1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 53. QUVVAT. QUVVAT BIRLIKLARI
28-mashq
1. Quyida keltirilgan hollardan qaysilarida mexanik ish bajariladi: bola daraxtga chiqmokda; qizcha pianino chalmoqda; kishi qopdagi donni yelkasida ko’tarib turibdi; ishchi yelkasi bilan eshikni itarib turibdi; suv idish devoriga bosmoqda. 2. Sillik gorizontal muz ustida po’lat sharcha dumalab ketmoqda. Sharchaning harakatiga qarshilik (muzga ishqalanish, havoning qarshiligi) yo’q deylik. Bunda ish bajariladimi? 3. Ko’tarish krani yordamida massasi 2500 kg bo’lgan yo’q 12 m balandlikka ko’tarildi. Bunda qancha ish bajarilgan? 4. Massasi 20 t bo’lgan gidravlik bolg’a 120 sm balandlikka ko’tarilganda qancha ish bajariladi? 5. Elektrovoz massasi 3000 t bo’lgan sostavni uzunligi 5 km bo’lgan gorizontal yo’lda bir tekisda harakatlantirib bormoqda. Agar ishqalanish kuchi sostav og’irligining 0,003 qismini tashkil etsa, elektrovoz yo’lning shu qismida bajargan ishini aniqlang. 53. QUVVAT. QUVVAT BIRLIKLARI Bir xil ishni turli dvigatellar bajarishi uchun turlicha vaqt talab qilinadi. Masalan, qurilishdagi ko’tarish krani binoning yuqorigi qavatiga bir necha yuz g’ishtni bir necha minutda ko’tarib chiqaradi. Agar shu g’ishtlarni ishchi ko’tarib chiqqanda edi, buning uchun butun bir ish kuni ishlashga to’g’ri kelardi. Ikkinchi misol. 1 gektar yerni ot 10—12 soatda haydaydi. Ko’p lemexli plug tirkalgan traktor esa xuddi shu ishni 40—50 minutda bajaradi. Ko’tarish krani bir ishning o’zini ishchiga qaraganda tezroq traktor esa otga qaraganda tezroq bajarishi ko’rinib turibdi. Ish bajarish tezligi texnikada quvvat deb atalgan maxsus kattalik bilan xarakterlanadi. Quvvat ishni, uni bajarishga ketgan vaqtga nisbatiga teng. Quvvatni hisoblash uchun ishni bu ishni bajarish-ga ketgan vaqtga bo’lish kerak: vaqt ish quvvat yoki t A N , bunda N –quvvat, A-ish, t-ishning bajarilish vaqti. Quvvat birligi 1 s da 1 J ish bajara oladigan quvvat qabul qilingan. Bu birlikni, bug’ mashinasini kashf etgan ingliz olimi Yatt sharafiga vatt (Vt deb belgilanadi) deyiladi. Shunday qilib, sekund joul vatt 1 1 1 yoki s j Vt 1 1 1 Texnikada quvvatning bir muncha yirik birliklari kilovatt (kVt), megavatt (Vt) ko’p qo’llaniladi. 1kVt=1000 Vt; MVt=1000000 Vt Misol. Tushish balandligi 25 m va minutiga 120 m 3 suv sarflanadigan to’g’on orqali tushayotgan suv oqimi quvvatini toping. Oldin ish ni topamiz. Vgh mgh FS A J 30000000 25 10 120 1000 . MVt Vt t A N 5 , 0 500000 60 30000000 Turli dvigatellar kilovattning yuzdan va o’ndan bir ulushlaridan tortib (elektr ustara, tikuv mashinasi dvigatellari) bir necha yuz ming kilovatt (suv va bug’ turbinalari) quvvatga ega bo’ladi. Har bir dvigatelda jadvalcha (dvigatelning pasporti) bo’ladi, unda dvigatel haqida ayrim ma’lumotlar, jumladan, uning quvvati ko’rsatilgan bo’ladi. Normal sharoitda ishlab turgan odamning quvvati o’rtacha 70—80 Vt ga teng. Sakrayotganida, narvonga chopib chiqishda odam quvvatini 730 Vt gacha, ayrim hollarda esa bundan ham oshirishi mumkin. Dvigatel quvvatini bilgan holda biror vaqt oralig’ida bu dvigatel bajargan ishni hisoblash mumkin. M i s o l. Uy ventilyatorining dvigateli 35 Vt quvvatga ega. U 10 minutda qancha ish bajaradi? kJ J Nt A 21 21000 600 35 . 1. Quvvat nimani ko’rsatadi? 2. Quvvatni ish va vaqtni bilgan holda qanday hisoblash mumkin? 3. Quvvat birligi deb nimaga aytiladi? 4. Texnikada quvvatning qanday birliklari qo’llaniladi? 5.Quvvatni va ish vaqtini bilgan holda ishni qanday hisoblash mumkin? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling