1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
46. GIDRAVLIK PRESS
Paskal qonuni gidravlik mashinaning ishlashini tushuntirishga imkon beradi. Gidravlik mashinaning turli diametrdagi porshenli va bir-biri bilan nay orqali tutashtirilgan ikkita stilindri uning asosiy qismi vazifasini bajaradi (quyidagi rasm). Porshenlar ostidagi bo’shliq va nay suyuqlik (odat-da mineral yog’) bilan to’ldiriladi. Porshenlarga kuchlar ta’sir qimaganda ikkala silindrdagi suyuqliklar ustunining balandligi bir xil bo’ladi. Endi F 1 va F 2 porshenlarga ta’sir qiluvchi kuchlar, S 1 va S 2 – porshenlarning yuzlari bo’lsin. Birinchi (kichik) porshen tagidagi bosim 1 1 S F , ikkinchi (katta) porshen tagidagi bosim 2 2 S F gat eng. Paskal qonuniga asosan 1 1 S F = 2 2 S F , bundan 1 2 1 2 S S F F . Demak, katta porshenning yuzi kichik porshen yuzidan necha marta katta bo’lsa, F 2 kuch F 1 kuchdan shuncha marta katta. Demak katta porshenning yuzi kichik porshen yuzidan necha marta katta bo’lsa, F 2 kuch F 1 kuchdan shuncha marta katta bo’ladi. Masalan, agar katta porshenning yuzi 500 sm 2 , kichik porshenning yuzi esa 5 sm 2 bo’lib va kichik porshenga 100 N kuch ta’sir qilayotgan bo’lsa, u holda katta porshenga 100 marta ko’p, ya’ni 10 000 N kuch ta’sir qiladi. Shunday qilib, gidravlik mashina yordamida kichik kuch bilan katta kuchni muaozanatga kelt-irish mumkin. Presslash (siqish) uchun ishlatiladigan gidravlik mashinani gidravlik press deb ataladi. Gidravlik presslar katta kuch talab qiladigan joylarda, masalan yog’ zavodlarida urug’dan yog’ni siqib chiqarishda, faner, karton, pichanlarni presslashda qo’llanadi. Metall zavodlarida gidravlik presslar mashinaning po’lat o’qlarini, temir yo’l g’ildiraklarini va boshqa juda ko’p mahsulotlarni tayorlashda qo’llanadi. Hozirgi zamon gidravlik presslari bir necha o’n va bir necha yuz million Nyuton bosim kuchi hosil qila oladi. 23-mashq 1. Quyidagi rasmda gidravlik ko’targich (gidravlik domkrat) ning soddalashtirilgan sxemasi tasvir-langan. Bunda 1- ko’tariladigan jism, 2- kichik porshen, 3- klapanlar, 4-yukni tushiradigan klapan, 5- katta porshen. Agar kichik porshenning yuzi 1,2 sm 2 , kattasining yuzi 1440 29 sm 2 , kichik porshenga ta’sir etuvchi kuch esa 1000 N gacha yetishi mumkin bo’lsa, bu mashina bilan massasi qanday bo’lgan yukni ko’tarish mumkin? Ishqalanishni hisobga olmang 2. Gidravlik pressda kichik porshenning yuzi 5 sm 2 , katta porshenning yuzi esa 500 sm 2 . Kichik porshen-ga 400 N kuch, kattasiga 36 kN kuch ta’sir etadi. Bu press kuchdan qancha yutuq beradi? Nima uchun press kuchdan maksimal (eng ko’p) yutuq bermaydi? Pressning porsheni va devorlari orasida ishqalanish bo’lmaganda bu press kuchdan qancha yutuq berishi kerak edi? 3. Suv urnida havo olib gidravlik mashinaga o’xshash mashina yasash mumkinmi? Javobingizni asoslab bering. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling