1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 44. MANOMETRLAR
21-mashq
1. Samolyot tez pasayotganda yo’lovchilar quloqlarida og’riq sezadilar. Bunga saba nima? 2. Samolyot yuqori ko’tarilayotganda siyoh to’ldiril-gan avtomat ruchkadan siyoh to’kila boshlashining sababi nimada? 3. Barometr tog’ etagida 760 mm sim. ust., tog’ cho’qqisida esa 722 mm sim. ust. ni ko’rsatadi. Tog’ning balandligi qancha? 4. Normal atmosfera bosimini gektopaskallarda (gPa) ifoda qiling. 5. Massasi 60 kg va bo’yi 1,6 m bo’lgan odam tanasining sirtki yuzi taxminan 1,6 m 2 ga teng. Atmosferaning odamga bosadigan kuchini hisob- lang. Odam bunday katta kuchga bardosh berishini va uning ta’sirini sezmasligini qanday tushuntirish mumkin? 44. MANOMETRLAR Atmosfera bosimidan katta yoki kichik bosimlarni o’lchashda maxsus asboblar — manometrlar qo’llaniladi. Suyuqlikli manometrlar va metall manometrlar bo’ladi. 45. PORSHENLI SUYULIK NASOSI 40-mavzuda shisha nayda atmosfera bosimi ta’sirida suvning porshen ketidan ko’tarilish tajribasi bayon etilgan edi. Bu hodisadan porshenli nasoslar tuzilishida foydalaniladi. Quyidagi rasmda sxematik tasvirlangan nasos silindrdan iborat bo’lib, stilindr ichida devorlariga jips taqalib yuqoriga va pastga 1 porshen yuradi. Silindrning pastki qismida va porshenning o’zida faqat yuqoriga 28 ochiladigan 2 klapanlar bor. Porshen yuqoriga ko’tarilayotganda trubaga suv atmosfera bosimi ta’sirida kiradi, pastki klapanni ochadi va porshen orqasidan ko’tariladi. Porshen pastga tomon harakatlanganida porshen ostidagi suv pastki klapanga bosadi va bu klapan yopiladi. Shu bilan bir vaqtda suvning bosimi ta’siri ostida porshen ichidagi klapan ochilib, suv porshen ustidagi bo’shliqqa o’tadi. Porshenning bundan keyingi yuqoriga ko’tarilishida u bilan birga ustidagi suv ham ko’tarilib, eltuvchi trubaga quyiladi. Ayni vaqtda porshen ketidan suvning yangi portsiyasi ko’tarilib, bu suv porshenning bundan keyingi pastga tomon harakatida uning ustiga chiqadi va hokazo. Masala. Porshenli nasosda normal atmosfera bosimida (101,3 kPa) suvni eng ko’p bilan qanday balandlikka ko’tarish mumkin? Atmosferaning bosim kuchi og’irlik kuchi tenglashganda porshenli nasosda suv ko’tarilishi to’xtaydi. Atmosfera bosim kuchi pS F ga, og’irlik kuchi Shg Vg mg P ga teng. Bularni tenglashtirib pS Shg bunda g p h ni hosil qilamiz. 13 , 10 10 1000 101300 g p h m. Umuman, porshenli nasosning suyuqlikni yuqoriga ko’tarishi g p h s formula bilan hisoblanadi. Bunda s -suyuqlikning zichligi. 1. Porshenli suv nasoslari ishida qanday hodisadan foydalaniladi? 2. Bunday nasos qanday tuzilgan va qanday ishlaydi? 22-mashq 1. Porshenli nasosda normal atmosfera bosimida benzinni, kerosinni, spirtni, neftni, simobni eng ko’pi bilan qanday balandlikka ko’tarish mumkin? 2. Havo kamerali porshenli nasos ishini tushuntirib bering (yuqoridagi rasm). Bu nasosda havo kamerasi qanday rol o’ynaydi? Bu nasosda suvni 10,3 metr- dan ortiq chuqurlikdan tortish mumkinmi? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling