1. tabiat va inson
SUYUQLIKNING IDISH TUBI VA
Download 1.07 Mb. Pdf ko'rish
|
7-sinf (fizika)
38. SUYUQLIKNING IDISH TUBI VA
DEVORLARIGA BO’LGAN BOSIMINI HISOBLASH Suyuqlikning idish tubiga va devorlariga bo’lgan bosimini qanday hisoblash mumkin ekanligini ko’rib o’tamiz. Dastlab sonli masala echamiz. 23 To’g’ri burchakli bak suv bilan tuldirilgan (quyidagi rasm). Bak tubining yuzi 16 m 2 , uning balandligi 5 m. Suvning bak tubiga bo’lgan bosimini aniqlaymiz. Suvning idish tubiga bo’lgan bosim kuchi balandligi 5 m va tubining yuzi 16 m 2 bo’lgan suv ustuni og’irligiga teng, boshqacha aytganda, bu kuch bakdagi hamma suvning og’irligiga teng. Suvning og’irligini topish uchun uning massasini bilish kerak. Suvning massasini uning hajmi va zichligi orqali hisoblash mumkin. Bakning tubi yuzini uning balandligiga ko’paytirib suvning hajmini topamiz: V = 16 m 2 ∙5 m= 80 m 3 . Endi suvning massasi ni aniqlaymiz, buning uchun uning zichligi 3 1000 m kg hajmiga ko’paytiramiz: . 80000 80 1000 3 3 kg m m kg m Endi uning og’irligini aniqlaymiz: N P 800000 80000 10 . Suv shunday kuch bilan bak tubiga bosadi. Suv og’irligini bak tubi yuziga bo’lib bosimni topamiz: kPa Pa P 50 50000 16 800000 . Suyuqlikning idish tubiga bo’lgan bosimini formuladan foydalanib hisoblash oson. Bu formulani keltirib chiqarish uchun masalaga qaytamiz, ammo uni umumiy ko’rinishdagina yechamiz. Idishdagi suyuqliik ustuni balandligini h, idish tubining yuzini S harfi bilan belgilaymiz. Suyuqlik ustunining hajmi V = Sh. Suyuqlikning massasi m= V yoki Sh m . Suyuqlikning og’irligi gm P yoki Sh g P . Suyuqlik ustunining og’irligi idish tubiga bo’lgan bosim kuchiga teng, u holda P og’irlikni S yuzga bo’lib, p bosim kattaligini hosil qilamiz: S Sh g S P p yoki gh p Biz suyuqlikning idish tubiga bosimini hisoblash formulasini hosil qildik. Bu formuladan suyuqlikning idish tubiga bosimi suyuqlik ustunining balandligiga va zichligiga to’g’ri proporsional ekanligi ko’rinib turibdi. Bu formula orqali idish devorlariga bo’lgan bosimni, shuningdek suyuqlik ichidagi bosimni, shu bilan birga pastdan yuqoriga yo’nalgan bosimni ham hisoblash mumkin, chunki bir xil chuqurlikda hamma yo’nalishda bosim bir xil. Misol. Agar neft ustunining balandligi 10 m, uning zichligi 800 3 m kg bo’lsa, neftning stisterna tubiga bo’lgan bosimini aniqlang. 2 3 8000 10 10 800 m N m kg N m kg gh p = kPa Pa 80 80000 . 1. Suyuqlikning idish tubiga bo’lgan bosimi qanday kattaliklarga bog’liq? 2. Suyuqlikning idish tubiga bo’lgan bosimi suyuqlik ustuni balandligiga qanday bog’liq bo’ladi? 3. Suyuqlikningidish tubiga bo’lgan bo- simi suyuqlik zichligiga qanday bog’liq bo’ladi?. 4. Suyuqlikning idish devorlariga bo’lgan bosimini hisoblash uchun qanday kattaliklar ma’lum bo’lishi kerak? 5. Suyuqlikning idish tubi va devorlariga bo’lgan bosimi qanday formula buyncha hisoblanali? Download 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling