1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
51. HAVODA SUZISH
Qadim zamonlardan beri odamlar bulutlardan yuqorida uchish, dengizda suzgan kabi; havo okeanida suzish orzusida keldilar. Havoda suzish uchun dastlab havo sharlaridan foydalan-ganlar. Havo sharlari ilgari issiq havo bilan to’ldirilar edi, hozir vodorod yoki geliy gazlari bilan to’ldiriladi. Normal bosimda 1 m 3 vodorodning og’irligi atigi 0,9 N, geliyniki 1,8 N, 1 m 3 havoning og’irligi esa 13 N keladi. Demak ichiga vodorod qamalgan 1 m 3 hajmli sharga havoda 1m 3 havoning og’irligiga teng, ya’ni 13 N ga teng itaruvchi kuch ta’sir qiladi va bu shar havoda 13 N — 0,9 N =12,1 N og’irlikdagi yukni ko’tara oladi. 1 m 3 havoning og’irligi bilan hajmi shunday gazning og’irligi ora-sidagi ayirma 1 m 3 gazning ko’tarish kuchi deyiladi. Demak 1 m 3 vodorodning ko’tarish kuchi 12,1 N bo’lib, 1 m 3 geliyning ko’tarish kuchi 13 N — 1,8 N = 11,2 N ga teng. Vodorodning ko’tarish kuchi geliy-ning ko’tarish kuchidan ortiq bo’lishiga qaramay, havo sharlarini geliy bilan to’ldirish qulayroqdir, chunki geliy xavfsizdir. Shar yuqoriga ko’tarilgan sari unga ta’sir etadigan Arximed kuchi kamaya boradi, chunki atmosfera-ning yuqori qatlamlarida havoning zichligi Yer sirti-dagiga qaraganda kam. Yana balandroq ko’tarilish uchun shardan shu maqsadda maxsus olingan ballast tashlanadi (qoplardan qumlar to’kiladi) va natijada shar yengillashib ko’tariladi. Nihoyat, havo shari ko’tarilishi mumkin bo’lgan eng yuqori balandlikka chiqadi. Sharni pastga tushirish uchun maxsus klapan vositasida shardan gazning bir qismi chiqarib yuboriladi. 27-mashq 1. Ichida siqilgan havosi bo’lgan butilka tarozida muvozanatlangan. Butilkaning tiqini orqali jo’mrakli shisha nay o’tkazilgan. Bu nayning tasqhi uchiga rezinka shar kiygizib bog’lab quyilgan (quyidagi rasm). Agar butilkadagi havoning bir qismi rezinka sharga o’tib, uni shishirsa (quyidagi rasm), u holda tarozining muvozanati buziladi. Bu hodisani izohlab bering. 2. Tarozida yengil shisha shar muvozanatga keltirilgan. Agar tarozi havo nasosi kalpog’ining tagiga quyilsa va havosi so’rib olinsa, bu holda tarozining muvozanati buziladi. Nima uchun? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling