1. tabiat va inson
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 40. HAVONING OG’IRLIGI. ATMOSFERA BOSIMI
18-mashq
1. Quyidagi rasmda artezian qudug’ining tuzilishi tasvirlangan. Yerning 2 qatlami suvni yaxshi o’tkazadigan g’ovak material yoki qumdan tashkil topgan. 1 va 3 qatlamlar esa, aksincha, suvni o’tkaz- maydigan materiallardan tashkil topgan. Bunday quduqning ishlashini tushuntirib bering. 3. Tutash idishlarning bir tirsagiga benzin ikkinchi tirsagiga kerosin quyigan. Agar benzin ustunining balandligi 70 sm bo’lsa, kerosin ustunining balandligini toping. 4. Tutash idishlarning bir tirsagiga sspirt ikkinchi tirsagiga simob quyigan. Agar suv ustunining balandligi 1 m bo’lsa, simob ustunining balandligini toping. 5. Tutash idishlarning bir tirsagiga neft ikkinchi tirsagiga suv quyigan. Agar neft ustunining balandligi 2 m bo’lsa, suv ustunining balandligini toping. 40. HAVONING OG’IRLIGI. ATMOSFERA BOSIMI Yer sirtidagi havoga, hamma jismlar singari og’irlik kuchi ta’sir qiladi, demak havo og’irlikka ega ekan. Havo massasini bilgan holda, uning og’irligini hisoblash oson. 25 Havo massasi qanday aniqlanishini tajribada ko’rsatamiz. Buning uchun tininli va undan qisqichli rezinka nay o’tkazilgan mustahkam shisha shar olib, uning ichidagi havo nasos bilan so’rib olinadi va tarozida muvozanatga keltiriladi. So’ngra rezinka naydagi qisqichni ochib, sharga havo kiritiladi. Bunda tarozining muvozanati buziladi. Uni qaytadan muvozanatga keltirish uchun tarozining ikkinchi pallasiga toshlar qo’yishga to’g’ri keladi, bu toshlarning massasi shar hajmidagi havoning massasi ga teng bo’ladi. Aniq tajribalardan oddiy sharoitda 1 m 3 havoning massasi 1,3 kg ga teng ekanligi aniqlangan. Endi 1 m 3 havoning og’irligini aniqlaymiz. N kg kg N mg P 13 3 , 1 10 . Yerni qurshab olgan havo qatlami atmosfera deyiladi. Yer sun’iy yo’ldoshlarining uchishini kuzatish atmosferaning bir necha ming kilometr balandlikka cho’zilganligini ko’rsatadi. Biz ulkan havo okeanining tubida yashaymiz. Yer sirti bu oksanning tubidir. Og’irlik kuchi ta’sirida havoning yuqorigi qatlamlari okeandagi suv kabi pastki qatlamlarni siqadi. Yer sirtiga bevosita tegib turgan havo qatlami eng ko’p siqiladi va Paskal qonuniga asosan bu bosimni hamma yo’nalishda uzatadi. Natijada Yer sirti va undagi jismlarga butun havo qatlamining bosimi yoki odatda, aytilishicha, atmosfera bosimi ta’sir qiladi. Turmushda bo’ladigan ko’p hodisalar atmosfera bosimi borligi bilan izohlanishi mumkin. Bulardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz Quyidagi rasmda ichidagi porsheni devorlariga jips tegib turgan shisha nay tasvirlangan. Nayning uchi suvga tushirib quyilgan. Agar porshen yuqori ko’tarilsa, uning ketidan suv ham ko’ tariladi. Suvning ko’tarilishiga sabab, porshen ko’taril-ganda porshen bilan suv orasida havosiz fazoning yuzaga kelishidir. Tashqi havo bosimi ta’sirida bu fazoga porshen ketidan suv kirishga intiladi. Yuqoridagi rasmda stilindrik idish tasvirlangan. Idish jo’mrakli naycha o’tkazilgan po’kak tiqin bilan berkitilgan. Idishdagi havo nasos bilan so’rib olinadi. So’ngra naychaning uchi suvga botiriladi. Shundan keyin jo’mrak ochilsa, idish ichiga suv fontan bo’lib otilib kiradi. Atmosfera bosimi idishdagi siyraklashgan havo bosimidan ortiq bo’lgani uchun idishga suv kiradi. 1. Havo massasini qanday aniqlash mumkin? 2. 1 m 3 havoning og’irligi nimaga teng. 3. Yer atmosferasi deganda nima tushuniladi? 4. Atmosfera bosimi nimaning natijasida hosil bo’ladi? 5. Atmosfera bosimi mavjudligini tasdiqlovchi tajribalarni bayon eting. Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling