatlantiruvchi kuch qo’yilgan nuqta h 2 =0,4 m qadar pasaydi. Richagning FIK ni toping. A f =100∙10∙0,08=80J A=100∙10∙10=100 J % 80 100 100 80 % 100 A A FIK f . 1.Qanday ish foydali ish deb, qaysi biri butun ish deb ataladi? 2. Og’ir yuklarni ko’tarish va boshqa qarshiliklarni yengishda mexanizmlardan foydalanganimizda nima uchun foydali ish butun ishga teng bo’lmaydi? 3. Mexanizmning foydali ish koeffitsiyenti deb nimaga aytiladi? 4. FIK birdan katta bo’lishi mumkinmi? Javobingizni asoslab bering. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling