1. tabiat va inson
SUYUQLIK VA GAZNING O’ZIGA BOTIRILGAN
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
47. SUYUQLIK VA GAZNING O’ZIGA BOTIRILGAN
JISMGA KO’RSATADIGAN TA’SIRI Biz havoda qiynalib ko’tara oladigan toshni suv tubida osongina ko’tara olamiz. Agar probkani suv tagiga tushirib uni qo’ldan chiqarib yuborsak u holda probka suv yuziga qalqib chiqadi. Bu hodisalarni qanday tushuntirish mumkin? Biz suyuqlikning idish tubiga va devorlariga bo’lgan bosimini bilamiz; agar suyuqlik ichiga biror qattiq jism tushirilsa, unga ham suyuqlik bosim beradi. Suyuqlikning o’ziga botirilgan jismga ko’rsatgan bosim kuchini ko’rib chiqaylik. Muhokama qilish osonroq bo’lishi uchun parallelepiped shaklidagi jismni tanlab olamiz (quyidagi rasm). Bu jismning asoslari suyuqlik sirtiga parallel bo’lsin. Jismning yon yoqlariga ta’sir qiluvchi bosim kuchlari juft-jufti bilan o’zaro teng va bir-birini muvozanatlaydi. Bu kuchlar ta’sirida jism faqat siqiladi. Jismning ustki va ostki yoqlariga ta’sir qiluvchi kuchlar bir xil emas. Jismning ustki yog’iga balandligi h 1 bo’lgan suyuqlik ustuni F 1 kuch bilan yuqoridan bosadi. Jismning ostki yog’iga balandligi h 2 bo’lgan suyuqlik ustuni bosadi. Bu bosimning suyuqlik ichida hamma tomonga o’zatilishini biz bilamiz. Demak, jismning ostki yog’iga balandligi h 2 bo’l-gan suyuqlik ustuni pastdan yuqoriga F 2 kuch bilan bosadi. Ammo h 2 balandlik h 1 dan katta, binobarin, F 2 kuchning moduli ham F 1 kuchning muodulidan katta. Shuning uchun jism kuchlarning F 2 -F 1 ayirmasiga teng bo’lgan F kuch bilan suyuqlik ichidan itarib chiqariladi. Suyuqlik ichidan jismni itarib chiqaruvchi kuch borligini tajribada ko’rish oson. Yuqoridagi rasmda uchida stryelka ko’rsatkichi bo’lgan prujinaga osib quyilgan jism tasvirlangan. Prujinaning cho’zilishini shtativda stryelka-ko’rsatkich qayd qiladi. Jismni suvga tushirganda prujina qisqaradi (yuqoridagi rasm). Agar jismga uning tagidan yuqoriga tomon biror kuch bilan, masalan, qo’l bilan ta’sir etilsa ham prujina xuddi shunday qisqarishi mumkin. Demak suyuqlik ichidagi jismga uni suyuqlikdan itarib chiqaruvchi kuch ta’sir etishini tajriba tasdiqlaydi. Gazlarning ko’p tomondan suyuqliklarga o’x- shashligini biz bilamiz. Paskal qonuni gazlarga ham tatbiq etiladi. Shuning uchun gaz ichida turgan jismlarga ham ularni gaz ichidan itarib chiqaruvchi kuch ta’sir qiladi. Xuddi shu kuch ta’siri ostida havo sharlari yuqoriga ko’tariladi. Jismni gaz ichidan itarib chiqaruvchi kuch mavjud ekanligini ham tajri-bada kuzatish mumkin. Jismni suyuqlik yoki gaz ichidan itarib chiqaruvchi kuch shu jismga qo’yilgan og’irlik kuchi yo’nalishiga qarama-qarshi yo’nalgan bo’ladi, shuning uchun biror jism suyuqlik yoki gaz ichida tortilganda uning og’irligi vakuumdagi (bo’shliqdagi) og’irligidan bu kuch kattaligicha kam bo’ladi. Biz havoda qiynalib ko’tara oladigan toshni suv tubida osongina ko’tarishimizni xuddi shuning bilan tushuntirish mumkin. 1.Sizga turmushdan ma’lum bo’lgan qanday hodisalar itarib chiqaruvchi kuch mavjudligini ko’rsatadi? 2. Suyuqlik ichiga botirilgan jismga ta’sir qiluvchi itarish kuchi borligini Paskal qonuniga asoslanib qanday isbotlash mumkin? 3. Suyuqlik ichida turgan jismga itarib chiqaruvchi kuch ta’sir qilishini tajribada qanday ko’rsatish mumkin? 4. Gaz ichida turgan jismga ham itarib chiqaruvchi kuch ta’sir qilishini tajribada qanday ko’rsatish mumkin? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling